1.1..“Kasbiy etika” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari.
Kasbiy etiket – bu kasbi bo‘yicha birlashgan guruh a’zolarining bir-birlariga nisbatan, rahbar xodimlar va ularga bo‘ysunadigan kishilar o‘rtasidagi hamda o‘z kasbiy burchiga nisbatan o‘zini tutishi va xatti-harakat qilish qoidalarini hamda kasbiy ish kiyimlariga, o‘zlarining tashqi ko‘rinishlariga, so‘zlashishlariga qo‘yiladigan talablarni ham o‘z ichiga oladi. Xizmat sohasi korxonalari iqtisodiy korxona bo‘lishi bilan birga insonlarning bir-biriga bo‘lgan yuqori darajadagi munosabat ko‘rsatish ob’ekti hamdir. SHuning uchun uning faoliyatida etika va kasbiy etiket qoidalariga to‘liq rioya etish, albatta korxona imidjini samaradorligini oshirishga sabab bo‘ladi.
Har bir kasb egasi birinchi navbatda o‘zi yashayotgan jamiyat a’zosi va davlat fuqarosi hisoblanadi. Shu sababli ham u kasbiy etiket qoidalaridan tashqari umumfuqarolik etiket qoidalarini bilishlari shart.
Kasbiy etika fanining predmeti
Fanning predmeti quyidagilardan iborat:
- kasbiy guruh a’zolarining bir – birlari bilan munosabat qilish qoidalari;
- kasbiy etiket turlari va kategoriyalari va ularning sifatli xizmat ko‘rsatishdagi ahamiyati;
-kasbiy korxonalarda munosabat vositalari va qoidalari hamda so‘zlashish va baxslashish etiketi;
- kasbiy korxonalarda aholiga va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish etiket qoidalari;
- xizmat ko‘rsatish sohasida mutaxassis – rahbar xodimlarning muomala qilish etiketi; ularning kasbiy kiyimlariga va kiyinishiga qo‘yiladigan talablar;
- ovqatlanish etiketi va halqaro etiket;
Ko‘rsatilganlardan tashqari talabalar quyidagi umumfuqarolik etiket qoidalarini mustaqi lo‘zlashtirishlari lozim:
- oila a’zolari va qavmi – qorindoshlari bilan munosabat qilish qoidalari;
- ko‘chada, jamoat joylarida o‘zini tutish, salomlashish, gaplashish qoidalari;
-sharqona etiket qoidalari va boshqalar.
O‘quv fanining asosiy vazifasi uning predmeti bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shu sababliham «Kasbiy etika » o‘quv fanining asosiy vazifasi kasbiy guruh a’zolarining ko‘chada, jamoat joylarida, oilasida va bir – birlari bilan muomala qilish, o‘z kasbini bajarish uchun munosabat va hatti – harakat qilish qoidalari bo‘yicha nazariy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan servis sohasida mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |