1.3.. Turizm sohasi ishbilarmonlari tashqi ko‘rinishlari.
Odam kiyimi uni tashqi muhit ta’siridan saqlabgina qolmasdan, uning tashqi qiyofasini ham shakllantiradi. Kiyim qiyofani shakllantirishda ishtirok etar ekan, uni ijobiy tomondan salbiy yoki salbiy tomondan ijobiy tomonga keskin o‘zgartirishi mumkin. SHuning uchun ham kiyim o‘zining sohibi to‘g‘risida, ayniqsa notanish kishilar nazarida, yaxshi yoki yomon taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham kiyim va uning kiyilishi nafaqat biznesmenlar, jamiyatning boshqa a’zolari uchun ham o‘ta katta ahamiyatga ega.
Ish yuzasidan yoki uyga birinchi marta kelgan mehmon aql- idrokiga va muomala qilish madaniyatiga qarab kuzatib qo‘yilsa ham birinchi marta uni kiyimiga qarab kutib olishadi.
Biznesmenning madaniyati, batartibligi, muomalaligi va moliyaviy holati to‘g‘risida fikr birinchi uchrashuvdayoq uning kiyimiga va kiyimning kiyilishiga qarab shakllanadi. Birinchi uchrashuvdayoq shakllangan taassurot odamlar xotirasida uzoq muddatlar davomida saqlanib qoladi. Agar bu taassurot ijobiy bo‘lgan bo‘lsa, u biznesmenga umri bo‘yicha xizmat qiladi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritish garovi bo‘ladi. Shu boisdan bo‘lsa kerakki, Amerika milliarderi Rokfeller biznesni boshlashdan oldin oxirgi puliga eng sifatli va qimmatbaho kostyum sotib olgan va golf-klubga a’zo bo‘lim kirgan. Klub a’zolari esa davlatmand kishilar bo‘lgan. Agar Rokfeller kostyumi golf- klubga a’zo bo‘lib ikirish garovi bo‘lgan bo‘lsa, kostyumi va golf- klubga a’zolik bileti esa biznes ishini muvaffaqiyatli boshlashga yordam bergan.
Biznesmen to‘g‘risidagi birinchi tasavvur tashqi ko‘rinish elementlari holatining majmui bo‘yicha shakllanadi. Tashqi ko‘rinishning shakllanishida kiyimning ahamiyati juda ham katta. Tashqi ko‘rinish deganda biznesmenlarga birinchi qarashdayoq ko‘zga yaqqol tashlanadigan elementlar holatining majmui tushuniladi. Agar biznesmen tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, u to‘g‘risida faqat ijobiy taassurot shakllanadi, yomon bo‘lsa, salbiy fikr paydo bo‘ladi. Nafis tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan biznesmenlar bilan birinchi martadanoq yaxshi munosabat qilishadi, yomon tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan biznesmenlarni esa yomon qabul qilishadi.
Tashqi ko‘rinish qator elementlardan tashkil topadi. Ularni chehra, soch, soqol, mo‘ylov, ustki ish kiyimi, oyoq kiyimi, galstuk, noski va turli taqinchoqlar tashkil qiladi. Insonning tashqi ko‘rinishini tashkil qiluvchi elementlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga chehra, soch, soqol, mo‘ylov va tirnoqlarni, ikkinchi guruhga esa ustki kiyimini (kostyum), ko‘ylak, galstukni, oyoq kiyimi va paypoqni hamda taqinchoqlarni kiritish mumkin. Tashqi ko‘rinishning birinchi guruh elementlari biznesmenning tabiiy tashqi qiyofasini belgilaydi va ikkinchi guruh elementlari bilan bir qatorda biznesmenlar kasbiy imijini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi.
Agar siz hamkorlaringizda, hamkasblaringizda va boshqa suhbatdoshlaringizda o‘zingiz haqida yaxshi tasavvur qoldirmoqchi bo‘lsangiz, tashqi qiyofangiz, kiyimingiz va kiyinishingiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishingiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |