«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan


B. Kuchsiz kislota va kuchli asos



Download 19,83 Mb.
bet40/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

B. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Misol: kaliy sianidning gidrolizlanishi:
KCN + H2O ↔ HCN + OH yoki ionli shaklda
CN + H2O ↔ HCN + OH
Gidroliz natijasida eritmada kam dissotsilanuvchi kislota HCN hosil bo’ladi va OH ionlari to’planadi. Demak, kuchsiz kislota kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzning gidrolizlanishi natijasida eritmada OH ionlarining konsentratsiyasi ortadi. Bunday tuzning eritmasi ishqor xossasiga ega bo’ladi; pH>7. Masalan, KCN 0,1M eritmasining pH 11,1 ga teng.
Kuchli asos hamda ikki yoki ko’p negizli kislotadan hosil bo’lgan tuz ham bosqich bilan gidrolizlanadi, Na2CO3 odatdagi konsentartsiyali eritmalarda amalda faqat 1-bosqich bilan gidrolizlanib, nordon tuz hosil qiladi:
Na2CO3 + H2O ↔ H2CO3 + NaOH yoki ionli ko’rinshda
CO32– + H2O ↔ H2CO3 + OH
Bunda ham, huddi KCN ning gidrolizlanishi kabi gidroksil ionlarining
konsentratsiyasi ortadi va eritma ishqoriy xossaga ega bo’ladi.
C. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz. Bunga misol qilib CH3COONH4 ni keltirish mumkin. U CH3COO va NH4+ ionlriga dissotsilanadi, bunda 2ta kuchsiz elektrolit sirka kislota va NH4OH hosil bo’ladi:
CH3COONH4 + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH yoki ion shaklda
CH3COO + NH4+ + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH
Hosil bo’lgan kislota va asosning dissotsilanish konstantalari ayni holda bir-biriga yaqin K CH3COOH = 1,75·10–5; K NH4OH = 1,8·10–5 bo’lgani uchun suvning ionlari CH3COOanionlar hamda NH4+ kationlar bilan o’zaro deyarli bir xil ta’sir etadi. Natijada eritmadagi erkin H+ va OH ionlar konsentratsiyasi deyarli o’zgarmaydi. Shuning uchun eritmasi CH3COONH4 eritmasi amalda neytral bo’lib qoladi. Biroq ammoniy atsetat yuqorida ko’rib o’tilgan hollardagidan ko’ra ko’proq gidrolizlanadi, chunki CH3COONH4 ning gidrolizlanish reaksiyasida hosil bo’lgan ikkala mahsulot-kislota ham, asos ham kuchsiz elektrolitlardir. Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz deyarli to’liq gidrolizlanadi. Masalan, (NH4)2S suyultirilgan eritmada 99,9 % gidrolizlanadi. Reaksiya quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:
(NH4)2S + H2O ↔ NH4HS + NH4OH 1-bosqich
NH4HS + H2O ↔ H2S + NH4OH 2-bosqich
Alyuminiy sulfid Al2S3 yoki xrom sulfid Cr2S3 kabi tuzlar to’liq gidrolizlanadi, chunki ularning gidrolizlanish natijasida qiyin eriydigan asos va kam dissotsilanadigan kislota hosil bo’ladi. Al2S3 ning suv bilan o’zaro ta’siri quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Al2S3 + 6H2O ↔ 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑

Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish