kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar



Download 35,48 Kb.
bet5/10
Sana18.01.2022
Hajmi35,48 Kb.
#390903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kamyob, bevosita yo qolish xavfi bo lmasada, kichik maydonlarda

R E J A:

1.Nima sababdan qizil kitob deb nomlanadi?

2.O’zbekiston Respublikasining qizil kitobi qachon va nima uchun ta’sis etilgan?

3.Kamyoblik darajasi bo’yicha Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar nechta guruhga bolinadi?

4.Qizil kitobda har bir tur uchun qanday ma’lumotlar berilgan?

 

Oquvchilar dosqadagi mavzu va rejani daftaringizga yozib olinglar.



Aziz o’quvchilar, ” Qizil kitob” deb atalishiga sabab nimada va unga qanday o’simliklar kiritiladi?

Qizil kitobga kiritilgan  har bir  o’simlik  uning xavf ostida turganligidan, dalolat beruvchi tashvishli signaldir.

Qizil kitobning mohiyati shundaki , u nobotot olamining kamyob,yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumotlar beruvchi hujjathamdir. Qizil kitobning vazifasi jamoatchilik va davlat ijroya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat.

Tabiatni, shu jumladan, uning ajralmas qismi o’simliklar dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning  eng muhum muammolaridan biriga aylandi.

 Respublikamizda tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli, ayrim yo’qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida mahsus hukumat  qarorlari asosida 1979 yilda O’zbekiston Respublikasining “qizil kitob”i ta’sis etildi. Qizil kitobni tuzishda asosan  O’zRFA  “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA “Botanika ”institutidagi gerbariylardan hamda shu institutlardan ilmiy manbalardan foydalanildi.Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi oily majlisi  1997- yil 26- dekabrda  o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish  to’g’risidagi qarorni tasdiqladi.Kamyob o’simliklarni asrab avaylash maqsadida hukumat qarorlari asosida O’zbekiston Respublikasining qizil kitobini nashr etish yo’lga qo’yildi.1984- yil nashr etilgan O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobiga”  163 tur o’simlik kiritilgan bo’lsa, uning 1998-yili chop etilgan 2 –nashriga 301 tur o’simlik kiritilgan shunday qilib, keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar  o’lkamiz  florasida  yana  138 o’simlik turini  Qizil kitobga kiritish mumkunligini ko’rsatdi.

Qizil kitobga kiritilgan turlar  Respublikada bir hilda tarqalmagan. Jumladan,  Qoraqolpag’iston Respublikasida -11, Andijon-4, Buxoro-24, Jizzax-21, Navoiy-13, Namangan-12, Samarqand-45, Surxondaryo-112, Sirdaryo-2, Toshkent-80, Farg’ona-28, Qashqadaryo-59ta turlar tarqalgan.

Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, kamyob turlarga boyligi jihatidan Surxondaryo (112), Toshkent(-80) Qashqadaryo-(59) viloyatlari oldingi o’rinda turadi.

Takidlash joizki,kamyob turlarning  aksariyati qismi  tog’li hududlarda tarqalgan.

Turlar boyligiga ko’ra burchoqdoshlar (60 tur),qoqio’tdoshlar (50 tur), Yalpizdoshlar(23 tur) oilalari alohida o’rinda turadi.

Bolalar sayohatni yahshi ko’rasizmi? Bugun men sizlarni hayolan sayohatga olib chiqaman.Sayohatga chiqish uchun transport  kerak  bo’ladi.  Men sizlarga  topishmoq aytaman,sizlar esa topishmoqning  javobini  topasizlar:

                   To’rtdir uning oyog’i

                   Temir mihli tuyog’i

                   Manzilga eltib qo’yar

                   Toshdan qattiq tuyog’i

                   Topishmoqning javobi qanotli ot. Qadimgi Yunonistonda qanotli ot ilhom ramzi hisoblangan. Qani bo’lmasa, ilhom otiga minib sayohatga chiqamiz,  sayohatimiz davomida turli voqea va hodisalarga duch kelishimiz mumkun. Bizga o’rgangan bilimlarimiz yordam beradi, muammolarni hal qilishda  yo’l   ochib beradi.

      O’quvchilar ball  to’plab  boradilar, sayohatimiz yakunida ko’p ball to’plagan guruh  g’olib sanaladi.

Hamma sayohatga tayyormi?

Qani bo’lmasa, ilhom otiga minamiz.  O’quvchilar biz qayerga kelib qoldik?

(ekranda tabiat  tasvirlangan   keng ko’kalamzor  o’rmon unda rang  barang  gullar, qushlarning  sho’h ovozlari mayin bir kuy taraladi)

O’quvchilar:  Ustoz biz o’rmonga kelib qoldik.

        O’rmon  deb qanday  joyni aytamiz? O’rmon  deb daraxt  va  butalar qalin o’sgan joyni                                                  aytamiz,   o’rmonda  turli  yovvoyi  hayvonlar yashaydi.

Sayohatimiz davomida  yo’limiz  o’rmon  oralab  o’tganligimiz  uchun  o’simliklarimizni  payhon qilmasligimiz  kerak.Zero, konstitutsiyamizning 50-moddasida har bir fuqoro atrof muhitga ehtiyotkorona bo’lishini esdan chiqarmasligimiz  kerak.                       

Sinf xonasiga bo’ri va tulki kirib keladi.

Hoy bolalar,  nima qilyapsizlar? Biz sizlarni yemoqchimiz.

 Abu Ali Ibn Sino guruhiga savollar beriladi.

O’quvchilar: Biz senga  nima qildik, bizni o’tkazib yubor.

Tulki: Avval bizning savollarimizga javob beringlar.




Download 35,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish