Kelishildi



Download 0,7 Mb.
bet5/22
Sana18.02.2017
Hajmi0,7 Mb.
#2816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Galvanizatsiya

Davolash maqsadida doimiy tokning past kuchlanishli (80 voltgacha) va kichik kuchli tok (50 milliampergacha) qo‘llaniladi.

Ta'sir qilish mexanizmi

Galvanik toklar yoki hosil bo‘ladigan impulslar teridagi nerv retseptorlariga ta'sir qiladi, ya'ni markazga intiluchi yo‘llar orqali impulslar ko‘rinishida markaziy nerv sistemasiga ta'sir etib, u yerda og‘riqdan ustun bo‘ladigan dominant o‘choqni hosil qiladi. U yerdan impulslar orqa miya orqali o‘tib, pastga tushuvchi nervlar yordamida patologik o‘choqqa tushadi. Bunday ta'sir neyroreflektor ta'sir deb ataladi. Bundan tashqari gumoral ta'sir farqlanadi – har xil biologik aktiv moddalar ishlab chiqarib, gipotalamo-gipofizar sistemsiga ta'sir etadi.

Fiziologik ta'siri

-qon tomirlarini kengaytiruvchi;

-modda almashinuvini stimullovchi;

-og‘riqqa qarshi;

-yallig‘lanishga qarshi;

-regeneratsiyani kuchaytiruvchi;

-oziqlanishni yaxshilochi;

-ichki sekretsiya bezlarini stimullovchi;

-nerv-mushak apparatining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini oshiruvchi;

-yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilovchi.

Galvanizatsiyada quyidagi elektrodlar qo‘llaniladi : qo‘rg‘oshinli, qalinligi 0.1 – 0.3 mm; platinali (ko‘z va quloq uchun vannalarda qo‘llanila-di); ko‘mirli, asosan AGVK apparati uchun qo‘llaniladi (4 kamerali vanna).

Patologik o‘choq jarayonining katta-kichikligiga qarab elektrodlarni 2 xil qo‘yish mumkin, ya'ni bo‘ylama va ko‘ndalang. Bo‘ylama usulda ketma-ket joylashadi va to‘qima yuzasiga ta'sir qiladi. U asosan umurtqa pog‘onasi kasalliklarida, nerv jarohatlarida (chiqish va kirish yerlari), segmentar zonalarga ta'sir qilishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang usulda elektrodlar parallel joylashadi, ya'ni ikki elektrod oralig‘ida kasallangan organ joylashadi va asosan qalinlik bo‘yicha ta'sir etadi. U bo‘g‘im va ichki organ kasalliklarida qo‘llaniladi.

Galvanizatsiyaning quyidagi klassik usullari mavjuddir

1.Vermel usuli – umumiy galvanizatsiya qilinadi. 1-elektrod ko‘krak sohasiga, 2-si 2 tarmoqligi boldir ustiga.

2.Sherbak bo‘yicha yoqa usuli – 1-elektrod yoqa sohasiga, 2-si bel sohasiga.

3.Sherbak bo‘yicha ishton usuli – 1- 2 tarmoqli elektrod sonning oldingi sohasiga, 2-si bel sohasiga.

4.Bergone bo‘yicha yarim maska usuli – 1-elektrod jarohatlangan yuz sohasiga (3 oyoqli yuz nervi bo‘ylab - peshana, yuz va dahan) yoki pastki jag‘ (ko‘z va og‘iz bo‘sh qoladi), 2-si ko‘krak oralig‘iga yoki qarama-qarshi yelkaga.

5.Yuz va bo‘yin sohasini Kellat usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-elektrod yuz-bo‘yin sohasiga, 2-si qarama-qarshi yelkaga.

6.Ko‘z sohasini Burginon usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-2 tarmoqli elektrod ko‘z sohasiga, 2-si qarama-qarshi bo‘yin sohasiga.

7.Burunning shilliq qavatini Kassil usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1- 2 tarmoqli elektrod burun shilliq qavatiga, 2-bo‘yin sohasiga.

Odamning bosh qismiga 5 Ma, tana qismiga 50 Ma tok beriladi. Muolajalar prokladka yoki qistirmalar yordamida o‘tkaziladi. Prokladkalar paxtalik to‘qimalardan tayyorlanib, 10-12 qavatdan iborat bo‘ladi, shunda tok bir tekis tarqaladi. Muolajalardan oldin prokladkalar fiziologik suyuqligi yoki suv bilan namlanadi, chunki bu bilan quruq teri qarshiligi yengiladi va elektroliz mahsulotlarining kuydiruvchi ta'siri bartaraf etiladi.

Doimiy tokning organizmga qarshi to‘qimalarining biofizik xususiyatiga bog‘liq : -to‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligiga

-qutblanishiga

-diffuziyaga va h.z.

To‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligi organizmda suyuqlik miqdoriga bog‘liq. Suyuqlik muhitlariga kiradi : qon, limfa, siydik va boshqalar.

Qutblanish – ionlarning o‘tkazilishi uchun to‘siq hisoblangan ion va ionlashgan molekulalarni har xil zaryadli yarim o‘tkazuvchi membrananing ikki tomonda yig‘ilishidir.

Doimiy tok ta'sirida diffuziya va osmos jarayonlari hujayra membranasi o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi hisobiga kuchayadi.

Prokladkalarning shakli qo‘yilish joylariga qarab bo‘lishi mumkin :

-yoqasimon -aylanasimon -to‘rt burchakli

Prokladkalar namlanganidan so‘ng kerakli joyga qo‘yilib, ustiga elektrod qo‘yiladi, uning ustidan elastik bint yoki qumli yostiqchalar yordamida fiksatsiya qilinadi.

Ko‘rsatmalar

-gipertoniya kasalligining I-II darajasi -ko‘z kasalliklari

-teri kasalliklari -nerv kasalligi (nevrit,

-LOR kasalliklari nevroz, pleksit)

-umurtqa pog‘anasi kasalliklari (radikulit, osteoxondroz)

-oshqozon-ichak kasalliklari (oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit)

-gepatit, xoletsistit, pankreatit

-zotiljam, bronxit, bronxial astma

-erkak va ayol jinsiy organlari kasalliklari

Galvanizatsiya asosan o‘tkir osti va surunkali davrlarda qo‘llaniladi.

Qarshi ko‘rsatmalar

1.Umumiy : -bemorlarning umumiy og‘ir holati

-miokard infarkti

-qon kasalligi (leykoz, anemiya)

-homiladorlikning ikkinchi yarmi

-haroratli holat

-yuqumli kasalliklar

-silning faol shakli

-xavfli o‘sma, shish kasalligi

-kasallikning dekompensatsiya bosqichi

-o‘tkir yiringli jarayonlar

-qon ketishga moyillik

-tokni ko‘tara olmaslik

2.Mahalliy : -teri butunligining buzilishi

-ekzema va dermatitlarning bo‘lishi

-tanada metall buyumlarning bo‘lishi

Muolajalar 10-15-20 minutgacha davom etishi mumkin, har kuni yoki kun ora, 1 davolash kursiga 6-12-15 muolaja to‘g‘ri keladi.

Elektroforez

Bu usulni 1801 yilda italiyalik olim Rossi taklif etgan. Elektroforez deganda, organizmga doimiy tok va u bilan birga organizmga kiruvchi dori moddasining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorining birgalikda yoki bir vaqtdagi ta'siri tushuniladi. Elektroforez usuli yordamida organizmga dori moddalarini yuborish boshqa usullarga nisbatan afzalroq hisoblanadi, ya'ni :

1.Dori moddalari terining yuza qismiga uning butunligini buzmagan holda yuboriladi.

2.Dori moddalari oshqozon-ichak yo‘li shilliq pardalariga ta'sir qilmaydi.

3.Dori moddalari teri ostida “depo” hosil qilib, ta'sir kuchini uzaytiradi.

4.Patologik o‘choqlarda dori moddalarining ko‘p miqdorda yig‘ilishi mahalliy ta'sirni kuchaytiradi.

5.Dori moddalari organizmga ion holida yoki shaklida kiradi, bu esa uning farmakologik aktivligini oshiradi.

6.Bir vaqtning o‘zida organizmga har xil qutblardan ikki xil dori moddasining suyuqliklari yuborilishi mumkin.

7.Dori moddalari bilan zaharlanishda organizmdan dori moddalarini chiqarishda keng foydalanish mumkin.

Elektroforezda “qutblar qonuni” yoki “oltin” qonun mavjud. Musbat zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan organizmga yuboriladi, manfiy zaryadlangan dori moddasi manfiy elektrod ostidan organizmga yuboriladi. Bunga sabab shuki, bir xil zaryadlangan yoki bir xil zaryadlar bir-biridan qochadi, shunga asosan dori moddalari elektrodlardan qochib, teri orqali organizmga kiradi.

Agar qutblar qonuni buzilsa, ya'ni musbat zaryadli dori moddasi manfiy elektrod ostidan, manfiy zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan yuborilsa, u holda dori moddalari prokladkaning o‘zida qolib, organizmga kirmaydi.

Elektroforez usulida musbat elektrod, anoddan organizm to‘qimalariga metall ionlari va musbat zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : Ca, Magniy, Natriy, novokain. Vitamin B 12, lidaza xinin, dimedrol va boshqalar. Manfiy elektroddan, katoddan organizmga kislota radikallari va manfiy zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : xlor, brom, yod, penitsillin, geparin, kofein, gidrokartizon, nikotin kislotasi va boshqalar. Manfiy va musbat zaryadlangan dori moddalarining ro‘yxati alohida jadvallarda ko‘rsatilishi kerak va ular elektroforez muolajasini o‘tkazish xonasida bo‘lishi shart.Hozirgi vaqtda dori moddalarini tejash maqsadida filtr qog‘ozidan foydalaniladi, ya'ni dori moddasi bilan shimdirilgan filtr qog‘ozi namlanib, prokladka ostiga qo‘yiladi va muolaja o‘tkaziladi.

Ko‘rsatma va qarshi ko‘rstmalr xuddi galvanizatsiyaga o‘xshash.

Elektr uyqu

Elektr uyquda organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi. Organizmga ta'sir ko‘rsatish uchun bitta elektrod (katod) yumilgan ko‘zlarga, ikkinchisi (anod) so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga qo‘yiladi. Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. Elektr uyqu tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligini trenirovka qildiradi va asosiy jarayonlar orasidagi buzilgan o‘zaro aloqalarning tiklanishini yuzaga keltiradi, fiziologik uyquni yo‘lga qo‘yuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Elektr uyquni amalga oshirish uchun ko‘z-ensa sohasiga joylashtirilgan elektrodlardan foydalaniladi. Bunda tok bosh suyagining tabiiy teshigidan ichkariga kiradi. Uyqu uchun adekvat impuls chastotalari muolajaning boshidayoq tanlanib olinishi va uni keyingi muolajalarda ushlab turmoq zarur, uni faqat bemor tomonidan yomon qabul qilishda o‘zgartiriladi.

Past chastotali impuls toklari o‘rganib qolish xususiyatini yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun bir muolaja vaqtida tok kattaligini doimiy, keyingilaridan agar bemorlarda yomon hissiyotlar bo‘lmasa, uni oshirib borish kerak. Tok kuchi katta bo‘lganda bemorlarda chumoli yurish, kichik bo‘lganida mushaklarning yengil tortilish hissiyoti seziladi. Elektr uyquda quyidagi sub'ektiv sezgilar seziladi : kiprikda og‘irlik, yengil tebranish, yoqimli bosh aylanish, hayolning qochishi, mudrash holatidan asta-sekin uyquga o‘tish. Muolajalar qorong‘ilashtirilgan, shovqin kirmaydigan tinch xonada o‘tkaziladi. Elektr uyqu nevroz, gipertoniya, endigina boshlanib kelayotgan miya tomirlarining sklerozida, ekzema, oshqozon yara kasalligi va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. Elektr uyqu muolajasini o‘tkazishda “Elektroson - 4”, “Elektroson - 3” apparatlaridan keng foydalaniladi. Muolaja 10-30 minutdan 2-4 soatgacha o‘tkaziladi, har kuni yoki kun ora.

Diadinamik toklar

Diadinamoterapiyada 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi.

Bir taktli tok ta'sirida mushakning keskin qisqarishi kuzatiladi, natijada tok qo‘zg‘atuvchi ta'sirini uyg‘otadi.

Ikki taktli tok ta'sirida terining elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati oshiriladi, sezuvchanlik kengligini ko‘paytiradi, tormozlash, og‘riq qoldirish effektini yuzaga keltiradi.

Bir va ikki taktli impuls toklarining bir xil uzluksiz qaytarilishi organizmning unga o‘rganishiga, asab-mushak apparatining charchashiga olib keladi. Shuning uchun maxsus apparatlar yordamida diadinamik toklarning qisqa va uzun davrli modulyatsiyalari ishlab chiqiladi va undan foydalaniladi. Qisqa davrli tok ta'sirida qon aylanish tezlashadi, qon tomirlari kengayadi, qon oqimi tezlashadi, ta'sir joyidagi harorat ko‘tariladi, modda almashinuvi faollashadi. Uzun davrli tok ta'sirida qisqargan mushaklarning qo‘zg‘aluvchanlik effekti kamayadi, tormozlanish, og‘riq qoldirish xususiyati ortadi. Bundan tashqari uzuq-uzuq ritmli toklar (Sinkop ritmi), bir taktli to‘lqinsimon va ikki taktli to‘lqinsimon toklar qo‘llaniladi. Tokning mana shu turlari o‘ziga xarakterli bo‘lgan fiziologik ta'sir ko‘satadi va ular muayyan tartib bilan qo‘llaniladi. Masalan : ikki taktli uzluksiz tok avval sezuvchi sohaga, keyin esa harakatlantiruvchi sohaga tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Bir taktli uzluksiz tok ikki taktli tokdan keyingina qo‘llaniladi, u qo‘zg‘atuvchi va ancha vaqtdan keyingina susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Impulsli toklar ta'sirida patologik o‘choq sohasida vegetativ bog‘lamlarning qo‘zg‘alish hisobiga qon aylanish, ionlar konsentratsiyasi va membranalarning o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, gistamin va boshqa kimyoviy aktiv moddalar ajraladi, to‘qimalarning himoya xususiyati oshadi, funksiya normallashadi. Diadinamik toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi. Masalan : mushaklar lat yeganda, bog‘lamlarning cho‘zilishida, periartritlarda, og‘riq sindromi bilan birga davom etadigan periferik nerv sistemasi kasalliklarida va boshqa kasalliklarda, jarohatlarda keng foydalaniladi.

Sinusoidal modullangan toklar (amplipulsterapiya)

V.G.Yasnogorodskiy tomonidan taklif etilgan. Tovushli chastotasiga ega bo‘lgan (5000 Gs) modullangan sinusoidal toklar bilan ta'sir ko‘rsatiladi, u teri orqali yaxshi o‘tadi va chuqur joylashgan to‘qimalarga ta'sir ko‘rsatadi. Bu xilda tok kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta'sir etganligi uchun uning 10-150 Gs atrofidagi past chastotali, ya'ni mushaklar biotoklarining chastotasiga yaqin keladigan chastotali modulyasiyasidan keng foydalaniladi. Shu toklarga organizm tez o‘rganib qolmasligi uchun modulyatsiya chastotasi o‘zgartirilib turiladi, ularning qo‘zg‘atuvchi ta'sirini kuchaytirish va chuqurroq kirib borishi uchun esa modulyatsiya chuqurligi, ya'ni shu tebranishlar amplitudasi o‘zgartirilib boriladi.

Modullangan sinusoidal toklarining quyidagi turlari tafovut qilinadi :

1.”O‘zgarmas modulyatsiya” toki – 1-turdagi chastotasi modullangan 10-150 Gs tok.

2.Modullanmagan dastlabki tok, chastotasi 5000 Gs li tok.

3.”Yuboriladigan tok-pauzalar” toki – 2-turdagi chastotasi 10 Gsdan 150 Gs gacha boruvchi modullangan tebranishlar yuborishning pauzalar bilan almashinib borishi.

4.”Modullangan va modullanmagan tebranishlarni yuborish” toki – chastotasi 10 Gsdan 150 Gsgacha boradigan bir qancha impulslar ko‘rinishidagi modullangan tebranishlar yuborishni modullanmagan “ish chastotasi”, ya'ni 5000 Gsli tokni yuborish bilan navbatma-navbat berish.

5.”O‘zgarib turadigan chastotalar” toki – ikkita modullangan chastotalarning o‘zgarmas 150 Gs chastota va 10 Gsdan 150 Gsgacha atrofida o‘zgarib turadigan chastota bilan navbatma-navbat berish.

Modulyatsiya chuqurligi – modullangan tebranishlar amplitudasini dastlabki tok amplitudasiga qaraganda 0 dan 100% gacha boradigan doirada oshirish yoki kamaytirish. Tok davomiyligini 1 sekunddan 5 sekundgacha o‘zgartirib turish mumkin. Barcha turdagi toklarni odatdagi yoki to‘g‘rilangan rejimida qo‘llash mumkin. Ishlatiladigan toklardan har birining o‘z fiziologik ta'sir xususiyatlari va ishlatiladigan o‘rni bor. Masalan : “o‘zgarmas modulyatsiya” toki, “yuboriladigan tok - pauzalar” toki asab-mushak to‘qimalarigagina emas, balki chuqur joylashgan to‘qimalarga ham qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatadilar va ulardan elektrostimulyatsiya uchun foydalaniladi. “O‘zgarib turadigan chastotalar” toki, “modullangan va modullanmagan tebranishlarni yuborish” toklar sust ta'sir ko‘rsatib, to‘qimalarni qo‘zg‘atadi va u kuchli og‘riq vaqtida qo‘llaniladi. Modullangan sinusoidal toklar og‘riqni qoldirib, periferik qon aylanishini hamda asab-mushak apparatining funksional holatini yaxshilashga olib keladi. Sinusoidal modullangan toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi : tayanch-harakat apparati jarohatlarida, qo‘l-oyoq, umurtqa pog‘anasi, bo‘g‘imlarning distrofik kasalliklari, mushak parezlari, falajlar va boshqa kasalliklar.

Nazariy qismni baholash mezoni.

Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

A'lo

yaxshi

O’rta

qoniqarsiz

yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam



14.2. Tahliliy qism

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

Grafikli organayzerlar - fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.

Klaster tuzilmasi

(klaster-tutam,bog‘lam) axborot xaritasini tuzish yo‘li barchatuzilmaning markazlashtirish aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.



Klasterni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushuntiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi

Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajiratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom etrishlari mumkin.

Kim ko‘proq, kim tezroq”

Bu metodning xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchi butun guruh bilan ish olib boradi. Metod talaba nutqini rivojlantiradi, chunki o‘z fikrini himoya qilishga, javoblarni tahlil qilishga o‘rgatadi.

Ishni olib borish:

Barcha talabalarga savollar to‘plami beriladi, bir minut davomida istagan talaba javob beradi. O‘qituvchi nechta to‘g‘ri javob berilganini sanab boradi. “ Eng zaif halqa” ya'ni talaba aniqlanadi. Savollar va topshiriqlar har qanday fanga moslashgan bo‘ladi.

Savollar:


  1. Elektr uyqu va galvanizatsiya nima?

  2. Galvanizatsiya ta'sirida fizik va ximik o‘zgarishlar qanday sodir bo‘ladi?

  3. Elektroforez afzalligini sanab o‘ting.

  4. Galvanizatsiyani klassik usulllarin sanab o‘ting.

  5. DDT ni modulyasiyalarini sanab o‘ting.

  6. DDT ni o‘tkazish uchun apparatlarni sanab o‘ting.

  7. SMT fiziologik ta'siri qanday bo‘ladi?

  8. Amplipulsterapiya ko‘rsatmalar qanday?


Tahliliy qism baholash mezoni:(organayzer):

Maksimal ball 15

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6ball

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam



Vaziyatli masala:

1. Bemor o‘n ikki bormoq ichak yara kasalligi tashxisi bilan davolanmoqda. Unda 2 yil oldin Bilrot bo‘yicha oshqozoni rezeksiya qilingan. Hozirgi kundagi shikoyatlari : vaqti-vaqti bilan epigastral sohada og‘riq, uyqusining yomon, asabiylashishga. Laborator analizlarida EChT – 17 mm/soat; leykotsitoz. Tana harorati 36,9 o S. Bemorga qaysi elektr bilan davolash muolajasini tavsiya etish mumkin? Agar elektroforez qo‘llanilsa dori moddasi qaysi elektroddan organizmga yuboriladi?



Javob : bemorga elektr bilan davolashning galvanizatsiya, elektroforez, elektrouyqu va umumiy franklinizatsiya muolajalarini tavsiya etish mumkin. Bemorga elektroforez muolajasi buyurilganda dori moddasi bir xil zaryadli elektrod ostidan organizmga yuboriladi.

2.Bemor terapiya bo‘limida gipertoniya kasalligi bilan davolanmoqda. U qon bosimining ko‘tarilishiga (150/80 mm simob ustuni), yuragining tez urishiga, bosh og‘rig‘iga, holsizlanishga shikoyat qilmoqda. Bemorga qaysi fizioterapevtik muolaja tavsiya etish mumkin? Qaysi usullar yordamida?



Javob : bemorga tinchlantirish, qon bosimini tushurish maqsadida elektroforez muolajasini Sherbak bo‘yicha yoqa usulida, elektr uyqu muolajasini ko‘z-ensa usulida, darsonvalizatsiya muolajasini labil usulda bosh-yoqa sohasida qo‘llanilishi mumkin.
Vaziyatli masala testlar baholash mezoni


Maksimal ball 15

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6ball

15-14-a'lo

14-12-yaxshi

11-7-o’rta

6-4-qoniqarsiz

3 va undan kam yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


14.3. Amaliy qism
Fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish metodikasi.

Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan galvanizatsiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :




Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

8

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Fiziologik eritma bilan namlangan prokladkani olish

0

10

4

Bemorni yotqizish yoki o‘tqazish

0

8

5

Tavsiya etilgan usul bo‘yicha prokladkani va elektrodni joylashtirib, fiksatsiyalash

0

10

6

Apparatni yoqish

0

10

7

Bemorning sezuvchanligini inobatga olib, regulyator yordamida tok kuchi dozasini aniqlash

0

10

8

10-15-20 minutga qoldirish

0

10

9

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

8

10

Elektrod va prokladkalarni olib tashlash

0

8

11

Bemorni xonadan chiqarib yuborish

0

8




Jami :

0

100

Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan elektroforez muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :




Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

8

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Fiziologik eritma va dori moddasi bilan namlangan prokladkani olish

0

10

4

Bemorni yotqizish yoki o‘tqazish

0

8

5

Tavsiya etilgan usul bo‘yicha prokladkani va elektrodni joylashtirib, fiksatsiyalash

0

10

6

Apparatni yoqish

0

10

7

Bemorning sezuvchanligini inobatga olib, regulyator yordamida tok kuchi dozasini aniqlash

0

10

8

10-15-20 minutga qoldirish

0

10

9

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

8

10

Elektrod va prokladkalarni olib tashlash

0

8

11

Bemorni xonadan chiqarib yuborish

0

8




Jami :

0

100

Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan elektr uyqu muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :




Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

8

3

Bemorni yotqizish

0

8

4

Namlangan tamponlarni elektrodga qo‘yish

0

10

5

Aktiv elektrodni ko‘zlar sohasiga, passiv elektrodni esa so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga o‘rnatish

0

10

6

Buyurilgan chastotali tugmachani bosish

0

10

7

Tok kuchi regulyatori yordamida, bemor sezuvchanligini hisobga olgan holda, bemor ko‘z sohasida turtkilar va so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasida achishish sezgandan keyin ko‘rsatkichni to‘xtatish

0

10

8

Bemorni 20-30 minutga qoldirish

0

10

9

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

8

10

Elektrodlarni olish

0

8

11

Bemor darhol turmasdan dam olishini ta'minlash

0

8

12

Bemorga javob berish

0

5




Jami :

0

100

Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan amplipulsterapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :




Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Apparatni ishga tayyorlash:

a) ish tartibini o‘rnatish;

b) ish turini o‘rnatish;

v) modulyatsiya chuqurligini o‘rnatish;

g) chastotani o‘rnatish


0

15

4

Mo‘ljallangan namlangan taglikni olish

0

10

5

Bemorni yotqizish

0

5

6

Buyurilgan usul bo‘yicha taglikni qo‘yish, ustidan elektrod, klyonka bilan yopish va o‘rash

0

10

7

Regulyator yordamida bemor sezuvchanligini hisobga olgan holda apparatni yoqish

0

10

8

Retseptda ko‘rsatilgan ish turida 5 minut qo‘yish

0

10

9

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

10

10

Retseptda ko‘rsatilgan 2-ish turini o‘rnatish

0

5

11

5 minutdan so‘ng apparatni o‘chirish

0

5

12

Bemorga javob berish

0

5




Jami :

0

100

Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan diadinamoterapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :




Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

5

3

Mo‘ljallangan – fiziologik eritmada namlangan taglikni olish

0

10

4

Bemorni yotqizish

0

5

5

Buyurilgan usul bo‘yicha prokladkalarni qo‘yish, ustidan elektrodni qo‘yib, klyonka bilan yopish va fiksatsiyalash

0

10

6

Apparatni yoqish

0

10

7

Regulyator yordamida bemor sezuvchanli-gini hisobga olgan holda tok kuchi dozasini aniqlash

0

10

8

Buyurilgan vaqt – 3 minutga qoldirish

0

10

9

3 minutdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

5

10

Tokni boshqa turga almashtirish

0

15

11

Vaqtni belgilab. 3 minutdan so‘ng regulyator ko‘rsatkichini «0» ga o‘rnatib, tokni o‘chirish

0

5

12

Apparatni o‘chirish




5

13

Bemorga javob berish

0

5




Jami :

0

100


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish