MUSTAQIL ISH
Mavzu: Oltin tarkibli minerallarni metallurgik qayta ishlash
REJA:
1)Oltin rudalari
Oltin rudalari — tarkibida oltin minerali boʻlgan tabiiy hosilalar, rudalar. Tabiatda 30 dan ortiq oltinli minerallar maʼlum. Undan tashqari, tarkibida oltin boʻlgan bosh-qa metallar (mis, nikel, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, temir, marganets)ning rudalaridan ham oltin olinadi. Aso-siy sanoat ahamiyatiga ega foydali qazilma tugʻma oltin boʻlsa, boshqa bir qancha turli minerallar: kyustelit (tarkibida 10—20% Ai), kalaverit AiTe2 (40—43% Ai), krennerit (Ai, Ag)Te2 (40% Ai), silvanit (Au,Ag)Te4 (25—27% Ai), petsit Ag3AuTe2 (25% Ai), kuproaurid AuCu2, rodit Au,Rh, porpetsit Au,Pd, aurostibit Au,Sb2, maldonit Au2Bi, yutenbogardeit Ag3AuS2 va boshqa dan ham foydalaniladi.
Endogen, ekzogen va metamorfik Oltin rudalari farq qilinadi. Barcha endogen Oltin rudalari gidrotermal yoʻl bilan paydo boʻlgan, bir tonnasining tarkibida 2—3 g dan bir necha yuz g gacha oltin bor. Endogen Oltin rudalarining barchasi plitasimon tomir massivlar (Rossiya, Qozogʻiston, Kanada), egarsimon tomirlar (Sharqiy Sibir, Avstraliya), quvursimon tomirlar va shtokverkli (Oʻzbekiston, AQSH) rudalardir.
Oltin rudalarining tarkibiga 200 dan ortiq turli minerallar kiradi. Oltin-sulfidkvars rudalari keng tarkalgan (1,5—20% ruda minerallari). Mine-rallarning asosiysi — kvars, turli miqdorda kalsiyli va temirli kar-bonatlar, barit, xlorit, seritsit, turmalin. Rudali minerallarning us-tuvorlari pirit, kamroq arsenopirit. Ikkinchi darajali minerallar: pirrotin, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, vismut, kumush sulfidlari, temir oksidi, tugʻma kumush, baʼzan — telluridlar. Oltinning probasi 700—900. Oltin-kvarsli rudalar tarkibida kamroq miqdorda rudali minerallar va umu-miy hajmi ham kam boʻladi, temir sulfidlari keskin ortadi. Yer yuza-siga yaqin joylashgan oltin-kvarsli va oltin-sulfid-kvarsli rudali konlar oltin-kumush konlari deb ataladi (Sibir, Tyanshan, Filippin hamda AQSH va Meksikada uchraydi). Ular tarkibida xalsedon, magniy kar-bonatlari va silikatlari, adulyar, dikkit, kamroq miqdorda flyuorit va rudali minerallardan pirit, markazit, xalkopirit, galenit, argentit, kumush sulfotuzlari, kamroq oltin, kumush, vismut, qoʻrgʻoshin teluridlari bor.
Sulfid rudalari (20—30% rudali minerallar) kam tarqalgan boʻlib, tarkibi oddiyroq: asosan, pirit va arsenopirit, 2darajada mis, qoʻrgʻo-shin, vismut sulfidlari (baʼzan tel-luridlari) Oltin rudalari qatlami va baʼzan quvursimon tanalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Sharqiy Sibir, Avstraliya, Braziliya).
Ekzogen Oltin rudalari, asosan, sochma konlarda, kam hollarda oltin sulfidli konlarning oksidlanish zonalarida uchraydi. Bu konlarda rudali qatlamlar va oqimlar yumshoq va mustahkamlan-magan yotqiziqlardan iborat boʻladi. Oltin esa, koʻpincha yumalokdangan alo-hida zarrachalar yoki tangachalar (oʻlcha-mi 0,5–4 mm), baʼzan kum va gillarni orasida kvars bilan birga qotgan shakllarda uchraydi. Oltin rudalari tarkibida oltinning miqdori 100–150 mg/m3 dan oʻnlab g/m3 gacha, probasi 800—950 boʻladi. Oksidlanish zonasida oltin, asosan, temir va marganets gidroksidlari, mis, margimush, kumush, karbonatlar, kaolinit minerallari bilan assotsiatsiyalashgan holatda yigʻiladi, tarkibida 2—3 dan 10 g/t gacha oltin boʻladi. Oltin rudalari murakkab shaklli uyumlar, linzalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Rossiya, Dominikana Respublikasi).
Metamorfizlashgan Oltin rudalari oltinli konglomeratlar, baʼzan gravelitlar qatlamlari bilan bogʻliq boʻladi. Oltin zarrachalari (5—100 mkm) kvarsseritsitxloritli sementda yoki kvarsli shagʻaldagi ingichka tomirchalarda temir va boshqa metallar oksidi va sulfidlari bilan birgalikda joylashadi. Oltinning miqdori 3—20 g/t, probasi900 dan yuqori boʻladi (JAR, Avstraliya, Braziliya).
Do'stlaringiz bilan baham: |