Yangiyo'l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikum
Referat
Mavzu: Bankdan kredit olish va uni rasmiylashtirish tartibi.
Bajardi: _______________
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2023
Reja
Kredit olish va bu jarayoni.
KREDITNI RASMIYLASHTIRISH CHOGʻIDA BANKNING MAJBURIYATLARI.
Kredit olish va bu jarayon bilan bog'liq masalalar bo'yicha ham ko'p murojaat tushadi Aksariyat murojaatchilar men bakka murojaat etdim, menga kredit ajratishmayapti deya e'tiroz bildiradi. Shu o'rinda jismoniy shaxslarga kredit olish tartibi aniq mezonlarga asoslangani, hamda kredit olevchiga aniq talablar qo'yilganini eslatib o'tmoqchi edik.
-Ya'ni kredit olivchi shaxs 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lishi;
- doimiy daromadga, shuningdek, kredit bo'yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni qaytarish imkoniyatiga ega bo'lishi,
- qarz oluvchi va kafil turuvchining qarzni qaytarish ko'rsatkichi 50-70 foizdan yuqori bo'lmasligi;
- Beriladigan kredit qaytarish uchun ta'minotga ega bo'lish kerak
- Yana asosiy jihatlardan biri avvalgi olingan kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi mavjud bo'lmasligi, qolaversa kreditni qaytarilish muddatlari o'z vaqtida bo'lishi kerak. YA'ni bunda mijozning kredit tarixi o'rganiladi.
Kredit tarixi – bu Sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to'laganingiz to'g'risida batafsil ma'lumot, ya'ni bu Sizning qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizomingiz aksidir.
Har qanday kreditni olishingizda bu omil muhim hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining “Kredit ma'lumotlari almashinuvi to'g'risida”gi sonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so'nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oldi.
Murojaatlarning ko'pida shu talablar to'liq bo'lmagani uchun ham mujozning kredit berish talabi qondirilmay qolmoqda.
Birinchidan, banklar kredit shartnomasida (keyingi oʻrinlarda – shartnoma) quyidagilarni aks ettirishi shart:
kreditning asosiy summasi, kredit mablagʻlarini berishning aniq muddati, shartlari va ulardan foydalanish tartibi;
foiz stavkasi turi (oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditni soʻndirish usuli (differensial yoki annuitet);
kredit mablagʻlari berilmaganligi yoki oʻz vaqtida berilmaganligi uchun bankning qarz oluvchi oldidagi javobgarligi.
Ikkinchidan, shartnomaga ilova qilinadigan kreditni qaytarish jadvali bank va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shartnoma matnida esa – shu jadvalga havola boʻlishi kerak.
Uchinchidan, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hakiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldigʻiga nisbatan shartnomada belgilangan nominal stavka boʻyicha hisoblanishi kerak. Bunda, foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvaragʻiga (koʻrsatilgan boshqa hisobvaraqqa) oʻtkazilgan yoхud qarz oluvchiga naqd pul koʻrinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Shartnomada nazarda tutiladigan soʻndirishning imtiyozli davri kredit berilgan sanadan boshlanadi.
Toʻrtinchidan, bank shartnoma boʻyicha kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻхtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma хabarnoma yuborishi shart.
Beshinchidan, jismoniy shaхs-qarz oluvchi tomonidan iste’mol krediti va ipoteka krediti boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlanganidan soʻng, bank oхirgi toʻlov sanasidan keyingi uch ish kunidan kechiktirmagan holda mijozning shaхsiy kabinetida qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumot joylashtirishi shart.
Oltinchidan, quyidagilar oʻzgarganda bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirishi lozim:
moliyalashtirishni boshlash muddatlari, foiz stavkasi;
kredit qisman muddatidan oldin soʻndirilishi munosabati bilan kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit toʻlovlarining miqdorlari;
shartnomaning shartlari (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinganda).
Yangi jadval mijozga beriladi, dastlabkisi esa oʻz kuchini yoʻqotadi.
Yettinchidan, mijozlarning murojaatlarini koʻrib chiqishning eng koʻp muddatlari belgilandi – 1 oygacha (15 kun uzaytirishni inobatga olgan holda). Bank rahbarining istisno tariqasida ushbu muddatni yana bir oyga uzaytirish yuzasidan huquqi – bekor qilindi.
Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar belgilandi:
1) endi bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikka (kreditga) jumladan banklararo depozitlar ham kiradi. Ularning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25%idan oshmasligi kerak;
2) barcha, shu jumladan yirik tavakkalchiliklar (Nizomning 5-7-bandlari) boʻyicha belgilangan cheklovlar quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
bozor qiymati kreditlarning 125%ini qoplay oladigan Hukumat va MBning qimmatli qogʻozlari, Hukumatning kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar;
kreditlar kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan ta’minlanganda;
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki, Yevropa Kengashining taraqqiyot banki bilan yuzaga keladigan tavakkalchiliklar, shu jumladan bank aktivlari yoki balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlari ushbu tashkilotlar tomonidan kafolatlanganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |