Indikator haqida tushuncha. Reaksiya muhiti, ko’pincha indikatorlar yordamida aniqlanadi. Ular neytrallash reaksiyasi tugaganligini, shuningdek muhit pHini aniqlash uchun eritmaga ozroq qo’shiladi. Bunday hollarda indikator sifatida vodorod ionlarining konsentratsiyasiga qarab har xil rangli bo’ladigan moddalar ishlatiladi. Bunday indikatorlar yo kuchsiz kislota, yoki kuchsiz asos xossasiga ega murakkab indikat moddalardir. Indikatorlarning tarkibini shartli ravishda HJnd va JndOH (bunda Jnd-murakkab ion-anion yoki kation) formulalar bilan ifodalab, ular uchun ham, huddi boshqa har qanday kuchsiz elektrolit kabi dissotsilanish tenglamasini yozish mumkin:
HJnd ↔ H+ + Jnd–
Indikatorning dissotsilanmagan molekulalari o’zining ionlari rangidan boshqacha rangda bo’ladi. Masalan, lakmusning dissotsilanmagan molekulalari qizil, uning ionlari Jnd– esa zangori rangda bo’ladi. Fenolftalein molekulalari rangsiz, uning ionlari Jnd– esa to’q qizil bo’ladi. Rangining har xil bo’lishi indikator-organik moddaning molekula va ionlari har xil tuzilganligidadir. Indikator eritmasiga kislota yoki ishqor qo’shish, ya’ni vodorod ionlarining konsentratsiyasini oshirish yoki kamaytirish indikatorning dissotsilanish muvozanatini siljitadi. Buning natijasida eritmaning rangi o’zgaradi. Misol tariqasida fenolftaleinni olib, eritma uning dissotsilanish muvozanati siljishini ko’rib chiqamiz:
HJnd ↔ H+ + Jnd–
rangsiz to’q qizil
Agar fenolftalein eritmasiga kislota qo’shilsa vodorod ionlarining konsentratsiyasi ortib, muvozanat chapga-rangsiz molekulalar HJnd hosil bo’lish tomoniga siljiydi, ishqor qo’shilsa (OH– ionlar) vodorod ionlari bog’lanadi, binobarin muvozanat o’ngga-to’q qizil rangli Jnd– ionlarining konsentratsiyasi ortib borish tomoniga siljiydi. Eritmaning pHi sekin-asta o’zgartirilsa, indikatorning ranggi ham asta-sekin, ammo hamma vaqt pH ning muayyan qisqa intervalida o’zgaradi. Masalan, pH=5,0 ga teng bo’lganda lakmus qizil rangga kirib, bu rang vodorod ionlarining konsentratsiyasi har qancha orttirilganda ham endi o’zgarmaydi; pH=8,0 ga teng bo’lsa, lakmus ko’k rangga kiradi va bu rang vodorod ionlarining konsentratsiyasi yana kamaytirilganda ham o’zgarmaydi. pH=5 dan 8 gacha bo’lgan intervalda lakmus sekin-asta qizildan ko’k rangga o’tadi. pH ning har qaysi indikator uchun aniqlangan ikki qiymati orasidagi bu oraliq rang o’zgarish sohasi yoki bashqacha aytganda, indikatorning o’tish intervali deyiladi (10-jadval).
10-jadval
Indikator
|
Kislotali muhitdagi rang
|
Ishqoriy muhitdagi rang
|
pH ning o’tish intervali
|
Metiloranj
|
Pushti
|
To’q sariq
|
3,1-4,4
|
Metilrang
|
Qizil
|
Sariq
|
4,2-6,3
|
Lakmus
|
Qizil
|
Ko’k
|
5,0-8,0
|
Fenolftalein
|
Rangsiz
|
Qizg’ish-gunafsha
|
8,2-10,0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |