Kelishildi



Download 0,7 Mb.
bet9/22
Sana18.02.2017
Hajmi0,7 Mb.
#2816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22

17.Nazorat uchun savollar

1.Darsonvalizatsiya ta'sir etuvchi omilini va ta'sir mexanizmini ayting.

2.UVCh-terapiyaning ta'sir etuvchi omili qaysi?

3.UVCh elektr maydonining fiziologik ta'siriga xarakteristika.

4.UVCh- va SVCh-terapiya nimasi bilan farq qiladi? Ta'sir mexnizmi.

5.Induktotermiyaning ta'sir etuvchi omillari va ta'sir mexanizmi.

6.Elektrostatik dush nima? Ta'sir etuvchi omili.

7.Magnitoterapiyaning afzallik xususiyatlari nimada?

8.Magnitoterapiyaning ta'siri qanday

18.Adabiyotlar

Asosiy (A):

1. Yo’ldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298

2. S.N Babadjanov Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279

3. Ulashik V.S. « Fizioterapiya» M. 2003.

4. Bogolyubov V.A. « Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001.

5.Bogolyubov V.A. «Obshaya fizioterapiya» M. 2001.

6.Bogolyubov V.A. « Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001.

Qo‘shimcha (Q)

1.Sarfis P.G., Kiselev V.B. «Lechebnie gryazi i drugie prirodnie teplonositeli» 1990g.

2.Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol. 1990g

3.Biryukov A.A. «Massaj-sputnik zdorovya» kniga dlya uchashixsya 1992g.

4.Korxin M.A. Rabinovich I.M. LFK v domashnix usloviyax. L. Len. Izdat. 1990g.

5.Oranskiy I.ye., Ilxamdjanova R.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». g

6.«Spravochnik po fizioterapii» pod. Red. V.G. Yasnogorodskaya. M. Meditsina 1992g.

7.Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu» S. Peterburg, 1992g

8.Ulashik V.S. «Domashnyaya fizioterapiya» Minsk. Belorus. 1993g

9.Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» izd-vo Ibn-Sino, 1993g

10.Larskiy E.G. «Sovremennie metodi elektroforeza» Obzor lit. 1990g.

11.Soloveva T.R. «Magnitoterapevticheskaya apparatura». M. Meditsina, 1991g.

12.Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznie metodi lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.

13.Yuldashev K.Yu. «Preformirovannie i yestestvennie fizicheskie faktori v profilaktike i meditsinskoy reabilitatsii». T. – 1991g.


Chet el adabiyoti:

  1. Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000

  2. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  3. Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988

  4. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  5. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DOSports Medicine Study Guide and Review for Boards

  6. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  7. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  8. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  9. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  10. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.

Internet saytlari:

http://www.medscap.com

http://www.sportsinjuryclinic.net

http://www.about. com.

http://www.healthline. com

http://www.thebiglimo.ru

http://www.medlinks.ru

http://www. z-e.ru

http://www.sportmed.com


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil
Kafedra: Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi
Fan: Fizioterapiya

Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya. Ultrotovush bilan davolash. Ultrafonoforez. Baroterapiya.Yorug’lik bilan davolash.
Mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot
TA'LIM TEXNOLOGIYASI

2013 yil.

Tuzuvchilar:

Assistant: Sharipov U.A.

Dotsent: Adilov Sh.K.

Ta'lim texnologiyasi kafedra majlisida tasdiqlangan

№______ dan __________2013 yil.



Retsenzentlar:







__________

(imzo)







__________

(imzo)

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi terapevtik seksiyasida 2013 yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.


Rayis: Professor,t.f.d. Karimov M.Sh.


1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi TTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi. Maxsus jihozlangan FT xonalari, fizioterapevtik apparatlar : Solyuks, Infraruj lampasi, yorug‘lik issiqlik vannasi, lazer apparati, simob-kvarsli lampalar, tematik bemorlar va kasallik tarixi, jadvallar, videofilmlar, ko‘rgazma materiallari.

2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 5 soat.(225min)

Talabalar soni 8-9

3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:

Talabalarni yorug‘lik, ultrotovush, aerozol va aeroionoterapiya ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab yorug‘lik, ultrotovush, aerozol va aeroionoterapiya muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish, ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;



4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:

(mashg‘ulot rejasi)

Kirish

Asosiy qism

Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


5.O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :

- turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

- yorug‘lik nurlaridan foydalaniladigan muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish;

-ultratovush va ultrafonoforez muolajalar metodikasini o‘rgatish;

-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan tanishtirish

-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni o‘rgatish;


6. O‘quv faoliyatini natijalari:

- yorug‘lik, ultratovush, aerozol va aeroionoterapiya muolajalarining ta'sir mexanizimini,ular uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, muolajalarda qo‘laniladigan apparatlarni aytib beradilar;

- muolajalarga ko‘rsatmalarni belgilashadi;
- FT xonasini jihozlashni bilishadi;

-fizioterapevtik muolaja usullarini mustaqil bajarishadi;


-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishadi;
- bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab muolajalarni qo‘llash metodikasiga o‘rganishadi;

7. Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakillari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari:

Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.

10. Ta'lim shart sharoitlari:

Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya,TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

11.Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.

12. Motivatsiya

Hayotimiz davomida doimo quyosh nurlari ta'siri ostida bo‘lamiz. Ular organizmga har xil ta'sir qiladi, bu ularning to‘lqin uzunligiga bog‘liq. To‘lqin uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik ko‘zga ko‘rinmas bo‘ladi. Tibbiyot amaliyotida ko‘zga ko‘rinmas nurlaridan kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida keng foydalaniladi. Tovush to‘lqinlari muhitning mexanik tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Odamning eshituv apparati chastotasi 16 gsdan 16 kgsgacha boradigan tovush tebranishini sezadi. Tebranishlarning soni 16 kgsdan ko‘p bo‘lsa ultra tovush to‘lqinlari deyiladi, tebranishlarning soni 16 kgsdan kam bo‘lsa infra tovush to‘lqinlari deyiladi. Fizioterapiya amaliyotida tebranishlarning soni 600 – 900 kgs keladigan tovush to‘lqinlaridan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda bosimdan ham tibbiyot amaliyotida davolash maqsadida keng foydalaniladi.



13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



14. Mashgulot mazmuni

14.1. Nazariy kismi

Yorug‘lik bilan davolash

Tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida infraqizil, qizil (ko‘rinuvchi) va ultrabinafsha nurlari keng qo‘llaniladi. Yorug‘lik oqimida ularning to‘lqin uzunligi har xildir, ya'ni infraqizil nurlarniki 400 mkm – 760 nm, ko‘rinuvchi nurlarniki 760 nm – 400 nmgacha, ultrabinafsha nurlarniki 400 nm – 180 nmgacha. Yorug‘likning fiziologik ta'siri murakkab va xilma xildir. Ularning ta'siri asosida reflektor mexanizmlar yotadi. Yutilgan yorug‘lik energiyasining to‘qimalar bilan o‘zaro ta'sir qilishi natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar terida joylashgan retseptorlarning ta'sirlanishiga sabab bo‘ladi, buning natija-sida kelib chiqadigan impulslar markaziy nerv sistemasiga beradi. Terida morfologik o‘zgarishlar ro‘y beradi va biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi, masalan, oqsil parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar va h.z. Ular qon va limfa oqimiga tushib, organizmga ta'sir ko‘rsatadi. Nurlarning bir qismi teridan qaytariladi, bir qismi esa organizmga yutiladi va boshqa turdagi energiyaga – issiqlik hamda kimyoviy energiyaga aylanadi. To‘lqin uzunligi har xil bo‘lgan nurlarning odam organizmiga yutilish darajasini o‘rganish katta ahamiyatga ega, chunki faqat yutilgan energiya biologik ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘rinadigan nurlarning to‘lqin uzunligi qancha kam bo‘lsa, bu nurlar teriga shuncha chuqur kirib boradi va aksincha. Infraqizil nur issiqlik hosil qilish xususiyatiga ega, shuning uchun uni issiqlik energiyasi ham deb ataladi. Ular organizmga ancha chuqur kirib boradi (4-5 sm). Teri retseptorlari issiqlik ta'siri natijasida tomirlarni reflektor yo‘l bilan kengayishiga va arterial qizarishiga sabab bo‘ladi. Shu sababdan infraqizil nurlari og‘riqni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Ta'sir etilayotgan sohada qon shaklli elementlarining ko‘payishi va oksidlanish jarayonlarining kuchayishi almashinuvning yaxshilanishiga hamda patologik mahsulotlarning tezroq so‘rilib ketishiga olib keladi. Nur bilan ta'sir to‘xtatilganda teridagi qizarish yo‘qoladi. Ko‘rinuvchi nurlar organizmga 1-2 smgacha ichkariga kirib, issiqlik va fotoelektrik ta'sir ko‘rsatadi. Ultrabinafsha nurlari boshqa nurlarga qaraganda faol ta'sir etadi. Ular organizmga ta'sir etganda issiqlik sezgisini keltirib chiqarmaydi va terining eng yuza qatlamida yutiladi, ya'ni 1 mmgacha ichkariga kirishi mumkin. Uning ko‘p qismi epidermisga yutiladi va kam qismigina terining so‘rg‘ichli qatlamiga va yuzadagi tomir chigallariga yetib boradi. Terida pigmentlarning bo‘lishi uning yutilishini ko‘paytiradi, teri kapillyarlarini kengaytiradi, terining rangini o‘zgartiradi. Ultrabinafsha nurlari fotoelektrik va fotokimyoviy ta'sir qilish xususiyatlariga egadir.Bunda organizm to‘qimalaridagi har xil atomlarga ta'sir etib, ularni qo‘zg‘atadi va u yerda kimyoviy modda almashinuvining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida biologik aktiv moddalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi va organizmda javob reaksiyalarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga organizmga ta'sir etib, raxitga qarshilik ko‘rsatadigan maxsus modda – vitamin D hosil bo‘ladi. Shuning uchun ultrabinafsha nurlari raxit kasalligining oldini olinishda qo‘llaniladi. Ular bakteriotsid ta'sir qilish xususiyati-ga ega, bunda nurlar jarohat yuzasidagi, shilliq pardadagi, shuningdek havodagi bakteriyalarga bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni ularni o‘ldiradi. Organizmga infraqizil va ultrabinafsha nurlari bilan ta'sir etilganda terida qizarish yuzaga keladi. Ular bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi :

A)infraqizil nurlanishda hosil bo‘ladigan qizarishga xos belgilar :

-qizarish nur ta'sir etish vaqtida yuzaga keladi, ta'sir tugagach yo‘qoladi;

-chegarasi aniq emas;

-rangi toshmaga o‘xshash;

-nurlanishdan so‘ng dog‘lar qolmaydi.

B)ultrabinafsha nurlanishda hosil bo‘ladigan qizarishga xos belgilar :

-qizarish 4-6 soatdan so‘ng paydo bo‘lib, o‘zining maksimal cho‘qqisiga 18-24 soatdan keyin chiqadi va terida 2-3 kun saqlanadi;

-chegarasi aniq;

-rangi yaqqol qizil;

-nurlanishdan so‘ng terida dog‘lar qoladi (zagar).

Nurlar tabiiy va sun'iy yorug‘lik manbalaridan olinadi. Tabiiy yorug‘lik manbai quyoshdir, sun'iy yorug‘lik manbalariga har xil apparatlar kiradi. Infraqizil nurlarini olish uchun Minin, Solyuks lampalari va yorug‘lik-issiqlik vannalaridan foydalaniladi. Ko‘rinuvchi nurlar qizuvchi lampa va kunduzgi lampalar orqali, ultrabinafsha nurlar simob-kvars trubkali lampalar yordamida olinadi.

Infraqizil va ko‘rinuvchi nurlarga ko‘rsatmalar : o‘tkir osti va surunkali yallig‘lanish jarayonlari (infiltratning so‘rilishini tezlatish maqsadida), og‘riqlarning bo‘lishi, jarohatlar, yaralar (yara yuzasini quritish va mikroorganizmlarga noqulay sharoit yaratish maqsadida).

Ultrabinafsha nurlarini umumiy usuli qo‘llaniladi : raxitda, madorsizlikda, asab sistemasining kasalliklarida. Mahalliy usuli : trofik yaralarda, nevralgiya, teri, bo‘g‘im va suyak sildan zararlanganda, zotiljam va h.z.

Nurlatishga qarshi ko‘rsatmalar : xavfli o‘smalar, kaxeksiya, qon ketish va unga moyillik, o‘pka silining aktiv shakli, nefrit, o‘tkir ekzema va h.z.

Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida lazer nurlari keng qo‘llanilmoqda, shuningdek fizioterapiyada. Ular yuqorida ko‘rib chiqilgan nurlardan quyidagilar bilan farqlanadi :

-monoxromatikligi bilan, ya'ni optik spektorda 1 to‘lqin uzunligi bo‘lgan diapozonda bo‘ladi;

-kogerentligi bilan, ya'ni nurlanish elektromagnit tebranish chastotalari bilan mos tushadi va bir-birining ta'sirini kuchaytiradi;

-nurlar parallel holatda tarqaladi, shuning hisobiga boshqa nurlarga qaraganda yorug‘likni juda kam miqdorda yo‘qotadi;

-kichik bo‘lgan sohada katta quvvatli, yuqori bo‘lgan energiya hosil qiladi (jarrohlikda optik skalpel ravishda qo‘llaniladi);

-nurlanish juda yaxshi fotosirovka qilinadi, ya'ni ta'sir etish sohasiga aniq boradi.

Lazer nurlari to‘qimalarni termik jarohatlash, ya'ni kuyishga o‘xshash va mexanik effekt hosil qilib ta'sir ko‘rsatadi.Bu to‘qimalardagi bosimning oshishiga sabab bo‘lib, “to‘lqin zarbasi”ni hosil qiladi. Natijada endotoksinlar hosil bo‘ladi, to‘qimalarda ionizatsiya jarayonlari yuzaga keladi va elektromagnit maydoni to‘planadi. Shu bois katta quvvat hosil bo‘ladi, ular o‘smalarni parchalashda, to‘qimalarni kesishda, to‘r pardani yamashda keng qo‘llaniladi. Fizioterapiyada past quvvatli lazer nurlari qo‘llaniladi. Bu nurlar fermentlarni faollashtiradi, epitelial va suyak to‘qimasi regeneratsiyasini, modda almashinuvini yaxshilaydi. Nurlar og‘riq qoldirish, kavernaning bitishi va ustini kapsula bilan qoplash, trofik yaralarning bitishini tezlashtirish, yallig‘lanishga qarshi ta'sir qilish va boshqa xususiyatlarga ega. Lazer nurlari optik, kvant generatorlari yordamida olinadi. Bu maqsadda fizioterapiyada LG-75, OKG-12, LT-1 (yagoda) app-ratlari keng qo‘llaniladi.


Aerozolterapiya, aeroionoterapiya, gidroaeroionoterapiya.

Aerozolterapiya – dori moddalarini ingalyasiya usuli yordamida organizmga yuborishdir. Fizika nuqtai nazaridan aerozollar 2 fazali sistemadir, ya'ni bir fazada gaz holatida, ikkinchi fazada dispers holatida bo‘ladi. Aerozollarning ta'sir darajasi yuborilayotgan zarralarning nafas yo‘liga qanchalik ichkariga kirishi bilan baholanadi, bu esa zarralarning dispersligiga yoki kattaligiga bog‘liqdir. Aerozollarning 5 ta disperslik darajasi farqlanadi :

-yuqori disperslik - 0,5 - 5 mkm

-o‘rta disperslik - 5 – 25 mkm

-past disperslik - 25 - 100 mkm

-kichik tomchili - 100 - 200 mkm

-yirik tomchili - 250 - 400 mkm

Nafas sistemasining qaysi qismi zararlanganligiga qarab aerozollarning har xil disperslik darajasi qo‘llaniladi. Masalan : alveollalar zararlanganda yuqori disperslik, yirik bronxlar zararlanganda o‘rta disperslik, yuqori nafas yo‘llari zararlanganda kichik yoki yirik tomchili aerozollar qo‘llaniladi.

Dori moddalari ingalyasiya usuli yordamida organizmga kirgiziladi, bunda to‘qimalar jarohatlanmaydi, nafas olish organi jarohatlangan yeriga dori moddalari o‘zgarmagan holda yetkaziladi. Nafas yo‘llriga aerozollar tushib neyro-reflektor ta'sir etadi, shilliq qavatlari orqali so‘rilib, qonga tushadi va organizmga tarqaladi. Davolash ta'siri ularning farmakologik xususiyatlariga bog‘liqdir. Dori moddalari sifatida balg‘am haydovchi, desensibilizatsiya qiluvchi, bakteriotsid, bronxial o‘tkazuvchanlikni tiklovchi, qon tomirlarini kengaytiruvchilar qo‘llaniladi. Ingalyasiya yordamida har xil organizmda yaxshi so‘riluvchi o‘simlik moylari bilan ta'sir qilish mumkin, ya'ni shaftoli moyi, bodom, na’matak, oplepixa, myata. Evkalipt va boshqa moylar. Shu bilan bir qatorda baliq, mol, mineral yog‘lar ham qo‘llaniladi. Amaliyotda quyidagi ingalyatsiya turlari qo‘llaniladi :

-issiq nam ingalyatsiya – boshqalarga nisbatan keng qo‘llaniladi, uning

yordamida sulfanilamid, antibiotik va boshqa dori moddalari organizmga yuboriladi, shu bilan birga mineral suvlardan ham foydalaniladi;

-yog‘li ingalyatsiya - u asosan issiq nam ingalyatsiyadan so‘ng, ya'ni 15-

30 minutdan keyin qo‘llaniladi;

-namli ingalyatsiya - bu usul yordamida organizmga fermentlar, anti-

biotiklar, gormonlar va fetonotsidlar yuboriladi;

-parli ingalyatsiya - bu usulda asosan yengil purlanadigan dori mod-

dalari qo‘llaniladi : evkalipt yog‘i, mentol va h.z

-poroshoksimon - juda kam qo‘llaniladigan usul bo‘lib hisobla-

ingalyasiya nadi, chunki uni qo‘llash uchun maxsus poroshok

bo‘lishi kerak. Uning yordamida sulfanilamid,

antibiotiklar, tomirlarni toraytiruvchi va allergiyaga qarshi poroshok holidagi dorilar qo‘llaniladi.
Ingalyatsion terapiya maxsus ingalyator apparatlar yordamida o‘tkaziladi. Ular dori moddalarini maqsadga muvofiq ravishda maydalab, qo‘llaniladigan kattaligiga yarasha havo yoki gaz (kislorod) yordamida bemorga beriladi. Purlatish mexanik yo‘li bo‘yicha, ya'ni pulvirizatorlar yordamida olib boriladi. Yuqori disperslik aerozollar ultra tovush pulvirizatorlari bilan beriladi. Aerozol zarralari elektr zaryadi bilan ham purlatilishi mumkin, bunday aerozollar elektr aerozollar deb ataladi. Elektr aerozollar dori moddalarining faolligini oshiradi, to‘qimaning elektr potensialini kuchaytiradi. Organizmga manfiy zaryadlangan aerozollarning ta'siri yaqqoldir. Ularning ta'sirida hilpillovchi epiteliyning faolligi oshadi, o‘pkaning maksimal ventilyatsiyasi kuchayadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi oshadi, bundan tashqari ular gipotenziv va desensibilizatsiyalovchi ta'sir ham etadi. Davolash amaliyotida aerozolterapiya o‘tkazishda haroratning roli kattadir. Berilish harorati asosan 37,5 – 38,0 gradus bo‘lishi kerak, chunki bu harorat organizmning ichki muhitiga mos tushadi. Aerozolterapiya guruhli va yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruhli tartibli o‘tkazilishda bir xil tashxisli bemorlar maxsus xonaga yig‘iladi va dori moddalari tumanga o‘xshash ravishda xonaga purlantiriladi. Yakka tartibdagi usulda aerozollar bemorning nafas olish yo‘llari orqali uzatiladi. Bemorlarning faol va chuqur nafas olishi aerozollarning chuqurroq kirishi va bir xil ravishda nafas yo‘llarida tarqalishi uchun imkon yaratadi. Muolajani o‘tkazish uchun quyidagi apparatlardan foydalaniladi :

-partotiv - IP-2, AI-1, PAI-1, PAI-2, Aerozol-P-1

-statsionar - Aerozol –U-1, Aerozol-K-1, UI-1

Ultra tovushli purlatkich TUR apparati, elektr zaryadlar olish uchun GEI-1 apparati, guruhli usulni o‘tkazish uchun GEK-1 apparati, shu bilan bir qatorda yakka tartibda foydalanish uchun IKM-M Snipxaller balonchigidan foydalanish mumkin.

Aerozolterapiya asosan nafas yo‘li kasalliklarida, gipertoniya kasalligida, kuyish holatlarida, trofik yaralarni davolashda keng qo‘llaniladi, lekin burun bo‘shlig‘idagi poliplarda, ozena (sassiq tumov) kasalligining III-IV darajasida qo‘llash mumkin emas.

Bemorlarni davolash aerozolterapiya bilan bir qatorda aeroiono- va gidroaeroionoterapiyadan ham keng foydalaniladi. Aeroionlar atmosfera havosidagi zarrachalar bo‘lib, o‘zida musbat va manfiy zaryadni saqlaydi. Tabiiy holatlarda aeroionlar quyosh radiatsiyasi, koinot nurlari va boshqa omillaridan hosil bo‘ladi. Davolash maqsadida asosan manfiy zaryadlangan aeroionlar qo‘llaniladi. Bu aeroionlar ta'sirida oksidlanish-tiklanish jarayonlari faollashadi, modda almashinuv jarayonlari kuchayadi, tashqi nafas olish yaxshilanadi, reparatsiya jarayonlari faollashadi, gipotenziv ta'sir qilish xususiyatiga ega. Davolash amaliyotida aeroionlar bilan bir qatorda gidroaeroionlar ham qo‘llaniladi. Gidroaeroionlar suvning parchalanishidan yoki purlatilishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy holatlarda gidroaeroionlar tog‘ daryolari oldida, sharshara atrofida, fantanlar oldida va suvning yuqoriga otilishidan hosil bo‘ladi. Sun'iy holatlarda gidroaeroionlar gidroaeroionizatorlar yordamida olinadi. Organizmga ta'siri aeroionlarnikiga o‘xshash. Bu davolash usullarini qo‘llash uchun quyidagi apparatlardan foydalaniladi :

-Serpuxov-1, AF-3, GAI-4, GAI-Ch-6 va h.z.

Ko‘rsatmalar : nafas olish organlarining kasalliklari, gipertoniya kasalligi, oshqozon va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, nevrozlar, stomatit, migren, astenonevratik sindromi va h.z.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish