Kelishildi


Ultratovush bilan davolash



Download 0,7 Mb.
bet10/22
Sana18.02.2017
Hajmi0,7 Mb.
#2816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22

Ultratovush bilan davolash

Davolash amaliyotida boshqa fizioterapevtik muolajalar bilan bir qatorda ultratovush bilan davolash ham keng qo‘llaniladi. Ultra tovushlar fizik muhitda mexanik tebranishlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Fizioterapiya amaliyotida ultra tovushlar 800-900 kilogers chastotasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. Tibbiy davolash amaliyotida esa 800-3000 kg ravishda qo‘llanilishi mumkin. Davolash jarayonida ultra tovushlarning organizm ichiga kirishi ularning chastotalariga bog‘liqdir. Qo‘llanilayotgan tebranish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, u shuncha to‘qima ichiga kam kiradi. Masalan: chastotasi 1600-2600 kg bo‘lgan ultra tovush faqatgina 1 sm chuqurlikka kiradi, chastotasi 800-900 kg bo‘lgan ultra tovush 4-5 sm ichkariga kiradi. Ultra tovushlarning ta'siri asosida mexanik va issiqlik omillari hamda shular tufayli organizmda kelib chiqadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar yotadi. Mexanik ta'siri asosan chaqiralayotgan mikrovibratsiya bilan tushuntiriladi, bu esa to‘qimalarda mikromassaj holatini hosil qiladi. Buning natijasida to‘qimalarning funksional holati o‘zgaradi, membranalarning o‘tkazuvchanligi oshadi, diffuziya va osmos jarayonlari kuchayadi, to‘qimalardagi har xil tuzilmalarning bir-biriga bog‘liqligi oshadi. Issiqlik ta'siri ultra tovushning bir tomondan mexanik energiyasining issiqlikka aylanishi bilan, ikkinchi tomondan biokimyoviy jarayonlarning oshishi bilan tushuntiriladi. To‘qimalarda haroratning ortishi qon va limfa tomirlarining kengayishiga olib keladi, mikrotsirkulyatsiya oshadi, modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi. Fizik-kimyoviy ta'siri to‘qimalarning molekulyar kompleksining qayta qurilishi bilan tushuntiriladi. Bunda bir qator fermentlarning faolligi ortadi, oksidlanish-tiklanish jarayonlari yaxshilanadi, to‘qimalarda biologik aktiv moddalar (geparin, gistamin, serotonin va h.z) hosil bo‘ladi. Ultratovushlarning fiziologik ta'siri mahalliy va umumiy reaksiya-lardan, gumoral va neyroreflektor ta'sirlaridan kelib chiqadi. Natijada og‘riq qoldiruvchi, spazmalitik, yallig‘lanishga qarshi ta'sirlar yuzaga keladi. Shuningdek reparativ va regenerativ jarayonlar, nerv-mushak apparatining qo‘zg‘alish darajasi ortadi, nerv bo‘yicha impulslarning o‘tishi yaxshilanadi. Ultra tovush bilan davolash muolajasi quyidagi apparatlar yordamida o‘tkaziladi :

-partotiv - UTP-1, LOR-1, LOR-2, LOR-3, UZT-101, UZT-102, UZT-103

-statsionar - UTS-1, UTS-1M.

Muolajani qo‘llashda quyidagi usullardan foydalaniladi :

-labil yoki kontakt usuli;

-stabil usuli;

Ultra tovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim maz yoki vazelin bilan o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari kirgizilishi mumkin, bu usul fonoforez yoki ultrafonoforez deb ataladi. Masalan : butadion, gidrokartizon, dolgit va boshqa dorili mazlar. Bu muolaja davolash amaliyotida juda keng qo‘llaniladi, ayniqsa hozirda keng tarqalgan bo‘g‘im kasalliklarida.



Ko‘rsatmalar : tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, poliartrit, podagra, osteoxondroz), nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari, LOR kasalliklari (tonzilit, vazamator renit), ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit, keratit), ginekologik va urologik kasalliklari (salpingoofarit, prostatit), nafas olish organlari kasalliklari (bronxial astma, bronxit), stomatologik kasalliklar va h.z. Lekin shu bilan bir qatorda tromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik holatlarida muolajani qo‘llash mumkin emas.

Baroterapiya.

Baroterapiya usuli yordamida barometrik bosimning 1 atmosferadan past bo‘lgan manfiy bosimi va 1 atmosferagacha bo‘lgan bosimlar bilan davolash jarayonida qo‘llaniladi. Baroterapiya mahalliy va umumiy usullarda o‘tkaziladi.Mahalliy yoki segmentar baroterapiya – bu manfiy (1 atmosferadan past) barometrik bosim bilan maxsus kameralar orqali tananing katta qismlariga (oyoq, qo‘l, qorin va h.z) davolash maqsadida ta'sir etishdir. Uning ta'sir mexanizmi qon va to‘qima sistemalarida hosil bo‘ladigan barometrik bosim farqiga asoslangan.Buning natijasida to‘qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi kuchayadi, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, ATF biosintezi oshadi, hujayralararo suyuqlikning harakatlanishi, qon va limfa aylanishining tezlashishi, tinch holatda kapillyar va arteriolalarning kengayishi kuzatiladi.Shuningdek qon tomirlarda qon aylanishiga periferik qarshilik kamayadi, qon tomirlarning hajmi oshadi, transkapillyar diffuz almashinuvining maydoni kattalashadi. Bunday mahalliy o‘zgarishlar turli organ va sistemalarning funksiyasini boshqaruvchi mexanizmlariga ham ta'sir qiladi. Segmentar baroterapiyani o‘tkazishda Kravchenko barokamerasidan foydalaniladi. Barokamera qo‘l va oyoq atrofida vakuum (past) yoki kompression (baland) bosim yaratish barcha zaruriy moslamalar bilan ta'minlangan. Baroterapiya muolajasi zararlangan tana qismi atrofida sun'iy o‘zgaruvchan havo bosimi hosil qilishga va hosil bo‘lgan bosim kuchini har muolajada asta-sekin oshirib borishga asoslangan.

Baroterapiya qo‘llanilayotganda bemorning umumiy ahvoli hisobga olinadi, tana qismlari uchun zarur harorat rejimi tanlanadi (30-45 gradus) teri to‘qimasining rangi o‘zgarishi kuzatib boriladi. Teri to‘qimasining qizarishi muolajaning effektivligini bildiradi. Terining ko‘karishi, oqarishi, tomirlar shishishi dekompressiyasini (manfiy bosim) pasaytirishga yoki kompressiyasini (musbat bosim) qo‘llashga imkon beradi. Muolaja vaqtida bemor issiqlikni, oyoq yoki qo‘l hajmining o‘zgarishini, taranglashishini, yengil sanchiqni sezadi. Agarda oyoq yoki qo‘lda og‘riq bo‘lsa, uvushishni his qilsa bu dekompressiyani pasaytirishga yoki kompressiyani qo‘llashga imkon beradi. Umumiy baroterapiya – bu maxsus kamera yordamida davolash uchun barometrik bosim (1 atmosfera) qo‘llaniladi. Umumiy baroterapiya usuli – giperbarik oksigenatsiya gipoksiya holatlarida juda foydalidir, u nafas olinganda kislorodning parsial bosimi ko‘tarilishiga asoslangan. Giperborik oksigenatsiya usuli asosida suyuq holatlarda gazlarning erishi yotadi, shuning uchun qonning suyuq qismida erigan gaz miqdori bosimga va haroratga to‘g‘ri proporsionaldir.

Ko‘rsatmalar : qon tomirlarining obliterik endoarteriti, qon tomirlarida venoz qonning turib qolish holatlari, gipertoniya kasalligi, qon tomirlardagi yetishmaslik kasalliklari, ginekologik kasalliklar, nafas olish organlarining kasalliklari, har xil bo‘lgan anaerob va jarrohlik infeksiyalaridan hosil bo‘lgan holatlar, yurak, nafas, jigar, buyrak yetishmasligi holatlari, botulizm va h.z.

Qarshi ko‘rsatmalar : epilepsiya, o‘pkadagi absess va kavernalar, limfadenit, tomirlar atoniyasi, yevstaxiev truba va kanallari o‘tkazuvchanli-gining buzilishi, surunkali tromboflebit, qon tomirlarining varikoz kengayishi,qon tomirlar obleterik kasalliklarining kechiktirilgan darajalari va u yerda namli gangrenaning bo‘lishi, qon dimlanishlari (venoz dimlanishi).

14.2. Tahliliy qism

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

Grafikli organayzerlar - fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.

Klaster tuzilmasi

(klaster-tutam,bog‘lam) axborot xaritasini tuzish yo‘li barchatuzilmaning markazlashtirish aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.



Klasterni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushintiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta kog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi

Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajiratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom ettirishlari mumkin.

Klaster tuzishga savollar to‘plami.


  1. Yorug‘lik turlari.

Klaster tuzilmasi.









ОЗДОРОВИ-ТЕЛЬНЫЙ БЕГ













ТЕРРЕНКУР





ФИЗКУЛЬТУРНО- МАССОВЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ


Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Issiq kartoshka” metodi.

Bu metod talabalarni tez fikrlashga o‘rgatadi. Bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.

O‘yin uchun kerak:



  1. Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami.

  2. To‘p “ kartoshka” , “mosh”.

Ishni olib borish:

O‘qituvchi ishtirokchilarga orqa tomoni bilan o‘tiradi va qarsak chaladi yoki qalam bilan qattiq uradi. Ishtirokchilar to‘pni bir-biriga uzatadilar, qarsak to‘xtaganida kimda to‘p qolib ketsa, shu ishtirokchi javob beradi. Agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa, boshqa ishtirokchi javob berishi mumkin. Bu jarayon barcha ishtirokchi javob bergunicha davom etadi.

Savollar:


  1. Infraqizil nurlarni 5 ta fiziologik ta'sirini sanang?

  2. Infraqizil nurlarning 4 ta manbalari?

  3. Infraqizil nurlar va ultrabinafsha nurlarining ta'siridan hosil bo‘lgan belgilarni bir-biridan farqlari?

  4. Lazer nurlarining o‘ziga xosligi?

  5. Ultrabinafsha nurlariga qarshi ko‘rsatmalar?

Vaziyatli masala:

1. Bemor A. 44 yosh tashxisi: Bronxial astma. Bosqich-III. Remissiya davri. Shikoyati: yo‘tal, vaqti bilan bo‘g‘ilish xurujlariga , tez charchab qolishga.

Tana harorati 36,6 oS. Puls 90/min, ritmik. AQB 120/90 mm.sim. ust. Nur muolajasi bering.

J: Solyuks lampasi.

2. Bemor D. 58 yosh tashxisi: Osteoartroz: gonoartroz, sekin rivojlanuvchi kechishi, BFe-II, RB II.Fizioterapevtik muolaja bering.

J: Lazer terapiya tizza bo‘g‘imiga, yorug‘lik vannasi.

3.Bemor K. 28yosh tashxisi: O‘pkani o‘ng pastki bo‘lak pnevmoniyasi.UTTni to‘g‘ri buyuring.

J: O‘ng o‘pkani pastki bo‘lak sohasiga (yalig‘lanish o‘chog‘iga). Kontakt to‘g‘ridan to‘g‘ri, labil usulda,o‘zgarmas rejimda. Intensivligi 0,1-0,6 Vt/sm, eksp. 5minut, har kuni 5-10 muolaja.



Tahliliy qism baholash mezoni:(organayzer):

Maksimal ball 15

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6ball

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


14.3. Amaliy qism

Fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish metodikasi.

Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan biodozani aniqlash (UBN) muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :





Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Birinchi kun. Bemorni yotqizish

0

10

2

Bemor orqasi yoki qornini ochish

0

10

3

Dozimetrni olish va uning tayyorligini tekshirish

0

10

4

Tananing buyurilgan sohasiga dozimetrni o‘rnatish

0

10

5

Dozimetr oynalarini har 1 minutda navbatma-navbat ochish va ularni nurlantirish

0

10

6

Muolaja tugashi bilan biodozimetrni yechish

0

10

7

Ikkinchi kun. Biodozani eritema intensivligi bo‘yicha aniqlash

0

10

8

Nurlantirilgan sohani ko‘zdan kechirish

0

10

9

Aniq chegarali qizil eritema sohasini tanlash

0

10

10

Tanlangan eritemaga mos keladigan nurlantirish vaqti biodoza bo‘lib hisoblanadi

0

10




Jami :

0

100


Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan yorug‘lik bilan davolash (IQN – Solyuks lampasi) muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish .

Bajariladigan bosqichlar :



Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

10

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Bemorni yotqizish yoki o‘tkazish

0

20

4

Lampani patologik o‘choqdan 15 sm uzoqlikda joylashtirish

0

20

5

Apparatni yoqish

0

10

6

Bemorni 5-10 minutgacha qoldirish

0

10

7

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

10

8

Bemorga javob berish

0

10




Jami :

0

100


Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan lazer-terapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :





Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Bemorni yotqizish

0

10

4

Apparatni yoqish

0

20

5

Vrach tavsiya etgan sohaga nurlatkichni qo‘yish

0

15

6

Bemorni 1-1,5 minutgacha qoldirish

0

10

7

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

10

8

Nurlatkichni olish

0

10

9

Bemorga javob berish

0

10




Jami :

0

100


Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan ultra-tovushterapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :



Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

5

3

Bemorni yotqizish yoki o‘tqazish

0

5

4

Ultratovush tarqatuvchini olish

0

10

5

Quvvat tugmachasini buyurilgan miqdorga olib borish

0

10

6

Apparatni yoqish

0

5

7

Ultratovush tarqatuvchi yuzasiga suv tomchisini tomizib, vibratsiya hosil qilish

0

15

8

Teriga vazelin yoki surtma dorini surtish

0

10

9

Buyurilgan vaqt davomida labil usul bo‘yicha aylanma harakatlar bilan ta'sir ettirish

0

15

10

Ta'sir etish vaqti 10 minut

0

10

11

Apparatni o‘chirish

0

5

12

Bemorga javob berish

0

5




Jami :

0

100



Amaliy ko‘nikmalarni baxolash mezoni:

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

40-34,4-a'lo

34-28,4-yaxshi

28-22-o’rta

21,6-14,8-qoniqarsiz

14,4 va undan kam-yomon


15. Bilim, ko‘nikma va bilishlarni nazorat shakllari

- Og‘zaki javob

- Bahsda aktiv ishtrok etish

- Yozma javob natijalari

- Masalalarini yechish

- Amaliy ko‘nikmalarni bajarish


Talabalar bilimi, ko‘nikma va mahoratini baholashda qo‘llaniladigan

nazorat mezonlari



Baho

a'lo

yaxshi

o‘rta

qoniqar-siz

yomon

O‘zlashtirish % hisobida

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

1

Nazariy qism

25-24ball

23-22 ball

21-19 ball

18-17 ball

15 ball

2

Analitik qism klaster

15-14 ball

13- 12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6 ball

3

Test vaziyatli masalalar

15-14ball

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6 ball

4

Amaliy ko‘nikmalar

40-

34.4ball


34-28.4ball

28-22ball

21.6-14.8 ball

14.4 ball

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish