1- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Microsoft Access dasturida SQL so’rovlari bilan ishlash
Laboratoriya ishning maqsadi:
Ushbu laboratoriya ishida har bir talaba Microsoft Access dasturida SQL ning SELECT, FROM, ORDER BY, WHERE buyruqlariga doir amallar bajarishadi:
NAZARIY MUQADDIMA
Ma'lumotlar bazasidan foydalanadigan zamonaviy tizimlarning asosini ma'lumotlar relyatsion modeli tashkil etadi. Ushbu modelda predmet soha xaqidagi axborotlarni ifodalovchi ma'lumotlar munosabatlar deb nomlangan ikki o'lchovli jadvallar ko‘rinishidada tashkillashtiriladi.
munosabat - jadval satrlari kartejlar yoki yozuvlar deb ataladi. Ustunlar atributlar deb ataladi. Atribut, ustun, maydon atamalari - odatda sinonim sifatida ishlatiladi. Har bir atribut ma'lum bir munosabat- jadvalida nodir (unikal) nomli bo‘lishi, biroq turli jadvallarda atribut nomlari bir xil bo'lishi mumkin.
Munosabat domeni - bu muayan bir atributning qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarning to'plami. Ya'ni, istalgan vaqtda jadvalda mavjud bo'lgan atributlarning ma'lum bir to'plami, bu atribut aniqlanadigan domen qiymatlari to'plamining qismiy to ‘plami bo'lishi kerak. Umuman olganda, har xil atributlarning qiymatlari bitta domenda aniqlanishi mumkin. Domenlar har xil atributlarning qiymatlarini solishtirish operatsiyalariga cheklovlar qo'yishi muhim hisoblanadi. Bu cheklovlar shundan iboratki, faqat aynan bitta domenda aniqlangan atributlar qiymatlari bir -biri bilan taqqoslanishi mumkin
munosabat domeni - bu muayan bir atributning qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarning to'plami. Ya'ni, istalgan vaqtda jadvalda mavjud bo'lgan atributlarning ma'lum bir to'plami, bu atribut aniqlanadigan domen qiymatlari to'plamining qismiy to ‘plami bo'lishi kerak. Umuman olganda, har xil atributlarning qiymatlari bitta domenda aniqlanishi mumkin. Domenlar har xil atributlarning qiymatlarini solishtirish operatsiyalariga cheklovlar qo'yishi muhim hisoblanadi. Bu cheklovlar shundan iboratki, faqat aynan bitta domenda aniqlangan atributlar qiymatlari bir -biri bilan taqqoslanishi mumkin. Munosabatlarning bu xususiyatlaridan muhim natijalar kelib chiqadi, kortejlarning unikalligi bu munosabatda har doim kortejlarni indentifikasiyalaydigan atribut yoki atributlar to'plamiga, boshqacha qilib aytganda, munosabat har doim birlamchi kalitga ega bo'lishini bildiradi, kortejlarning tartiblanmaganligi, birinchi navbatda, munosabatlarda kortejlarga kalit bilan manzillashdan boshqa uslub mavjudmasligini, ikkinchidan, munosabatlarda birinchi, oxirgi, oldingi, keyingi kortej kabi tushunchalar yo'qligini bildiradi.
Atributlarning tartiblanmaganligi shuni anglatadiki, so'rovlarda ularga murojaat qilishning yagona yo'li atribut nomidan foydalanishdir.
Relyatsion ma'lumotlar bazalaridagi ma'lumotlar, odatda, bitta munosabat-jadvallarida emas, balki bir nechta munosabat-jadvallarda saqlanadi. O'zaro bog'langan bir nechta jadvallar yaratilganda, ma'lumotlar bilan murakkabroq operatsiyalarni bajarish, ya'ni murakkab ishlov berish mumkin bo'ladi. Bir nechta jadvaldagi tegishli ma'lumotlar bilan ishlash uchun tashqi kalitlar deb nomlanuvchi tushunchasi muhim hisoblanadi.
Jadvalning tashqi kaliti - bu jadvalning atributi (atributlar / atributlar to'plami), uning har bir qiymati jadvalning hozirgi holatida har doim boshqa jadvaldagi kalit atributlari qiymatiga mos keladi. Tashqi kalitlar turli jadvallardagi atribut qiymatlarini bog'lash uchun ishlatiladi. Tashqi kalitlar yordamida ma'lumotlar bazasining murojaat yaxlitligi deb ataladidigan, ya'ni aynan bir xil ob'ektlarni tavsiflovchi, lekin turli xil jadvallarda saqlanadigan ma'lumotlarning mosligi ta'minlanadi.
SQL protsedurali bo'lmagan dasturlash tillari sinfiga kiradi. Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun ham ishlatilishi mumkin bo'lgan universial protsedurali tillardan farqli o'laroq, SQL yozuvga emas, balki to'plamga ishlashga yo'naltirilgan.
Bu quyidagilarni bildiradi: ma'lumotlar bazasiga SQL tilida tuzilgan so'rov uchun kirish ma'lumoti sifatida bir yoki bir nechta munosabat-jadvallarning kortejlari-yozuvlari to'plami ishlatiladi. So'rovlarning bajarilishi natijasida ham, hosil bo'lgan munosabat- jadvalning kortejlar to'plami hosil bo'ladi.
Boshqacha qilib aytganda, SQL -da, munosabatlardagi har qanday operatsiyaning natijasi ham munosabatlardir. SQL so'rovi protsedurani, ya'ni natijani olish uchun zarur bo'lgan harakatlar ketma -ketligini emas, balki kirish munosabatlari bo'yicha shaklantirladigan natijaviy munosabat kortejlari bajarilishi kerak bo'lgan shartlarni belgilaydi.
SQLning ikkita shakli mavjud va ishlatiladi: interaktiv SQL va o'rnatilgan SQL.
Interaktiv- SQL foydalanuvchi tomonidan SQL so'rovlarini o'rnatish va natijani interaktiv tarzda olish uchun ishlatiladi.
O'rnatilgan - SQL odatda boshqa tilda yozilgan dasturlar ichiga o'rnatilgan SQL buyruqlaridan iborat (Paskal, C, C ++ va boshqalar). Bu shunday tillardan foydalanadigan dasturlarni yanada kuchliroq, moslashuvchan va samaraliroq qilib, ularni relyatsion ma'lumotlar bazalarida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlashini ta’minlaydi. Biroq, bu SQL interfeysi o'rnatilgan til bilan qo'shimcha vositalarni talab qiladi. Interaktiv hamda o'rnatilgan SQL ham quyidagicha takibiy qismlarga ajratiladi.
Ma'lumotlarni aniqlash tili - DDL (Data Definition Language) - ma'lumotlar bazasining turli ob'ektlarini (jadvallar, indekslar, foydalanuvchilar, imtiyozlar va boshqalar) yaratish, o'zgartirish va o'chirish imkonini beradi. DDL ning qo'shimcha funksiyalari ma'lumotlar yaxlitligini cheklash, ularni saqlash tuzilmalari tartibini aniqlash va ma'lumotlarni saqlashning fizik daraja elementlarini tavsiflash vositalarini o'z ichiga olishi mumkin.
Ma'lumotlarni qayta ishlash tili - DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni olish va uni o'zgartirish imkoniyatini beradi.
SQL tilining SELECT (tanlash) operatori eng muhim va ko‘p ishlatiladigan operatori hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi jadvallaridan ma'lumotlarni olish uchun mo'ljallangan. SELECT operatorining soddalashtirilgan sintaksisi quyidagicha.
SELECT [DISTINCT] < atributlar ro'yxati >
FROM < jadvallar ro'yxati >
[WHERE < tanlash sharti >]
[ORDER BY < atributlar ro'yxati >]
[GROUP BY < atributlar ro'yxati >]
[HAVING ]
[UNION < SELECT operatorli ifoda >]
SELECT kalit so'zi ma'lumotlar bazasiga ma’lumotlarni olish so'rovi ekanligini bildiradi. SELECT so'zidan so'ng, mazmuni so'raladigan maydonlarning nomlari (atributlar ro'yxati) vergul bilan ajratilgan hoda beiladi.
SELECT so‘ovi bandidagi majburiy kalit so'z FROM (dan) so'zi hisoblanadi. FROM kalit so'zidan so'ng, ma'lumotlar olinadigan jadval nomlari vergul bilan ajratilgan ro'yxati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |