Kelishildi


Yakuniy nazorat mezonlari



Download 0,7 Mb.
bet4/22
Sana18.02.2017
Hajmi0,7 Mb.
#2816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Yakuniy nazorat mezonlari




O‘zlash-tirish %

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100

A'lo «5»


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.

2.

91-95


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘rilangan hollari kuzatildi.

3.

86-90

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.

4.

81-85

Yaxshi «4»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.

5.

76-80

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.

6.

71-75


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘rilangan hollari kuzatildi.

7.

66-70


Qoniqarli «3»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.

8.

61-65


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.

9.

55-60


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

10

54 -30

Qoni-qarsiz «2»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

11

30 va undan kam


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.


Fizioterapiya fani bo‘yicha o‘zlashtiradigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati :

1.Galvanizatsiya muolajasini o‘tkazish.

2.Elektroforez muolajasini o‘tkazish.

3.UVCh-terapiya muolajasini o‘tkazish.

4.Diadinamoterapiya muolajasini o‘tkazish.

5.Darsonvalizatsiya muolajasini o‘tkazish.

6.Magnitoterapiya muolajasini o‘tkazish.

7.Ultratovushterapiya muolajasini o‘tkazish.

8.Yorug‘lik bilan davolash (IQN - Solyuks lampasi) muolajasini o‘tkazish.

9.Parafin-ozokerit applikatsiya muolajasini o‘tkazish.

10.Biodozani aniqlash (UBN).

Amaliy ko‘nikmalar baholash mezonlari

Joriy nazoratining 40% ni amaliy qism tashkil qiladi.

Maksimal 20 ballga teng.

Fizioterapiya fanidan joriy nazorati bo‘yicha o‘zlashtiriladigan har bir amaliy ko‘nikmalar bosqichda amalga oshiriladi va maksimal 100 ball bilan baholanadi.

Amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam bajarilishida xatolar qilinganda, bajarilmagan qadam hisobidan maksimal ajratilgan ballar olib tashlanadi. Oxirgi qo‘shilgan ballar summasidan quyidagi koeffitsent bilan hisoblanadi, 20 * x/100 koeffitsentga o‘tkaziladi.

Masalan: talaba 80 ball olsa amaliy ko‘nikmani joriy baholashdagi balli 16 ga teng bo‘ladi. 16 ball yoki joriy baholashni 38% tashkil etadi.




Joriy baholash

Nazariy qism 25%

12.5 minimal ball



Analitik qism 30%

15.0 minimal ball



Amaliy qism– 40%

20 minimal ball



TMI – 5%

2.5 minimal ball.




Tekshirish tadbirlari

O‘quv mashg‘ulotini o‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi.

1.Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi tekshirilib boriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi :

-savollarga og‘zaki javob berishi;

-vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish;

-amaliy ko‘nikmalarni bajarish;

-yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash;

-mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash.

Talabalarning mustaqil ishlari (TMI) – talabalar tomonidan mustaqil tayyorlangan ishlari (referat, slayda, krasvord, tarqatma material, vaziyatli masala, barner) amaliy mashg‘ulotlarda eshitilib, taxlil qilinadi va reyting nazorati tizimi asosida ballarda baholanadi.Har bir bajarilgan ish reyting nazorati tizimiga asosan ballarda baholanadi.

Talabaning mustaqil ishi O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va TTA rektori 2009 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi.

2.Yakuniy baholash (YaB) – amaliy mashg‘ulotlar tugagach, quyidagicha olib boriladi:.

-YaB ga joriy bahoning maksimal reyting balining 55 va undan yuqori ball olgan talabalar qo‘yiladi;

-yakuniy baholash OSKI shaklida og‘zaki yoki yozma test shaklida olinadi;

-reyting nazorat tizimi asosan ballarda baholanadi.

Fan bo‘yicha umumiy reyting balli JB va YaB ballarini qo‘shib olinadi. Olingan ballar qaydnoma va talabalarning reyting kitobchasiga qo‘yiladi.

Fan bo‘yicha umumiy reyting balli quyidagicha baholanadi :

86,0 – 100,0 ball - a'lo

71,0 – 85,9 ball - yaxshi

55,0 – 70,9 ball - qoniqarli

54,9 va undan past - qoniqarsiz


Talabalar bilimining nazorati

  1. Og‘zaki so‘roq qilish

  1. Vaziyatli masalalarni yechish.

  2. Biletlar bo‘yicha og‘zaqi javob berish.

  3. Amaliy ko‘nikmalarni bajarish.

  4. Interaktiv usullari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish va baholash.

O‘quv texnologiyalaridan foydalnish

  1. O‘rgatuvchi-nazorat etuvchi kompyuter dasturi.

  1. Slaydlar, krossvordlar.

  2. Multimedia amaliy mashg‘ulotlari.

  3. Video–kinofilmlar.

  4. Turli fizioterapevtik apparatlar.

7.Adabiyotlar:

Asosiy (A):

1.Bogolyubov V.A. «Obshaya fizioterapiya» M. 2001.

2.Ulashik V.S. « Fizioterapiya» M. 2003.

3.Bogolyubov V.A. « Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001.

4.Yo’ldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994.

5.«Spravochnik po fizioterapii» pod. Red. Obrosova A.N.

6.Pasinkov ye.I. «Fizioterapiya» Darslik 1995. (na uzb. yazike)
Qo‘shimcha (Q)

1.Sarfis P.G., Kiselev V.B. «Lechebnie gryazi i drugie prirodnie teplonositeli» 1990g.

2.Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol. 1990g

3.Biryukov A.A. «Massaj-sputnik zdorovya» kniga dlya uchashixsya 1992g.

4.Korxin M.A. Rabinovich I.M. LFK v domashnix usloviyax. L. Len. Izdat. 1990g.

5.Oranskiy I.ye., Ilxamdjanova R.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». g

6.«Spravochnik po fizioterapii» pod. Red. V.G. Yasnogorodskaya. M. Meditsina 1992g.

7.Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu» S. Peterburg, 1992g

8.Ulashik V.S. «Domashnyaya fizioterapiya» Minsk. Belorus. 1993g

9.Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» izd-vo Ibn-Sino, 1993g

10.Larskiy E.G. «Sovremennie metodi elektroforeza» Obzor lit. 1990g.

11.Soloveva T.R. «Magnitoterapevticheskaya apparatura». M. Meditsina, 1991g.

12.Yo’ldashev K.Yu. «Nemedikamentoznie metodi lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.

13.Yuldashev K.Yu. «Preformirovannie i yestestvennie fizicheskie faktori v profilaktike i meditsinskoy reabilitatsii». T. – 1991g.


Chet el adabiyoti:

  1. Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000

  2. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  3. Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988

  4. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  5. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

  6. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  7. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  8. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  9. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  10. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.

Internet istochniki:

www.doktor.ru,

www.medinfo.home.ml.org

www.pubmed.com, www.sportmed,ru

http://www.guideline.gov/index.asp

http://www.klinrek.ru/cgibin/mbook,

http://www.rusmedserv.com



http://www.eurasiahealth.org,

http://www.medscape.com,

http://www.pubmedcentral.nih.gov



www.alhealth.com, www.docguide.com, www.healthweb.com,www.acsm.org,

www.apta.org,www.sportsmed.org ,www.jphysiol.org

www.physsportmed.com, www.sportsmedicine.com

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil

Kafedra: Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi
Fan: Fizioterapiya


Galvanizatsiya. Elektroforez. Elektrouyqu. Diadinamik toklar (Bernar toklari). Sinusoidal modullashgan toklar (Amplipulsterapiya). Elektrodiagnostika. Elektrostimulyasiya.
Mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot
TA'LIM TEXNOLOGIYASI

2014 yil.

Tuzuvchilar:

Assistant: Sharipov U.A.

dotsent: Adilov Sh.K.

Ta'lim texnologiyasi kafedra majlisida tasdiqlangan

№______ dan __________2013 yil.



Retsenzentlar:







__________

(imzo)







__________

(imzo)

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi terapevtik seksiyasida 2013 yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.


Rais: Professor,t.f.d. Karimov M.Sh.


1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi TTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi. Maxsus jihozlangan FT xonalari, fizioterapevtik apparatlar : Potok-1, Amplipuls-2, Stimul, SNIM-1, Elektroson-2, tematik bemorlar va kasallik tarixi, jadvallar, videofilmlar, ko‘rgazma materiallari.




2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 5 soat.(225min)

Talabalar soni 8-9

3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:

Talabalarni doimiy va impulsli toklar ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish,elektrouyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;

4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:

(mashg‘ulot rejasi)

Kirish

Asosiy qism

Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


5.O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :

- turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

- davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olishni o‘rgatish;

-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan tanishtirish

-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofi-laktik muolajalarni qo‘llashni o‘rgatish;



6. O‘quv faoliyatini natijalari:

- doimiy va impulsli tok muolajalar ta'sir mexanizimini,ular uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, muolajalarda qo‘llaniladigan apparatlarni aytib beradilar;

- muolajalarga ko‘rsatmalarni belgilashadi;

- FT xonasini jihozlashni bilishadi;

-fizioterapevtik muolaja usullarini mustaqil bajarishadi;

-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishadi;

- bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rganishadi;

- elektrouyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirishadi;

- kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rganishadi;


7. Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakillari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari:

Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.

10. Ta'lim shart sharoitlari:

Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya,TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

11.Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.

12. Motivatsiya

Fizioterpiya - fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini,turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida tulaqon kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatadi.

Hozirgi kunda turli kasalliklarni davolash va oldini olish jarayonlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Turli patologik holatlarida o‘z vaqtida reabilitatsion dasturlarni tanlash va tavsiya etish vrachning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.

Amaliy tibbiyotda fizik omillar keng qo‘llanilishi, sohada o‘tkaziladigan ilmiy ishlarga, yangi davolash usullarining yaratilishiga va davolash maqsadlarida dori-darmonsiz davolash uslublarini qo‘llash talablariga bog‘liqdir. Fizik omillarning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini o‘rganish, ba'zi muolajalarning texnikasini va qo‘llanilish uslubini, apparatlarning tuzilishini, toklarning qo‘llanilishiga umumiy ko‘rsatmalarni va bunga yo‘l qo‘ymaydigan mon’eliklarni o‘rganish, davolashning ta'sirini kuchlantirishga imkoniyat beradi.



13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



14. Mashg’ulot mazmuni

14.1. Nazariy kismi

Fizioterapiya tabiatning bir tarmog‘i bo‘lib, tabiiy va odam hosil qiladigan fizik omillarining fiziologik va davolash ta'sirlarini o‘rgatadi, ularning kasallikni oldini olish va davolash uchun yangi usullarni, shuningdek davolab-tiklash usullarini ham ishlab chiqaradi, shu bilan bir qatorda ularni hayotga tadbiq etadi. Fizik omillarga quyidagilar kiradi : suv, quyosh, havo, balchiq, elektr toki, ozokerit va boshqalar.

Fizioterapiya 2 qismga bo‘linadi :

Umumiy fizioterapiya – organizmning normal va patologik holatlarida ta'sir etuvchi fizik omillarning xususiyatlarini va ta'sir mexanizmini o‘rganadi.

Xususiy fizioterapiya – o‘rganilgan fizik omillarni davolash va kasallikni oldini olish maqsadida qo‘llanilishini o‘rganadi.

Fizik omillarning xarakteristikasi

1.Toksigenligi yoki zaharli xususiyati yo‘q.

2.Og‘riqlik sezgirligini chaqirmaydi.

3.Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lantirishga, spazmga qarshi, tonusni oshiruvchi va bakteriotsid ta'sir qilish xususiyatiga ega.

4.Organizm reaktivligiga ta'sir qilish, shu bilan birga tabiiy va maxsus immunitetni oshirish xususiyatiga ega.

5.Organizmda har xil biologik aktiv moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan : vitamin D, gistamin, atsetilxolin, serotonin va boshqalar.

Fizik omillar yordamida patologik jarayonlarning kechishiga ta'sir qilish va ularni maqsadga muvofiq o‘zgartirish mumkin.

Fizioterapiya – bu patogenetik va simptomatik davolashdir, ya'ni fizik omillar kasallik patogeneziga yoki rivojlanish mexanizmiga ta'sir qilib, ularning belgilarini, ya'ni simptomlarini yo‘qotishga egadir.

Bundan tashqari fizioterapevtik muolajalar bilan kasallikni oldini olish – fizioprofilaktika ham alohida o‘rin tutadi.

Fizioprofilaktika 2 qismdan iborat.

Birinchi qismi – kasallikni oldini olish;

Ikkinchi qismi – kasallikning asoratini oldni olish.

Fizioterapevtik muolajalar organizmga teri va shilliq qavatda joylashgan nerv tolalari orqali ta'sir qilib, kerakli organlarni qo‘zg‘atadi. Bu turli muolajalarda turlicha bo‘ladi - ba'zida tez, ba'zida sekin namoyon bo‘ladi.

Avval fizik omillar energiyasining organizmga yutilishi sodir bo‘ladi. Bu fazada sodir bo‘ladigan hamma jarayonlar fizika qonuniga bo‘ysunadi. Bunda fizik omillarning tanaga ta'sir qilish chuqurligi, to‘qima turi, qaysi to‘qimalarda energiya qay tarzda yutiladi, issiqlikning paydo bo‘lishi, ionzatsiya xodisasi, molekula hosil bo‘lishi va h.k. Masalan - nurlanish vaqtida nurlar epidermisga bir necha mikron chuqurligiga kirib boradi va o‘z yo‘lida suv molekulalarini kuchli ionlanishini hosil qiladi, buning natijasida to‘qimalarda issiqlik paydo bo‘ladi. Past chastotali impuls toklari harakatlanuvchi nervlarda 0,5-2 sm chuqurlikda ionlarni doimiy darajasini o‘zgartiradi, buning asosida harakatlantiruvchi qo‘zg‘atish yordamida mushaklarning qisilishi kuzatiladi.

Fizik omillar energiyasining yutilishi, hosil bo‘lgan issiqlikning ta'siri natijasida organizmda biologik aktiv moddalar paydo bo‘ladi. Bunda qon tomirlarining kengayishi, qon aylanishining kuchayishi sodir bo‘ladi, buning natijasida yurak urishi tezlashadi, ba'zida bemorlarda qizish holatlari kuzatiladi. Bu organizmning umumiy reaksiyasidir.

Fizik omillarning kam intensivlik bilan ta'sir qilishida katta bo‘lmagan sohada qizarish, qichishish, mahalliy haroratning oshishi kuzatiladi. Bu organizmning mahalliy reaksiyasidir.

Fizik omillarning energiyasi yutilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik ta'sirida yoki kuchli issiqlik energiyasi ta'sirida segmentar ta'sir vujudga keladi. Agarda ularning ta'siri kam bo‘lsa, unda termoregulyatsiya sistemasi ishga tushib, mushaklar tonusini va oksidlanish –qaytarilishi reaksiyasining bosqichini o‘zgartiradi.

Fizik omillar maxsus va nomaxsus ta'sir ko‘rsatadi. Bir necha fizik omillar ta'sirida qon aylanishi tezlashib, modda almashinuvi kuchayadi – bu nomaxsus ta'sirdir, ya'ni bir necha omillar uchun umumiy bo‘lgan ta'sirdir.

Shu bilan birga har bir fizik omillarning o‘ziga xos maxsus ta'siri ham bo‘ladi, ya'ni faqat bitta fizik omil uchun tegishli bo‘lgan ta'siri.

Masalan : faqat impuls toklari bilan mushaklarni qo‘zg‘atish mumkin; UFO nurlari bilan ta'sir etganda «D» vitaminini hosil bo‘lishi; vannalarning kimyoviy tarkibiga qarab o‘ziga xos maxsus ta'siri bo‘ladi.

Fizioterapiyada muolajalar ikki xil turga bo‘linadi. Biri – asosiy muolajalar, ikkinchisi qo‘shimcha muolajalardir. Har bir fizioterapevtik muolaja asosiy yoki qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Asosiy muolajalar - bunda ta'sir ichki organlarda kasallikni qaytarishga qaratilgandir. Masalan : DMV buyrak usti beziga ta'siri natijasida gormonlarni stimulyatsiyalaydi; elektrouyqu qondagi qand miqdorini kamaytiradi.

Fizioterapevtik muolajalar kasallikning patogeneziga qarab, kasallikning kelib chiqish mexanizmiga ta'sirini hisobga olib belgilashimiz kerak.

Fizioterapevtik muolajalar organizmning umumiy holatiga, patologik jarayon spetsifikasiga, uning klinik holatlariga, bosqichiga, yo‘ldosh kasalliklarga qarab tavsiya etiladi. Fizik omillarning dozasini belgilayotganimizda bemorning shu vaqtdagi boshlang‘ich holatiga va patologik jarayonning belgilariga, organizmning sezuvchanligiga e'tibor berishimiz lozim.

Shuni doim esda tutishimiz kerak-ki, fizioterapevtik muolajalarni asosan kichik intensivlikda berish maqsadga muvofiqdir. Muolajalarni kichik dozada berish hujayra funksiyasini qo‘zg‘atadi, katta dozalar bosadi.

Fizioterapevtik muolajalarga organizmning javob berishi asosida, muolajalarning berilishini tartibga solishimiz yoki ularni belgilashda ko‘rsatmalarni tartibga solishimiz mumkin.

Fizioterapevtik muolajalar, jumladan elektr bilan davolash turlari xilma xildir va ular organizmga har xil ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri turli tarmoqlaridagi (regionar, periferik, markaziy) qon aylanishini yaxshilaydi, to‘qima trofikasini, modda almashinuvini, yaxshilaydi, neyro – gumoral ta'sir etadi, buzilgan immun jarayonlarni tiklaydi. Ko‘p fizik omillar sedativ va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish