Mavzu:Qirqbo’g’imlar
Qirqbo`g`im toifa o`simliklar (Equiesetophyta)
Qirqbo`g`im toifalar bo`limi qirqbo`g`imsimonlar ajdodi
qirqbo`g`imnomalar, qabilasi va qirqbo`g`imdoshlar oilasi
qirqbo`g`im turkumidan iborat. Bo`limning 20ga yaqin turi
mavjud. Bo`limning daraxtsimon vakillari paleozoy
erasining
devon, trias davrlarida yashab toshko`mir va yura davrlariga
kelib yo`qolib ketgan. Bo`limning shu kunda mavjud bo`lgan
vakillari ko`p yillik o`tsimon organizmlardir.
Avstraliya va
Yangi Zenlandiya oblastlaridan tashqari
hamma joyda uchraydigan qirqbo`g`imlar mazkur bo`limning
vakili hisoblanadi.
Dala qirqbo`g`imi (Equisetum arvense) qishqi qirbo`g`im
(E. humile) shoxlangan qirqbo`g`im (E. ramosissmum) kabi
vakillari Markaziy Osiyoda uchraydi.
Qirqbo`g`imlarning
mayda,
tangachasimon
barglari
poyada halqa hosil qilib joylashgan, xatto poyadagi
yon
novdalar ham halqa shaklida joylashgan bo`ladi.
Dala qirqbo`g`imi ekin maydonlarida, ariq bo`ylarida
yo`qotish qiyin bo`lgan parazit begona o`t. Tibbiyotda dala
qirqbo`g`imi novdalari siydik xaydovchi, qon to`qtatuvchi
vosita sifatida ishlatiladi. Qirqbo`g`imlar yer ostki suvining yuza
joylanishii joylanishi ko`rsatib beradigan indikator o`simliklar
hisoblanadi.
Dala qirbo`g`imi:
(Equisetum
arvense)
А-bahorgi
novdasi, B- kuzgi
novdasi.
Qirqquloqtoifa o`simliklar (Polypodiophyta)
Qirqquloqlar hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuksak sporali o`simliklar guruhi
bo`lib, 10 000 gacha yaqin turni o`z ichiga oladi. Nam tropik o`lkalarda daraxtsimon va
o`tsimon shakillari uchraydi.
Qirqquloqlarning sporofiti yaxshi rivojlangan, ko`p yillik va yirik bargli
(makrofilliya). Barglari patsimon, ayrim hollardagina butun bo`lishi mumkin. Boshqa
o`simlik barglaridan farqi shuki, ularning barglari har doim uchidan o`sadi. Ularning
barglari
«vayya»
deyiladi.
Bo`lim vakillarining ko`pchiligi teng sporali, har xil sporali turlar ozchilikni tashkil
etadi. Barglarning pastki tomonida
sporangiylar
to`plami, ya’ni jigarrang soruslarni
hosil qiladi. Soruslar alohida parda bilan qoplangan. Sporalar yetilishi
natijasida
sporangiylar yorilib, sporalar shamol yordamida tarqaladi.
Qulay sharoitda
ulardan o`simta rivojlanadi. Teng sporali qirqquloqlarning
o`simtalari juda kichkina, yashil plastinkasimon yoki ipsimon, ikki jinsli bo`lib, ular
uzog`i bilan bir necha hafta yashaydi. Har xil sporali qirqquloqlarning erkak o`simtasi
juda
reduktsiyalanib, mikroskopik o`lchamda
mustaqil oziqlanish xususiyatini
yo`qotgan (sporangiy ichida rivojlanadi). Urg`ochi o`simta unga nisbatan yirik.
O`simtadan arxegoniy va anteridiylar
hosil bo`ladi.
Arxegoniydagi tuxum
hujayraning otalanishidan murtak rivojlanadi, keyinchalik u o`sib, voyaga yetgan
sporafitga aylanadi.
Qirqquloqlar bo`limi 7 ta ajdodga bo`linadi:
•
Anevrofitsimonlar — Aneurophytopsida
•
Arxeoptsrissimonlar — Archaeopteridopsida
•
Kladoksilonsimonlar - Sladoxylopsida
•
Zigopterissimonlar — Zigopteridopsida
•
Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar) - Ophioglossopsida
•
Marattiyasimonlar — Marattiopsida
•
Polipodiumsimonlar — Rolypodiopsida
•
Quyidagi ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz:
1-ajdod. Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar)- Ophioglossopsida ga 300ga yaqin turi
bo`lib, sodda tuzilishga ega. Ular teng sporali gametofiti ko`p yillik xlorofillsiz, yer ostida
rivojlanadi, zamburug`lar bilan hamkorlikda yashaydi (mikoriza).
Bu ajdodning vakillari tropik o`lkalarda yashab, ba’zi birlari epifit holda o`sadi.
2- ajdod. Maratgiyasimonlar - Marattiopsida vakillari nam tropik o`rmonlarda saqlanib
qolgan. Ular juda yirik o`simliklar, poyalari yirik tugunaksimon, barglarning uzunligi 6m ga
yetadi.
3- ajdod. Polipodiumsimonlar — Rolypodiopsida vakillari hoziri o`tsimon o`simliklar
bo`lib, tuproqda yoki daraxtlar tanasida epifit holda yashaydi. Ular nam tropik, subtropik
o`rmonlarda, sovuq zonalarda o`sadi. Qirqquloqlarning erkak qirqquloq (Dryopteris filixmas),
ilontili (Oplioglossum), sumbul (Adianthum), osmundalar (Osmunda), botrixium
(Botrychium), xelmintostaxis (Helminthostachys), asplenum ( Asplenum) , suv qirqqulog`i
(Salvinia) , marsiliya (Marsilia), kabi turkumlarini ko`rsatish mumkin.
Suv qirqqulog`i suvda suvda suzib yuruvchi o`simlik bo`lib, daryo
bo`ylarida, zovurlarda va sholipoyalarda hayot kechiradi.
O`zbekiston florasida uchraydigan sumbul yoki zuhra soch buloq
bo`ylarida, ariq va soy bo`ylarida, tog`larda suvli qoyalarning yoriqlarida va
salqin joylarda o`sadi.
Halq xo`jaligidagi ahamiyati:
erkak qirqquloqdan gijja tushiruvchi
vosita sifatida tibbiyotda,
orlyak qirqqulog`i
ildizpoyasidan oziq-ovqat
sifatida,
asplenum, sumbul kabilardan manzarali o`simlik sifatida
foydalaniladi.
Qadimgi qirqquloqlar hamda plaunlar, qirqbo`g`imlar toshko`mir
konlarining hosil bo`lishida ishtirok etgan.
Erkak qirqquloq (Dryopteris filix mas)
Do'stlaringiz bilan baham: |