186 Katalitik jarayonlar haqidagi tushunchalarning rivojlanishini tushuntiring 20 asrning 60 yillarida eksperimental yo’l bilan aniqlandiki kimyoviy evolyutsiyalarda shunday kimyoviy strukturalar tanlanib qoladiki ularda katalizatirlarning qobiliyati va faolligi oshishi eng ko’p bo’lsa.Bu qonunni MGU professori А.P. Rudenko 1964 yilda ochiq katalitik sistemalarning o’z-o’zidan rivojlanish nazariyasi deb ataydi va buni haqli ravishda xemo- va biogenozning umumiy nazariyasi deb ham ataydi. Bu nazariya – katalitik sistemalarning o’z-o’zidan rivojlanishi bo’lib bunda evolyutsiyaga olib keladigan modda katalizator hisoblanadi.A.P.Rudenko kimyoviy evolyutsiyaning asosiy qonunini ham taklif qildi va u quyidagicha ifodalanadi: eng uyqori tezlikda va katta ehtimollik bilan boradigan katalizatorning evolyutsion yo’li qaysida uning absolyut aktivligi maksimal holda oshsa yuz beradi.Bunda o’z-o’zidan rivojlanish va sistemaning tashkil bo’lishi undagi asosiy bazis reaksiyaning energiyasi hisobiga boradi. Bundan kelib chiqadiki maksimal evolyutsiya uchun ekzotermik reaksiyalarga asoslangan katalitik sistemalar birinchi va maksimal uchraydi
187 Alkimyoning rivojlanish bosqichlarini ko’rsating Kimyo tarixchilari orasida kimyo taraqqiyotining tarixiy bosqichlari xaqida yagona fikr yo`q. qadimiy kimyogar-amaliyotchilarning yutuq va kashfiyotlari ochilish vaqti aniq isbotlanmagan. Kimyo tarixini davrlarga ajratish uning aloxida bosqichlarini ifodalashga yordam beradi va shartli ravishda quyidagilardan iborat deb xisoblanadi: 1. Alkimyodan ilgarigi davr - bu davr insoniyat ongli xayoti boshlangandan eramizning IV asrigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oladi va xunar kimyosi davri deyiladi. 2. Alkimyo davri - eramizning IV-XVI asrlari bo`lib, bu 1200 yillar davomida alkimyogarlar kimyoning mu`jizalaridan foydalanib, uchta vazifani o`z oldiga maqsad kilib ko`ydi: 5 - xamma narsani o`sha davrdagi boylik, kuch-quvvat va saltanat timsoli - oltinga aylantirish uchun falsafiy tosh yaratish, - universal erituvchi - alkagest yaratish, - umrni uzaytiruvchi eliksir yaratish va uni amalda sinash. 3. Kimyoning birlashish davri - XVI-XVIII asrlar, bu davr to`rtta bosqichdan iborat deb qabul qilingan: - yatrokimyo bosqichi, - pnevmokimyo bosqichi, - flogiston nazariyasi bosqichi, - A. Lavuaz'ening flogistonga qarshi ishlar bosqichi. 4. XIX asrda kimyo - miqdoriy qonunlar davri, atom-molekulyar nazariya, 5. Kimyoning zamonaviy davri.