1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 164,67 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi164,67 Kb.
#495928
  1   2   3   4
Bog'liq
405 21.06.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Litsenziya talablari va shartlari litsenziya olish yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun yangidan ariza bergan tibbiy muassasalarga, shuningdek litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan faoliyat yurituvchi litsenziatlarga tatbiq etiladi;
tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlasin:
ular bo‘yicha tibbiy faoliyat amalga oshirilayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi;
tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar, shuningdek tibbiy tashkilotning turidan kelib chiqib aniqlanadigan tibbiy uskunaning ma’nan eskirganligi darajasini aniqlovchi mezonlar;
tegishli mutaxassislikka ega vrachlar tibbiy ixtisoslashuvining litsenziyalanadigan turlari bo‘yicha vrachlar lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan tibbiy mutaxassisliklar ro‘yxati;
litsenziyani olish, uzaytirish va qayta rasmiylashtirish bo‘yicha arizalar shakllari;
litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi ekspert xulosasining shakli.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari uyushmasi bilan birgalikda nodavlat tibbiy tashkilotlar o‘rtasida ushbu qaror qoidalarini bajarish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
5. Ushbu qaror 2017-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida” 2012-yil 29-martdagi 92-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 3-son, 21-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2- ilovalar 2017-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-iyun,
405-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qaroriga
ILOVA
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 164,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish