Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati



Download 162 Kb.
bet1/11
Sana10.07.2022
Hajmi162 Kb.
#771475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
талим ва тарбия


YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING AHAMIYATI

Fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlatni shakllantirishdagi muhim masalalar yechimi avvalo shaxsning dunyoqarashiga, siyosiy-huquqiy bilimiga va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokiga borib taqaladi. Jamiyat a’zolarining yuksak huquqiy madaniyati huquqiy- demokratik davlatni barpo etishning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli ham jamiyatimiz vorislari bo‘lmish o‘sib kelayotgan yoshlarni komil inson darajasida tarbiyalash, ularning huquqiy ongini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish jamiyat a’zolarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Mamlakatimiz rahbarining huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida qabul qilingan 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi PF–1791-son Farmoni bu boradagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Binobarin, Farmonda aholining huquqiy madaniyatini oshirish va xuquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar – davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi e’tirof etildi. Shu bilan birga, respublikada huquqiy davlat qurilishi yo‘lida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetishiga har tomonlama ko‘maklashish - davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, o‘quv yurtlari hamda huquqshunos olimlarning eng dolzarb vazifalari ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi 466-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da ta’kidlanganidek, “Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi”, zotan u bir necha yildan buyon yurtimizda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.

Maqsadga erishishda huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash kabi masalalar asosiy vazifa bo‘lib hisoblandi.

Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosatining printsiplari qatoriga huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv, huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik tamoyillari kirishi bilan birga, yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish hamda yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish masalalari muhim o‘rin tutadi.

Ko‘rinib turibdiki, har bir demokratik davlat o‘zida qonun ustuvor bo‘lishini ko‘zlar ekan, avvalo, mamlakat xalqining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish hamda yoshlarning huquqiy tarbiyasi va tafakkuriga jiddiy ahamiyat qaratilishini taqozo etadi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni ta’minlash masalalari har doim davlat rahbarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi lozim”.

Bu jarayonda yoshlarning qalbiga, vujudiga go‘daklik paytidan boshlab Vatanga muhabbat, o‘z yurtiga sadoqat tuyg‘ulari bilan hamohang ravishda odob-ahloq, qonun-qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirib borish ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz 1997 yil 20 may kuni respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining rahbarlari, huquqshunos olimlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvidan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarning huquqiy tarbiyasi masalasi bilan davlat siyosati darajasida shug‘ullanishga qaratilganligi barchaga ma’lum.

Davlatimiz rahbari yoshlar tarbiyasi haqida to‘xtalib “yurtimizda yashayotgan har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyati va iste’dodini o‘z vaqtida payqash, tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish – bu o‘ta muhim vazifani nafaqat ota-onalarning ezgu maqsadi, balki jamiyatimizning burchi sifatida o‘rtaga qo‘yish kerak”, deya takidlaganlaridek, yoshlar tarbiyasi, ayniqsa, ularning huquqiy bilimlardan xabardor bo‘lish masalasi hamma vaqt davlatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan qonun ustuvorligiga erishgandagina o‘zimiz uchun maqsad qilib qo‘ygan adolatli, erkin jamiyat, farovon hayot barpo etishimiz mumkinligi, Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rgatishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o‘rganish lozimligi ta’kidlangan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish barcha o‘quv yurtlarida, maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va huquq haqida bolalarbop bilimlarni o‘rgatish, huquqga oid fanlardan imtihonlar joriy etish, adliya, odil sudlov, prokuratura, ichki ishlar organlarining ish tajribasi yuzasidan uchrashuv va muloqotlar tashkil etish huquqiy ongni rivojlantirishning muhim omillari bo‘lib hisoblanadi.

Bu borada Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalasiga alohida yondoshilmoqda va yil sayin bu tajriba o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda.

Jumladan, o‘tgan 2009 yil mobaynida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jami 2543 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Ularning qariyb 476 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 985 tasi tushuntirish ma’ruzalari shaklida, 854 tasi davra suhbatlari shaklida va 111 tasi seminar shaklida olib borildi.

O‘tkazilgan tadbirlarning 147 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “Konstitutsiyani o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishga oid hamda 151 tasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-son qarorida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, shuningdek voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar jumlasidandir.

O‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot ishlarining barchasi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan. Bu singari tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari, odob-axloqimizga zid xatti-harakatlarning oldini olishda hamda ularning huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirishda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.



Qonunni hurmat qilish va unga itoat etish xuquqiy madaniyatning asosiy belgisidir. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishdan ko‘zlangan maqsad ular tomonidan qonun talablarini ongli ravishda bajarishlariga erishishdir. Zero, huquqiy ong va madaniyatning yuqori darajada mushtaraklashuvi yoshlar tarbiyasining mustahkam poydevori hisoblanadi.



Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish