kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar



Download 35,48 Kb.
bet4/10
Sana18.01.2022
Hajmi35,48 Kb.
#390903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kamyob, bevosita yo qolish xavfi bo lmasada, kichik maydonlarda

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning dunyo qarashini kengaytirish,vatanni sevish tabiatni asrab avaylashni ongiga singdirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga zamonaviy pedagogik texnoligiyalar asosida bilim, sifat samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlashga undash, fanga bo’lgan qiziqishlarini boyitish,mustaqil ishlarga o’rgatish nutq va muloqat  madaniyati hamda ijodiy bilimlarini rivojlantirish.

Darsning usuli: “Muzyorar”,”Tayanch signallar”,”Aqliy hujum”.

Darsning jihozi: Darslik, plakat,harakatdagi ko’rgazmalar, rasmlar,gullar,ekran videoproyektor.

Darsning shiori: “Aytsang,unitaman Ko’rsatsang, eslab qolaman,o’zim bajarsam, anglab yetaman.”

Darsning qoidalari:

 

       1.Mavzuga ilmiy yondashish

       2.Intizomga erishgan holda do’stona vaziyat o’rnatish.

       3.Milliylikka tayanib erkin muloqatda bo’lish.

       4.Mustaqil fikrlab muammoni hal etish.

       5.Bir-birimizni fikrimizni hurmat qilish.

       6.Tajriba almashinib faol qatnashish.

       7.Xush fel va ziyrak bo’lib ijodiy izlanish.

       8.O’z-o’zini xolis baholash.

       9.Me’yorga e’tibor berib savollarga qisqa va lo’nda javob berishga harakat qilish.

 

   II.Darsning tashkiliy qismi



Assalomu alaykum,aziz hurmatli ustoz!

Bilimlarni berasiz, sizni qilamiz e’zoz.

Va alaykum assalom,dono zukko bolalar,

Xalqimizning zo’r ishonchli vatanda gul lolalar.

Bugun darsimizda navbatchi axborotini tinglaymiz.

Aziz o’quvchilar darsga tayyormisiz?

Darsga tayyormiz doim

Maqsad zo’r,olmoq bilim

Demak,o’quvchilar sizlarni 3 guruhga bo’lib olaman.

Dunyoning 3ta olimini aytaman birini tanlang.

1.Dunyoda tibbiyotning otasi kim?

   Abu Ali Ibn Sino

2.O’simliklar va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan dorivor o`simliklar haqida ma’lumot beruvchi “Saydana” asarining muallifi kim?

     Abu Rayxon Beruniy

3.”Fozil odamlar shahri”asarining muallifi,ikkinchi muallim nomini olgan olim kim?

   Abu Nasr Al-Farobiy

Guruhlarga olimlarning nomini beramiz:

1-guruh-Abu Ali Ibn Sino

2-guruh-Abu Rayhon Beruniy

3-guruh-Abu Nasr Al-Farobiy

Nomlari yozilgan xattaxta guruhdagi o’quvchilarga beriladi.

Bugun darsimizni noan’anaviy,bellashuv uslubida olib boramiz.

Lola gul barglarini orqasida savollar yozilgan bo’lib,uni o’quvchilarga tarqatiladi.

Sizlarni bilimingizni baholash uchun quyidagi mezonlardan foydalanamiz.

Atir gulga -“5”ball

Romashkaga -“4” ball

Kunga boqarga -”3” ball

Binafshaga-  “1” ball

5 ta binafsha olgan o’quvchiga 1ta atirgul beramiz.

     Aziz o’quvchilar, hozir o’lkamizda qaysi fasl?( ekranda tabiat manzarasi: suvlar shildirashi-yu,qushlar ohangi taralgan mayin bir kuy eshittiriladi.)

     Hozir o’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish-bahor fasli hukm surmoqda.

- Bahor  fasli 1-martdan boshlanadi.

- Bahor oylar: mart, aprel,may.

- Bahorda tabiatda o’zgarishlar ro’y  beradi:

- Kunlar isiy boshlaydi.

- Daraxtlar uyg’onib kurtag yoza boshlaydi.

- Bahor elchisi hisoblanmish qaldirg’ochlar uchib keladi.

 

Muhtaram Prezidentimiz  2016 yilni  “Sog’lom ona va bola yili”deb nomladi. Biz sog’lom bo’lib yetishishmiz uchun biz yashab turgan shitob bilan o’zgarayotgan jamiyat  kishilardan hayotda o’z oldilariga qo’ygan mahsatlariga erishishlari uchun yangicha bilim ko’nikma va mahorat  talab qilmoqda, har bir fuqoroning  salomatligi  huddi  jamiatning  salomatligi singari davlatning strategik maqsadi uning milliy havfsizligi garovi sanaladi. Yurtboshimiz 2009-yil 13-aprelda “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish ”sog’lom avlodni shakillantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar 10-96 qarorini  qabul qildi.2009-2010 yilda aholining repraduktiv sog’ligini mustahkamlash ,sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni olib borish va samaradorligini oshirish chora tadbirlarni yetkazish haqidagi  qarorni qabul qildi. “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi yuqoridagi  fikrlarning  amaldagi  isboti hisoblanadi-ki, qabul qilingan bu qarordan xalqimiz  qalbi  yana bir bor faxrga to’ldi. Axir qaysi yurtning ayoli va bolasi shunday yuksak martabalarga loyiq topilgan?! Axir onalarimiz hayot  abadiyligini ta’minlab kelayotgan eng buyuk zot sifatida ana shu e’tirofga, taxsinga sazovorligidan boshi osmonga yana bir bor  yetganligi sir emas-ku! Bularning  barchasi  jannatmakon  yurtimizda  sog’lom  ona va bolaga ko’rsatilayotgan  sharqona  ehtiromning  isboti  emasmu! Baralla  ayta olamizki, biz bunday  an’analarga sodiq  bo’lganmiz  va shunday bo’lib qolamiz.



 

III-IV.   O’tilgan darsni takrorlash va yangi mavzu bayoni

Aziz o’quvchilar,  yangi mavzuni  boshlaymiz.

Aytinglar-chi, botanika fani nimalarni o’gatadi? Darsimizni adabiyot faniga bog’lash maqsadida men sizlarga, Z. M. Boburning “Boburnoma”asarida o’simliklar va hayvonot olami tasvirlangan quyidagi parchani keltirmoqchiman.

Zahiriddin Muhammad Boburning Marg’ilon tasviridagi “Yaxshi qasaba voqe bo’lubtur? Pur ne’mat; anori va o’rugi asru ko’p xo’b bo’lur. Bir jins anor bo’lur, dona kalon” derlar, chuchukligida zardolu mayxushlig’idin andak choshni bor. Samnon anorlarig’a tarjeh qilsa bo’lur. Yana bir jins o’ruk bo’lurkim, donasini olib, ichiga mag’iz solib quruturlar, “subhoni” derlar, bisyor lazizdir” deya yozgan so’zlarida Marg’ilonning anori, zardolisi, o’rigi haqida hamda, uning maza ta’mi  haqida fikr yuritiladi.       Yuqoridagi keltirilgan parchadan ko’rinib turibdiki, o’simliklar olami nafaqat  ilmiy kitob va manbalarda, balki  badiiy adabiyotlarda ham keng  tasvirlanib boriladi.

Darsni boshlashdan avval sizlarga “Aqliy hujum” usuli orqali quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchiman:

Botanika  darsligining  mualliflari kim?

O’.Pratov, A.To’xtayev, F.Azimova.

Brakalla.Aytinglar-chi, ushbu darslikni o’rganishdan maqsadimiz nima?

Biz bu darslikni o’rganishimizdan maqsadimiz,o’simliklarning paydo bo’lishini,hayotini tashqi va ichki tuzilishini, rivojlanishini yer yuzida tarqalishini, tabiat bilan bog’liqligini, ulardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilish usullarini o’rganishdir.

Barakalla, endi darsimizning asosiy qismiga o’tamiz.

Yangi mavzu va reja yoziladi (ekranda namoish qilinadi)

Mavzu: O’zbekiston Respublikasining qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar

                                

                                                         


Download 35,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish