2.2.. Korporativ tadbirlarni tashkil etish etikasi.
Xizmat etiketi umumfuqarolik etiketining bir turi hisoblanib, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat qiladigan xodimlarning turli vaziyatlarda uchrashuvlarida munosabatga tushish, yurish–turish va kiyinish qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Biznes–etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. U biznes faoliyatida itoat qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar majmuidan iborat.
Biznes–etiket qoidalari biznesmenlar uchun o‘ta katta ahamiyatga ega: ularni o‘rganib, egallab olish, birinchidan, biznesmen uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, ikkinchidan, ularga rioya qiladigan kishilarning faoliyati muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Biznes–etiket qoidalarini bilmaydigan va uning natijasida hamkorlar va hamkasblari bilan muomala qila olmaydigan biznesmenlarning ishlari tez bitmaydi, bitsa ham qiyinchiliklar bilan bitadi, faoliyat natijasi esa doimo yaxshi bo‘lavermaydi.
Shu sababli ham o‘zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmenlar etiket qoidalarini yoshligidan boshlab butun umri bo‘yicha o‘rganishadi. Hozirgi vaqtda etiket qoidalari boshlang‘ich maktabdan boshlab o‘rganiladi.
2.3.. Turizm sohasida kasbiy etikadan foydalanishning ob’ektiv zarurati.
Odamlarning bir-birlari bilan munosabatda bo‘lishlari etiket qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Ularning bir-birlari bilan munosabatga tushish madaniyatiga etiket, munosabat qilish qoidalariga esa etiket qoidalari deyiladi.
Etiket tushunchasi fransuzcha «etiquette» so‘zidan olingan bo‘lib, rus tilida etiketka, o‘zbek tilida esa yorlik degan ma’noni bildiradi. Hozirgi vaqtda barcha tillarda etiket so‘zi qabul qilingan. Etiket tushunchasining o‘ziga yarasha kelib chiqish ta’rixi bor. U shunday: Fransiya qiroli Lyudovik XIV tantanali qabul marosimlaridan birida mehmonlarga «o‘zini tutish qoidalari» deb yozilgan kartochka beradi. Kartochka esa etiketka deb nomlangan. Vaqtning o‘tishi bilan etiketka so‘zi etiket so‘ziga va unda yozilgan qoidalar esa etiket qoidalariga aylangan va bugungi kungacha uning ma’nosi o‘zgartirilmasdan ishlatiladi.Masalan, rus tili lug‘atida etiket-bu qandaydir jamiyatda o‘zini tutish (yurish-turishning) belgilangan tartibi va muomala qilish shakli deb ta’riflangan.
Jamiyatda shakllangan etiket qoidalari ahloqiy me’yorlar deyiladi. Bugungi kunda jamiyatdagi axloqiy me’yorlar uzoq vaqt davomida odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy natijasi hisoblanadi. Bu qoidalarga itoat qilish davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabat qilish garovi bo‘lib xizmat qiladi, chunki bir-birini hurmat qilmasdan va boshqa davlatlarga nisbatan o‘zini tutish chegaralarini saqlamasdan birga tinch-totuv yashash mumkin emas. Bundan tashqari etiket qoidalariga rioya qilish bozor iqtisodiyoti davrida turli dinlarga itoat qiladigan har xil millat vakillarining, jamiyatimizda paydo bo‘lgan turli tabaqali guruhlarning va har xil dunyoqarashdagi kishilarning tinch-totuv yashash garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Etiket qoidalariga nafaqat davlatlar, jamiyatning har bir a’zosi va kasb guruhlari a’zolari tomonidan ham rioya qilishlari lozim. O‘zini madaniyatli hisoblaydigan har bir kishi etiket qoidalarining asosiylarini nafaqat bilishlari, ularga itoat qilishlari ham kerak, chunki muomala qilishda o‘zini tuta bilish va to‘g‘ri hatti-harakat qilish aloqa qilishni osonlashtiradi, bir- birlarini tezroq tushinish uchun imkoniyat yaratadi, barqaror aloqa o‘rnatish garovi bo‘lib hisoblanadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, madaniyatli va tarbiya ko‘rgan har bir odam hech qachon jamiyatda o‘rnatilgan tartibni o‘zining so‘zi va yurish-turishlari va hatti- harakati bilan buzmaydi, boshqalarni xafa qilmaydi va ularning shoniga tegmaydi.
Madaniyatli kishi nafaqat rasmiy marosimlarda, uyda ham etiket qoidalariga itoat qiladi. Afsuski, etiket qoidalariga uyda itoat qilmaydigan odamlar ko‘p uchrab turadi: ular odamlar bilan boshqa, uyda esa umuman boshqa munosabatda bo‘lishadi, masalan, boshqa odamlar, do‘stlari va qo‘lostidagilar bilan xushmuomalali, uyda esa qo‘pol va odobsiz munosabatda bo‘ladi. Ularning bunday ikki yuzlama yurish-turishlari va o‘zini tutishlari faqat madaniyatsizligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |