Bo’ri:To’qay deganda nimani tushinasizlar?
O’quvchi: To’qay deb, daryo bo’ylaridagi sernam yerlarda joylashgan turli daraxt, buta va o’tlardan tashkil topgan chakalakzorlar tushiniladi.
Tulki:To’qayda qanday o’simliklar o’sadi?
O’quvchilar: To’qaylarda xilma-xil o’simliklar o’sadi, keng tarqalgan nam sevar o’tlardan qamish,ro’vak, shirinmiya, qo’g’a, yantoq,daraxt va butalardan esa turong’il, yulg’un,tol,jiydakabi o’simliklar o’sadi.
Abu Nasr Al-Farobiy guruhiga savollar.
Bo’ri:Foydali o’simliklar nima uchun kamayib ketmoqda?
O’quvchi: Chorva mollarini beto’xtov boqish natijasida foydali o’simliklar kamayib ketmoqda.
Tulki:Ekologik omil nima? Va necha turga bo’linadi?
O’quvchi: Tashqi muhitning o’simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tqrkibiy qismlarga ekologik omil deyiladi, va u abiotik va biotik guruhlarga ajratiladi.
Bo’ri: O’zbekistonda bug’doydoshlarga mansub qancha o’simliklar o’sadi?
O’quvchilar: O’bekistonda bug’doydoshlarga mansub 91-turkum 271 tur o’simlik o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |