193 Kimyoni o’rganishning to’rtinchi konsepsiyasini tushuntiring
Kimyoning asosiy muammosini yechishning to’rtinchi konsepsiyasi - ishlab chiqarishning (aviasiya, avtomobil, material, yoqilg’i, energetika.) rivojlanishi va unga qo’yiladigan talablar asosida yuzaga keldi. Sababi struktura haqidagi ta’limot 53 bu masalani batafsil hal qilib bera olmadi. Chunki kimyoviy dinamika - reaksiya borishini strukturaga asoslanib tushuntira olmadi. Buni kimyoviy jarayonlar asosida tushuntirish mumkin XVIII asrning o’rtalarida buyuk rus olimi M.V.Lomonosov tabiat sirlarini, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarni o’rganishda kuzatish-tajriba usuli bilan bir qatorda, fikrlash usulini ham qo’llashni tavsiya etdi va yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal etuvchi «Nazariy kimyo» fanining yaratilishi kerakligini, ya’ni kimyoviy jarayonlarni o’rganishda fizika qonunlaridan foydalanish kerakligini va bu yangi fanni «Fizik kimyo» nomi bilan atash kerakligi haqidagi taklif bilan chiqdi. Fizik kimyoning nomi va uning vazifasi birinchi marta Lomonosov tomonidan 1755 yilda uning «Haqiqiy fizik kimyo» kitobida - fizik kimyo murakkab moddalarda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarning sababini fizika qonunlari va tajribalari asosida tushuntiruvchi fan deb belgilandi. Shunday qilib, fizik kimyo kimyoviy jarayonlarning umumlashgan qonunlari va ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlaydigan fandir. Fizik kimyo fani bu vazifalarni yechishda, asosan uch usuldan: termodinamika, molekulyar-kinetik nazariya va kvant mexanika usulidan foydalanadi. Termodinamika usuli termodinamikaning uchta qonuniga (ya’ni postulatiga) asoslangan bo’lib, unda uzoq vaqt davomida to’plangan tajriba va kuzatish natijalari umumlashtirilgandir.
194 Yatroximiya bosqichidagi asosiy yutuqlar haqida va texnokimyoning vujudga kelishi haqida tushinchalar bering.
Yatrokimyo - alkimyoning uchinchi bosqichi bo’lib ularning asosiy maqsadi oltin izlash va dori izlashga qaratilgan edi. Bu vaqtga kelib Italiyada izchil rivojlanish vujudga keldi. Shvesariyalik Teo Frast Parasels (1493-1541 yil) alkimyoda yangi yo’nalish yaratib - organizmdagi kimyoviy funksiyalar garmoniyasini faqat kasallik buzish mumkin deydi. U Hg, Sb, Cu, Fe, As preparatlari, mineral kislota, vino spirti, sirka kislotasini sintez qildi va medisina amaliyotiga kiritdi. U alkimyogarlardagi 3 elementni materiyaning asosi – simob Hg, oltingugurt S va tuz deb, ular xuddi inson jismi, ruhi va qalbiga o’xshash bo’ladi deydi. Van Gelmont (1579-1644 yil) Gollandiyalik yatrokimyogar medisina va kimyo yaqin ittifoqda bo’ladi, inson organizmida kimyoviy jarayonlar asosiy rolni o’ynaydi deydi. U gaz, bug’larni, karbonat angidridning olinishini, bijg’itish yo’li bilan vino olishni, SaSO3 + H2SO4 = reaksiyasini o’rgandi, fermentlarni oldi, oshqozon kasalligining sababi undagi sharbat kislotasi degan fikrlarni aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |