Kelishildi


Talabalar bilimi, ko‘nikma va mahoratini baholashda qo‘llaniladigan nazorat mezonlari



Download 0,7 Mb.
bet11/22
Sana18.02.2017
Hajmi0,7 Mb.
#2816
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22

Talabalar bilimi, ko‘nikma va mahoratini baholashda qo‘llaniladigan nazorat mezonlari

Joriy nazoratni baholash mezonlari



O‘zlash-tirish%


Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100

A'lo


«5»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.

2

91-95

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.

3.

86-90


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.

4


81-85

Yaxshi

«4»


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

5

76-80

Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldiradi, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriqlarni bajarishda qatnashadi. TMI 5-8 tamanbaliinternetvaoxirgiyillaradabiyotlarima'lumotlaridanfoydalanibyozilgan, chiroylirasmiylashtirilgan, 10-15 tabirturdagianimatsiyalireferatlar. Barchama'lumotlarnito‘liqhajmdako‘rsatibberadi, biroqzerikarlirasmiylashtirilgan.

6.

71-75

Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumot-laridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

7.

66-70


Qoniqarli

«3»


Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.

8


61-65



Javoblar 50% ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarmini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

9

55-60


Javoblar 40% ga to‘g‘ri, javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylash-tirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarmini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

10

54-30


Qoniqarsiz

«2»


40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarmidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

11

30-20


Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.



16. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi


Mashg‘ulot bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta'lim beruvchi

Ta'lim oluvchi

1- bosqich

Mashg‘ulotga kirish

(15daq)


1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni;mustaqil ishlash uchun adabiyotlarro‘yxatini aytadi.



Tinglaydilar, yozib

oladilar.

Aniqlashtiradilar,savollar beradilar


2-bosqich. Asosiy

(180daq)


Nazariy qism (90daq).

Analitik qism (50daq).


Amaliy qism (50daq).

2.1. Yorug’lik bilan davolash. Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya. Ultrotovush bilan davolash. Ultrafonoforez. Baroterapiya mavzusini muhokamasini boshqaradi, mavzuni izohlaydi, talabalarga ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatadi, savollar beradi, nazariy qism bo‘ycha xulosa qiladi.

2.2.Olingan nazariy bilimlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari, testlar, vaziyatli masalalar bilan mustahkamlab, baholaydi. Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifa beradi, olingan ma'lumotlarni asosiylariga etibor qaratadi va daftarga qayd qilishini talab qiladi.

2.3.Amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarishni tashkil etadi. Olingan natijalarini muhokamasini eshitadi.


Javob beradilar

Yozadilar.

Jadvallar bilan ishlaydilar

Guruhlarda

ishlaydilar,

Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar



3- bosqich

Yakuniy xulosa qism

20 min


3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi.

3.2. Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi

Keyingi mashg‘ulotlariga tayyorlanish uchun vazifalar beradi.



O‘z-o‘zini, o‘zaro

baholashni

o‘tkazadilar.
Savol beradilar

Topshiriqni yozadilar.




10.Nazorat uchun savollar

1. .Gidroterapiya va balneoterapiya nimasi bilan farqlanadi?

2.Dush, vannalarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi qanday?

3.Gastritda mineral suvning qo‘llanilish usuli qanday? Qo‘llashda nimaga e'tiborni qaratish kerak?

4.Nam o‘rab qo‘yish qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

5.Kompress turlari va qo‘llanilishdan maqsad qanday?

6.Balchiqning fiziologik ta'siri haqida nimani bilasiz?

7.Balchiqning qo‘llanilish usullari?

8.Parafin-ozokeritning qo‘llanilish usullari.

9.Kurortlarning turlari.

10.Kurortga boruvchilarga qarshi ko‘rsatmalar.

11.O‘zbekiston kurortlari.


1.Adabiyotlar

Asosiy

1.Yo’ldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298

2.S.N Babadjanov Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279

Qo‘shimcha adabiyotlar

1.Bogolyubov V.A. «Obshaya fizioterapiya» M. 2001 s. 679

2.Ulashik V.S. « Fizioterapiya» M. 2003 s. 450

3.Bogolyubov V.A. « Metodika i texnika provedeniya fizioterapev-ticheskix protsedur» M. 2001 s.280

4.Pasinkov ye.I. «Obshaya fizioterapiya» (uchebnik dlya med. institutov) 1969 s.311

5.Speranskiy A.P. «Uchebnoe posobie po fizioterapii» (dlya med. institutov) 1975s. 328

6.«Spravochnik po fizioterapii» pod. Red. Obrosova A.N. 1989 s.167

7.«Fizioterapevticheskiy spravochnik» pod red. I.N. Sosina.1984 s. 197

8.Komarova L.A., Blagovidova L.A. «Rukovodstvo po fizicheskim metodam lecheniya». 1987 s. 233

9.Pasinkov ye.I. «Fizioterapiya» Darslik 1995. (na uzb. yazike) s.285

10.Pasinkov ye.I. «Fizioterapiya» darsligi 1966. (na uzb. yazike.)s. 290

11.Leksionnie materiali i uchebno-metodicheskie razrabotki

12.Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol. Tavriya. 1990 s. 289

13.Biryukov A.A. «Massaj-sputnik zdorovya» kniga dlya uchashixsya 1992

s. 157

14.Oranskiy I.ye., Ilxamdjanova R.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». Izd-vo Ibn-Sino 1992 s. 267



15.«Spravochnik po fizioterapii» pod. Red. V.G. Yasnogorodskaya. M. Meditsina 1992 s. 168

16.Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu» S. Peterburg, 1992 s. 217

17.Ulashik V.S. «Domashnyaya fizioterapiya» Minsk. Belorus. 1993

s. 239


Internet saytlari:

http://www.medscap.com

http://www.sportsinjuryclinic.net

http://www.about. com.

http://www.healthline. com

http://www.thebiglimo.ru

http://www.medlinks.ru

http://www. z-e.ru

http://www.sportmed.com

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil

Kafedra: Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi
Fan: Fizioterapiya
Suv va issiqliq bilan davolash. Kurortlar. Sanator-kurortga boruvchilarni saralash.

Mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot
TA'LIM TEXNOLOGIYASI

2013 yil.

Tuzuvchilar:

Assistant: Sharipov U.A.

Dotsent: Adilov Sh.K.

Ta'lim texnologiyasi kafedra majlisida tasdiqlangan

№______ dan __________2013 yil.



Retsenzentlar:







__________

(imzo)







__________

(imzo)

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi terapevtik seksiyasida 2013 yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.


Rais: Professor,t.f.d. Karimov M.Sh.

Amaliy mashg‘ulot ta'lim texnologiyasi.

Mavzu № 4

Suv va issiqlik bilan davolash. Kurortlar. Sanator-kurortga boruvchilarni saralash.

1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi TTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi. Maxsus jihozlangan FT xonalari, fizioterapevtik apparatlar : parafin va ozokeritni erituvchi apparat va kyuvetlar, ingalyator, tematik bemorlar va kasallik tarixi, jadvallar, videofilmlar, ko‘rgazma materiallari.

2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 5 soat.(225min)

Talabalar soni 8-9

3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:

Talabalarni suv va issiqlikning biofizik, fiziologik va davolovchi ta'sir mexanizmlari, usullari va qo‘llaniladigan apparatlari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish. Fizioterapevtik omillarni bemorni komleks davolashda o‘rni va ahamiyatini baholash.Kurortlar haqida tushuncha berish va turlari bilan tanishtirish.Sanator-kurortga boruvchilarni saralashni o‘rgatish.

4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:

(mashg‘ulot rejasi)

Kirish

Asosiy qism

Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


5. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :

-turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan tanishtirish;

-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni o‘rgatish;

- gidroterapiya (kompress, ishqalash, dushlar, vannalar) muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish;

-balneologik omillarni qo‘llash metodikasini o‘shgatish;

-davolash maqsadida parafin, ozokerit, naftalanning qo‘llash metodikasi bilan tushuntirish;

-shifobaxsh balchiqlarni qo‘llashga o‘rgatish;


6. O‘quv faoliyatini natijalari:

- Suv va issiqlik bilan davolash muolajalar ta'sir mexanizimini,ular uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, muolajalarda qo‘llaniladigan apparatlarni aytib beradilar;

-fizioterapevtik muolaja usullarini mustaqil bajarishadi;
-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishadi;

- bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab

toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rganishadi;
-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishadi;

-fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni bilishadi;

-sanator kurortga bemorlarni saralashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalrni aniqlashadi;
-balneologik omillarni parafin, ozokerit, naftalinning qo‘llash metodikasi bilishadi


7. Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakillari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari:

Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.

10. Ta'lim shart-sharoitlari:

Texnik ta'minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

11.Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.


12. Motivatsiya

Suv va issiqlik muolajalarining organizmga ta'sir etish mexanizmi turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida keng qo‘llaniladi va patologik holatlarda o‘z vaqtda davolash va reabilitatsion dasturlarni to‘g‘ri tanlash va tavsiya etish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.

Fizik omillarning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini o‘rganish, ba'zi muolajalarning texnikasini va qo‘llanilish uslubini, apparatlarning tuzilishini, omillarning qo‘llanilishiga umumiy ko‘rsatmalarni va qarshi ko‘rsatmalarni o‘rganish, davolashning ta'sirini kuchlantirishga imkoniyat beradi.

13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.


14. Mashg’ulot mazmuni

14.1. Nazariy qismi

Suv bilan davolash

Suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi. Suv bilan davolashda quyidagi asosiy omillar qo‘llaniladi : chuchuk suv, mineral suv. Chuchuk suv suyuq, qattiq va par holatida qo‘llaniladi. Mineral suvlar gaz va sun'iy analog holida qo‘llaniladi. Chuchuk suv davolash maqsadida toza holatda, shuningdek unga har xil dorili va boshqa moddalarni (xvoyli ekstrakt, skipidar, gorchitsa va h.z) qo‘shish bilan qo‘llaniladi. Suvning organizmga ta'siri asosida haroratli, mexanik, kimyoviy, radiatsion qo‘zg‘alish yotadi. Suvning organizmga ta'sirini aniqlovchi omil bo‘lib fizikaviy va kimyoviy xususiyatlar hisoblanadi. Suv bilan davolash ko‘pgina surunkali kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi, shuning uchun uning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini, texnikasi va usullarini o‘rganish zarur.

Suvning haroratli ta'siri. Suvning fizik xususiyatlaridan issiqlik sig‘imi, issiqlikni o‘tkazuvchanligi, issiqlikni saqlab turishi katta ahamiyatga ega.Issiqlik sig‘imi - bu jismni 1 gradusga qizdirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoridir. Issiqlik o‘tkazuvchanlik - bu jismning bir qismidan issiqlikni boshqa qismiga o‘tkaza olishidir. Issiqlikni saqlab turish xususiyati deganda issiqlikni ushlab tura olish tushuniladi.

Odam organizmining nechog‘li ta'sirlanishi, qanchalik va qanday reaksiya ko‘rsatishi asosan issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga, ya'ni organizmga beriladigan yoki undan olinadigan issiqlik miqdoriga bog‘liqdir. Masalan : suvning issiqlik sig‘imi yuqori bo‘ladi. U shifobaxsh balchiqqa qaraganda issiqlikni ikki baravar ko‘proq yuta oladi va uni ancha tez o‘tkaza oladi.

Harorat ta'siri tushadigan joy teridir. Bunga javoban har xil reflekslar yuzaga keladi. Qon tomirlarga ta'sir etib, qonning organizmda taqsimlanishiga ta'sir etadi. Teriga yuqori harorat ta'sir qilganida tomirlar kengayib unga qon kelishi zo‘rayadi, shuning natijasida issiqlik berish, ya'ni issiqlik chiqarish ham ko‘payadi. Past harorat ta'sirida teri soviydi, tomirlar torayib boradi, ularning qon bilan to‘lishi kamayadi, bunda issiqlik berish ham kamayadi.

Kimyoviy termoregulyatsiyasi asosan almashinuv jarayonlariga bog‘liqdir. Kimyoviy termoregulyatsiya deganda atrofdagi muhit harorati ta'siri bilan moddalar almashinuvi intensivligining o‘zgarishi tushuniladi. Tashqi muhit harorati ko‘tarilganda organizmda issiqlik hosil bo‘lishi kamayadi. Kimyoviy xususiyatlaridan katta ahamiyatga ega bo‘lganlari bu mineral tuzlar, gazlar, organik birikmalar, biologik aktiv moddalarning bo‘lishidir.

Haroratli ta'sirda og‘riqlarning kamayishi va butunlay to‘xtashini kuzatishimiz mumkin (bunda teridagi retseptorlar blokadaga uchraydi va MNSga patologik impulslar o‘tishiga to‘sqinlik qiladi).

Shunday qilib, suv og‘riq qoldiruvchi, spazmlarni bartaraf etuvchi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir etadi.

Suv muolajalari umumiy va mahalliy turlariga bo‘linadi. Umumiy muolajalarda suv butun tana yuzasiga bir xil qo‘zg‘atuvchi ta'sir etadi : umumiy vannalar, sirkulyar dush, namli o‘rab qo‘yish, suv quyish, ishqalab artish va h.z. Mahalliy muolajalarga taalluqli hisoblanadi va bunda suv tananing ma'lum bir chegaralangan qismiga ta'sir etadi : oyoq, qo‘l yoki tos vannalari, yuqoriga ko‘tariluvchi dush, grelka, kompress va h.z.

Qo‘llanilayotgan suvning haroratiga qarab muolajalar farqlanadi :

1.Sovuq - 20 gradus va undan past - 2 –5 minut

2.Salqin - 21-33 gradus - 5 -10 minut

3.Indifferent - 34-35 gradus - 15-20 minut

4.Iliq - 36-37 gradus - 10-20 minut

5.Issiq - 38 gradus va undan yuqori - 2 - 5 minut
Har bir suv bilan davolash muolajada haroratni kuchaytiruvchi suv massasining mexanik ta'siri, uning tana yuzasidagi harakati va periferik retseptorlarga gaz pufakchalarining qo‘zg‘atuvchi ta'siri bilan birgalikda bo‘ladi.Har xil suv muolajalarida mexanik qo‘zg‘atuvchanlik har xil bo‘ladi. Dush (Sharko dushi – 2-4 atm.) va cho‘milishda ko‘proq, vannalarda kamroq (0,3-0,4 atm).Kimyoviy qo‘zg‘atish chuchuk suv qo‘llanilganda minimal bo‘ladi, unga tuz, garchitsa, xvoy ekstrakti, skipidar qo‘shish bilan uni kuchaytirish mumkin, u teri retseptorlarining qo‘zg‘alishini oshiradi, ularning ba'zi birlari hid sezish va ko‘rish analizatorlariga ta'sir ko‘rsatadi. Tabiiy va sun'iy tayyorlangan suvlarda saqlanadigan moddalar vannalarni qabul qilish vaqtida qisman organizmga kiradi, tomir va ichki organlar retseptoriga ta'sir etadi.Bundan tashqari gaz holatidagi moddalar nafas yo‘llari orqali tushadi.Suv muolajalariga organizmning javob reaksiyasi muolajaning faqat fizik va kimyoviy xususiyatlariga emas, balki MNS va butun organizmning dastlabki funksional holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Tartibi bo‘yicha quyidagi vannalar bo‘ladi :

1.chuchuk suli;

2.mineral suvli, ishqoriy suvli;

3.aromatik, xvoyli, tuzli-xvoyli suvli;

4.gazli, serovodordli, azotli, kislorodli, marjonli, radonli

5.ichakni suv osti yuvish, suv ostida gimnastika, suv osti dush massaji, vibratsion vanna;

6.dorili (gorchitsali, marganetsli, kraxmalli, yod-bromli).

Suv tushishining shakliga qarab quyidagi dushlar farqlanadi : changsimon, yomg‘irsimon, ignasimon, yelpig‘ichsimon, sirkulyar, shotland, Sharko va boshqalar.

Bosim darajasi bo‘yicha dushlar quyidagilarga, ya'ni o‘rta (2 atmosferagacha) va yuqori (3-4 atmosferagacha) bosimga bo‘linadi.

Vannalarni qabul qilish vaqtida, ayniqsa issiq yoki sovuq, bemorlarning holatini kuzatib turish zarur. Muolaja vaqtida yurak tomondan behushlik sezilsa, yurak sathiga sovuq kompress qo‘yiladi.Ba'zi vaqtlarda iliq va issiq vannalardan so‘ng suv quyish yoki dush tavsiya etiladi. So‘ngra bemor 20-30 minut yotishi kerak.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish