Taʼlim sifatini boshqarishda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy usullarning oʻrni



Download 90 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2022
Hajmi90 Kb.
#637302
  1   2
Bog'liq
Maqola 306 - guruh talabalari 1


TAʼLIM SIFATINI BOSHQARISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY USULLARNING OʻRNI
Falsafa fanlari nomzodi: A.Hasanov
N. Nasriddinova, O.Tohirjonova
QDPI 3-bosqich talabalari
Annotatsiya
Mazkur maqolada taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy metod hamda usullarning qoʻllanilishi haqida soʻz boradi. Hamda 5- sinf ona tili darsligidagi “Qator undoshlar” mavzusi haqida metodik koʻrsatmalar berilgan.
Kalit soʻzlar: kommunikatsiya, intelektual, innovatsiya, kompetensiya, funksiya, metod, interaktiv metod, “charxpalak” metodi, pedagogik innovatsiya.
Аннотация
В данной статье рассматриваются инновационные технологии и использование современных методов и приемов в образовании. В учебнике родного языка для 5 класса также есть методические рекомендации по теме «Согласные».
Ключевые слова: общение, интеллектуал, инновация, компетенция, функция, метод, интерактивный метод, метод «колеса», педагогическая инновация.
Annotation
This article discusses innovative technologies and the use of modern methods and techniques in education. There are also guidelines on the topic of «Consonants» in the 5th grade mother tongue textbook.
Keywords: communication, intellectual, innovation, competence, function, method, interactive method, «wheel» method, pedagogical innovation.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23- sentyabrdagi " Taʼlim toʻgʻrisida" gi 637- qonunga muvofiq taʼlim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish , maʼnaviy barkamol va intelektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash koʻzda tutilgan. Muhtaram davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev innovatsiyaning ahamiyati toʻgʻrisida quyidagilarni ta’kidladi: “ Innovatsiya kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan boʻlsak, uni aynan innovatsion gʻoyalar, innovatsion yondashuv asosda boshlashimiz kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni belgiladi:Kelgusi yillarda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini ijodiy gʻoya va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo’ladi.1Demak, bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion loyalar va texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.


Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim toʻgʻrisidagi qonunida ham ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga ularni sinovdan oʻtkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan.Ta’lim yangi bosqichga koʻtarilmoqda, oʻquvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axboort olish osonlashmoqda bunday oʻsish jarayonida oʻqitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bugungi kunda axborot koʻlami juda kengayib ketdi. Agar oʻqituvchi oʻz ustida ishlamasa avvalgi oʻrgangan bilimlari yetarli boʻlmay qoladi. Dars mavzularini kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bogʻlab, oʻtilsa turli innovatsion texnologiyalardan foydalanilsa dars esda qolishiga erishilishi mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilarga innovatsion usullardan foydalanib fanlararo bogʻlangan holda ekologik-gigiyenik bilimlar bilan darsni toʻldirib oʻtishi kerak.
Innovatsion texnologiyalar pedagog jarayon hamda oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatiga yangilik oʻzgarishlar kiritishdir. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yoʻnalish pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash gʻoyalarining paydo boʻlishi natijasida oʻqituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yO’nalish «Oʻqituvchining innovatsion faoliyati « tushunchasi paydo boʻldi. Innovatsion faoliyat tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mikritichyanning bu haqidagi fikri diqqatga sazovor: - Pedagogik tajriba sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba , sinov ishi oʻqituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha koʻp boʻlsa, oʻqituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi.
5-sinf oʻquvchilariga ona tili fanidan Qator kelgan undoshlar talaffuzi va imlosini oʻrgatishda quyidagi metodik tavsiyalardan foydalanish mumkin. Avvalo oʻquvchilarga qator undosh nima va qanday hosil boʻlishi haqida nazariy tushuncha berilish kerak . Bir boʻgʻinda yonma - yon ikki xil undosh kelgan soʻzlar qator undoshli soʻzlardir.2 Masalan: pand , aql, farzand va boshqalar. Qator undosh bilan tugagan baʼzi soʻzlar talaffuzida oxirgi undosh deyarli aytilmasa-da lekin yoziladi .Masalan: goʻsht , xursand, doʻst kabi soʻzlarda ushbu holat kuzatiladi. Berilgan metodik tavsiyalarda O’quvchilarga qator kelgan undoshlar haqida tushuncha berish (lingvistik kompentensiyani shakllantirish) nutqiy kO’nikmasini rivojlantirish (axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish) da katta yordam beradi va O’quvchilarning darsda faolligini oshirishga, dars sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Oʻquvchilardan uyga vazifani soʻrashda test usulidan foydalanamiz ya’ni ochiq va yopiq test usulidan foydalanamiz. Birinchi ochiq testlarni beramiz keyin esa yopiq testlarni beramiz. Bu bizga vaqtni tejashga yordam beradi. Yangi mavzu bayonida esa bolalar uchun beriladiga birinchi topshiriq « Xatoni top « metodi orqali bajariladi. Bu usulda bolalar toʻgʻri yozilgan qator undoshli soʻzlarning orasidan notoʻgʻri yozilgan soʻzlarni topishadi.
Masalan: traktor, bryoker, stol, istakan, kirem
Ikkinchi topshiriqda « Nima yetishmayapti « metodidan foydalanamiz. Bu metod orqali oʻquvchilar soʻzlarda qaysi tovush yetishmayotganligini topadilar.
Masalan: goʻsh, mush, doʻs, sus, darax, bax.
Oʻquvchilarda mavzu yuzasidan bilim-koʻnikma hosil boʻlgandan soʻng, mashqlar bajarishga oʻtamiz. Mashqlarni bajarishda « Keragini top « usulidan foydalanamiz. Mashqda keltirilgan sodda gaplar tarkibidan qator undoshlilik hosil qilgan soʻzlarni ajratib topishadi. Bu oʻquvchida oʻqib tushunish, yozib tushunish malakalarini shakllantiradi.
O ʻquvchilarda bilim, koʻnikma, malakalarni hosil qilishda « Charxpalak « metodi samarali natija beradi. Ushbu metodning afzalliklari shundaki, bolalar uchun qiziqarli. Ularning yosh xususiyatlariga mos kelishi bilan ajralib turadi.
Jadval quyidagi koʻninishga ega:
Oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida «Tafakkur « mashqini oʻtkazamiz. Bu usulimizda rasmlardan foydalanamiz. Rasmlar orqali bolalar qator undoshlilik hosil qilgan kichik matn tuzishadi bu esa bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi. Rasm orqali oʻtkazgan mashqlarimiz bolalarning esda qolish qobilyatini kuchaytiradi. Darsni yakunlovchi qismida ya’ni oʻtilgan yangi mavzuni mustahkamlash uchun «Kel esga olaylik» test metodidan foydalanamiz.3 Bu usul orqali oʻquvchilar yangi mavzuni qay darajada egallaganligini bilib olamiz.
Hozrgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday boʻlishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda oʻquvchilarning faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirb topishlariga., mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqishlariga oʻrgatadi. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyalarini bajaradi. Ta’lim jarayonida oʻquvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar oʻquvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega boʻlishlarini ta’minlaydi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish