Aholi sonini bashoratlash usullari. Demografik prognoz, deganda ma’lum hudud, davlat aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslagan holda oldindan aniqlash tu shuniladi



Download 14,03 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi14,03 Kb.
#524212
Bog'liq
Document (5)


Aholi sonini bashoratlash usullari. Demografik prognoz, deganda ma’lum hudud, davlat aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslagan holda oldindan aniqlash tu shuniladi. Har qanday ijtimoiy – iqtisodiy prognozlar, demografik prognoz zaminida tuziladi. Aholiga xizmat qiluvchi barcha asos iqtisodiy sohalarni rivojlantirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo’yicha prognozi muhim ahamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalari, maktablar, oliy va maxsus o’quv yurtlarini qurilishini rejalashtirish uchun, kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga etishi, qancha bola maktabni tugatib oliy va maxsus o’quv yurtlariga borishi haqidagi ma’lumotlar zarurdir.
Aholini yosh – jinsiy tarkibi haqidagi prognoz tibbiy xizmat ko’rsatish tizimining rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo’yicha tuzilgan prognoz asosida, bolalar va ayollar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xizmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi.
Kelajakda yangi ish o’rinlarini tayyorlash halq xo’jalik sohalarini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mehnat yoshidagi aholi haqidagi prognoz ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Umuman iqtisodiyot va aholini ijtimoiy hayoti barcha qirralarining istiqbolini rejalashtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste’molchilari hamda yaratuvchilari bo’lmish aholi guruhlari haqidagi demografik prognoz zarurdir. Aks holda kelajak uchun rejalashtirilgan har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi.
Demografik prognoz, demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Demografik prognoz – prognoz etilayotgan davrga qarab qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’ladi.

Qisqa muddatli demografik prognoz – 5 yilga mo’ljallangan bo’lib, turli xo’jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko’proq qo’llaniladi. Qisqa muddatli prognoz aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo’ladi. Chunki 5 yil davomida aholini o’limi va tug’ilish jarayonida ham keskin o’zgarish ro’y bermaydi. Mehnat resurslari, farzand ko’rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari haqida ma’lumotlar aniq bo’ladi. Asosan tug’iladigan bolalar soni maxsus hisob-kitoblar uslublar orqali hisoblanadi.

O’rta muddatli demografik prognozlar – 30 yilgacha bo’lgan davr uchun hisoblanadi. Ushbu prognozda aholini tug’ilishi va o’lim jarayonlarida aholi migratsiyasi sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar ilmiy asosda o’rganiladi va prognoz tuzishda hisobga olinadi.

Uzoq muddatli demografik prognozlar – 30-60 va undan uzoq yilga mo’ljallanadi. Bunday prognozlar aholi tug’ilishi va o’limining kelajakdagi o’zgarishlari haqidagi gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik prognozda aholi migratsiyasini hisobga olish bir muncha murakkab bo’ladi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan birqatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy jarayonlar bilan ham bog’liqdir. shu tufayli uzoq, muddatli demografik prognozlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. Demografik prognoz asosida sayyoramiz aholisining kelajakda kutilayotgan soni haqida ma’lumotlar ishlab chiqilgan.


Aholini prognozlash quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

matematik funksiyalardan foydalanish;


aholi takror barpo bo’lishining demografik modeli bo’yicha;


tadrijiy o’zgarishga statistik ta’rif;


yosh siljitish usuli.


Demografik prognoz metodlari bu ma’lum bir davr orasida qilinayotgan prognozda qo’llaniladigan barcha usullar (uslublar) majmuidir.


Aholi prognozi uchun demografik siyosatning hozirgi vaziyatini va kelajakdagi holatini taxminiy bo’lsada hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Download 14,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish