Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Qattiq xom ashyoni boyitish



Download 458,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana09.07.2022
Hajmi458,5 Kb.
#763624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KIMYO SANOATINING XOM ASHYOSI VA UNI BOYITISH USULLARI (1)

3.3 Qattiq xom ashyoni boyitish. 
Har qanday tabiiy xom ashyo qazib olingach tarkibida foydali mineraldan 
tashqari ma’lum miqdorda foydasiz yoki u qadar ahamiyatga ega bo`lmagan hatto 
zararli bo`lgan begona aralashmalar – “bekorchi jinslar” ham uchraydi. Masalan: 
qattiq xom ashyolarda: kremnizyom, ohaktosh, tuproq, turli sulfidlar, temir, 
suyuqliklarda qattiq zarrachalar, suv, suvda erigan tuzlar: gazlarda – vodorod sulfidi 
va boshqalar bo`ladi. Kimyoviy ishlab chiqarishlarda, mahsuldorlikni oshirish, 
tayyor mahsulot sifatini yaxshilash, energetik va boshqa sarfiyotlarni kamaytirish 
jarayonini intensivlash maqsadida kontsentrlangan xom ashyo ishlatishga harakat 
qilinadi. Buning uchun xom ashyo boyitiladi, ya’ni uning tarkibidagi foydali tarkibiy 
qismining miqdori oshiriladi. 
Xom ashyo u qazib olingan joyda, maxsus boyitish korxonalarida boyitiladi. 
Bu holat ortiqcha transport harakatlarini (tashish, ortish, tushirish) tejaydi. Xom 
ashyolarni agregat holatlariga qarab ularni boyitishning turli usullari qo`llaniladi. 
Tog` jinslari (rudalar) boyitishdan ilgari zarrachalari (kristallari) orasidagi 
bog`larni buzish uchun maydaladi, zarur bo`lsa suvsizlantiriladi. Maydalashni 
shartli ravishda: dag`al maydlash yoki tuyish va unday maydalash yoki 
kuknlashtirishga bo`lish mumkin. Tuyish maxsus tuyuvchi mashinalarda olib 
boriladi. Tuyilgan jins bo`laklarining kattaligi bir millimetrdan katta bo`ladi. 
Kukunlashtirish esa, tegirmonlarda amalga oshiriladi va bo`lakchalarining kattaligi 
to 0,1 mikrongacha bo`ladi. Tuyish har doim quruq holda olib boriladi. 
Kuknlashtirish esa, yo quruq yo ho`l usulda amalga oshiriladi. Barcha maydalovchi 
mashinalarni (2-rasm) maydalash usuliga qarab 6 tipga bo`lish mumkin: 
1)
Jag`li maydalagich mashinaning asosiy ish organlari vazifasini qo`zg`almas 
va qo`zg`aluvchan yassi qismlar bajaradi. Xom ashyo qo`zg`aluvchan va 


qo`zg`almas yassi qismlar oralig`ining yuqori tomonidagi bo`shliqqa beriladi, bunda 
xom ashyo qo`zg`aluvchan yassi qismning tebranma harakati ta’sirida tuyiladi. 
Maydalangan zarrachalar pastki tor tirqish orqali tashqariga chiqariladi. 
2)
Konusli tuyish mashinalari bir – biriga nisbatan ekstsentrik (umumiy 
markazga ega bo`lmagan) holatda aylanadigan ikkita konuslar oralig`ida xom 
ashyoni sikish, ezish printsiplari yordamida maydalashga asoslangan. 
3)
Valkli maydlagich, bunda ikkita tsilindrsimon aylana valklar bo`lib, ulardan 
biri qo`zg`almas ikkinchisi esa, harakatlanuvchi valkdir, ashyo valklar orasida 
qisilib maydalanadi. 
4)
To`qmoqli maydalagich, urib maydalashga asoslangan. 
5)
Sharli maydalagich (tegirmon) maydalovchi jismlar (metall yoki kvartsdan 
tayyorlangan sharlar) bilan qisman to`ldirilgan barabandan iborat. Barabanning 
aylanishi paytida ishqalanish kuchi ta’sirida sharlar baraban bilan birga harakat qilib 
ma’lum balandlikka ko`tarilgandan so`ng erkin tushib ashyoni zarba kuchi va 
yeyilish natijasida maydalaydi. 
Yirik va o`rtacha kattalikda maydalash uchun yassi yuzali va konusli 
maydalagich hamda valkli tegirmondan foydalaniladi. Maydalangan tog` jinslari 
fraktsiyalarga ajratiladi va ruda tarkibidagi foydali komponentlardan birining 
miqdori turli usullar yordamida ko`paytiriladi. Shunday yo`llar bilan boyitilgan ruda 
– kontsentrat deb ataladi, qolgan foydalanilmaydigan, “bekorcha jinslar” esa, qoldiq 
yoki chiqindi deb ataladi. Qattiq xom ashyoni boyitish uchga: mexanik, kimyoviy 
va termik usullarga bo`linadi. 
Mexanik boyitish usulii xom ashyo tarkibiga kirgan liniyalarning turli 
fizikaviy va fizik kimyoviy xossalariga asoslanadi. Mexanik boyitish usuligaiga: 
navlarga ajratish, gravitatsion ajratish, elektromagnitli va elektrostatikli separatsiya 
hamda flotatsiya usullari kiradi. 

Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish