Kazuslar: 2021-yil 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi ekologik ekspertiza


Umumiy vakolatli davlat organlariga



Download 116 Kb.
bet7/8
Sana04.11.2022
Hajmi116 Kb.
#860323
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kazuslar 2021-yil 1-fevral kuni O zbekiston Respublikasi Ekolog

Umumiy vakolatli davlat organlariga:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi.

Maxsus vakolatli davlat organlariga:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

  • Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

  • Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi kiradi.

Umumiy vakolatga ega boʻlgan organlar iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir vaqtda ekologiyaga oid baʼzi bir masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, ular umumiy vakolatga ega boʻlgan organlar deb nomlanadilar.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni taʼminlashga oid vazifalarni hal etishda maxsus boshqaruv organlari oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularga ekologik rejalashtirish, meʼyorlash, ekspertiza, litsenziyalash, sertifikatsiyalash, nazorat va shu kabi boshqa bir qator ekologik boshqaruv sohasidagi muhim funksiyalarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga solish bilan bogʻliq boʻlganligi sababli, maxsus vakolatli organlar hisoblanadilar. Maxsus vakolatli davlat organlari tarmoqlararo, yaʼni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, yaʼni maʼlum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga boʻlinadi7.
Tabiatni saqlab qolishi, uni kelajak avlodlarga yetkazib berish maqsadiga erishishda, tabiatning sifati va soni xususiyatlari va uning xossalarini saqlab qolishda jamiyatning ijtimoiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻrnatiladigan tabiatga taʼsir koʻrsatishning ilmiy asoslangan chegara (oxirgi nuqtasi) yohud meʼyorini oʻrnatish (joriy qilish) yohud barpo etish eng muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadga esa, albatta, ekologik meʼyorlash orqali erishiladi8.
Davlat organlari atrof tabiiy muhitning muhofazasini ta'minlovchi normativlarni qabul qiladilar. Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalarning yo’l qo’yiladigan darajada toplanishi, atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning yol qo’yiladigan darajada to’planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa zararli ta'sir korsatishning yol qoyiladigan darajalari kiradi9. Ekologik standartlash orqali asosan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekologik talablarga javob berishi belgilanadi. Ozbekiston Respublikasining “Standartlash to’g’risida”gi Qonunining 8-moddasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi va Sogliqni saqlash vazirligi standartlash organlari sifatida belgilangan va ular ekologik standartlashni amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasining “Sertifikatsiyalash to’g’risida”gi va "Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida"gi qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiyalash sertifikatsiya qilinadigan mahsulotni belgilangan ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash boyicha faoliyatdir. Ushbu Qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi davlat organlarini va boshqa yuridik shaxslar ekologik sertifikatsiya qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi organlarida akkreditatsiyadan o’tadilar, ya'ni ushbu faoliyatni amalga oshirish boyicha ruxsat beriladi10.
Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy obyektlar haqida to’gri va to’liq ma'lumotlar olish, ularning holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy obyektlarning miqdori va sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xojalik holati, foydalanish darajasi to’g’risidagi ma'lumotlar tizimi tabiiy obyektlar kadastrlari deb nomlanadi. Tabiiy obyektlar kadastrlari har bir tabiiy obyekt yuzasidan alohida yuritiladi va ularni yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Masalan, davlat yer kadastrini yuritish bo’yicha Ozbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15- moddasi, “Davlat yer kadastri to’g’risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastri yuritish tartibi togrisdagi Nizomi va Yer resurslari boyicha Davlat qomitasi hamda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi 1999 yil 30-martda tasdiqlagan va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda 736-raqam bilan royxatga olingan ”Yer uchastkalarga bolgan huquqlarni davlat royxatiga olish tartibi togrisida”gi yoriqnoma qollaniladi. Tabiiy obyektning kadastri shu tabiiy resursni idora etuvchi maxsus davlat organlari tomonidan yuritiladi va davlat budjeti mablaglaridan moliyalashtiriladi.
Davlat kadastrini yuritishda tabiiy resurslardan foydalanuvchilardan olinadigan ma'lumotlarga asoslanadi, masalan, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerdan foydalanishdagi ozgarishlar tog`risida davlat organlariga ma'lumot berishlari lozim bo’ladi.


Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish