Kamilova zebiniso nusrat qizi son tushunchasining rivojlanish tarixi va istiqbollari



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/36
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
dissertatsiya Kamilova Zebiniso

 
I. NATURAL SON TUSHUNCHASI 
“Natural son” terminini birinchi bo`lib Rim davlat arbobi, faylasuf 
matematika va musiqa nazariyasida qator ilmiy ishlar muallifi Boesiy (480 – 524 
гг.) kiritgan, ammo ungacha grek matematigi Nikomax natural sonlarga “tabiiy 
sonlar qatori” deb baho bergan edi.
“Natural son” tushunchasini hozirgi zamon tilida fransuz matematigi 
Dalamber (1717-1783 y.) ko`p marta foydalangan.
Matematik tarixchi olimlar son haqidagi dastlabki tushunchalar tosh asri 
davrida oziq-ovqatni faol yetishtirish va yig`ishtirish jarayoni bilan eramizdan 10 
000 yil avval paydo bo`lgan deb hisoblashadi. Sonli terminlar shakllanishi juda 
sekin ravishda rivojlana boshlagan va zarurat uchun foydalanishda qo`llanilgan. 
Qadimgi insonning sonni abstrakt (xayoliy) tasavvur etishigacha juda ko`p yillar 
bosib o`tishi talab etilgan. Ular uchun dastlab “bir” va “ikki” sonlari yetarli 
bo`lgan. Qolgan miqdorlar ular uchun noma’lumligicha qolgan va umumiy 
ravishda “ko`p” tushunchasiga mujassamlashgan.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishning o`sishi, turli ob’yektlarning qo`shilishi 
kundalik hayotda ularni hisobga olish zarurati natijasida yangi: “uch”, “to`rt” ... 
sonlarini paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Uzoq vaqtlargacha sonlar bir – yetti sonli 
oralig`ida chegaralangan.
Yetti soni bilan bog`liq afsonayu-asotirlar davrlar osha o`z qiymatini 
yo`qotmasdan bizgacha yetib kelgan. 
Masalan, ko`pgina xalq ertaklarida tabib: “Ushbu tayyorlangan dorini yetti 
kun davomida yetti mahaldan yetti tomchidan ichish kerak”, - deb ta’kidlaganini 
barchamiz o`qiganmiz va og`zaki ijod namunalarida guvoh bo`lganmiz. Huddi 
shunga o`xshash yetti soni bilan bog`liq juda ko`plab misollarni keltirish mumkin: 
Yetti kun bir hafta; 
Dunyoning yetti mojizasi; 
Yetti ajdodingni bilishung kerak; 


10 
Yetti o`lchab bir kes; 
Yetti qadam orqaga va yetti qadam oldinga; 
Yetti yulduz va hakazo... . 
Dunyo ishlari va tashvishlarini tushunish qiyinlashishi bilan yangi sonlarni 
kelib chiqishiga sabablar paydo bo`ldi. Shunday qilib, sonlarning yangi chegarasi 
qirq soni shakllangan. Qirq soni bilan bog`liq xalq maqollari, afsonalari va 
rivoyatlari paydo va bizgacha yetib kelgan: 
Qirq kechayu, qirq kunduz; 
Qirq qaroqchi; 
Yigitga qirq hunar ham oz; 
Qirq qiz; 
Qirq kunlik chaqaloq ... 
Shu kabi qirqta qirq ya’ni 1600 sonigacha sonlar oralig`i kengayishi 
kuzatilgan. Qirq soni chegarasida miqdorlarni o`lchashning rus o`lchamlarida ham 
kuzatish mumkin. Bir pud 40 fund, qirq paqir sig`imli qirqlik bochka va hakazo.
“Oltmish” soni tarixi haqida so`z ketganda Vavilon (Bobil-hozirgi Suriya va 
Iroq territoriyalari), fors, grek afsonalarida eng katta va mukammal son sifatida 
afsonalar vujudga kelgan. Vavionliklar oltmish sonini ilohiy son deb qarashgan. 
Vavilon shohi Novuxodonsor saroyining oltmish tirsak o`lchovli balandligida oltin 
but joylashtirilgan. Bu kattalik asosisida 300, 360 sonlari paydo bo`lgan. 
Vavilonlikarning oltmishlik sonoq sistemasi elementlari sifatida burchakning 
garadus o`lchovi, vaqt o`lchovi kabilar bizgacha yetib kelgan.
Navbatdagi sonlarning chegarasi slavyan xalqlarida 10 000 ga teng bo`lgan 
“t’ma” (qadimgi greklarda bu “miriada”) va unga o`ziga o`zining ko`paytmasi 
100 000 000 chegarasida sonlar mavjud deb hisoblashgan. Slavyanlar “Katta son” 
yoki “katta hisob” deb ataluvchi boshqa sistema bilan ham ish olib borishgan. Bu 
sistemada “t’ma” 10
6
ga teng bo`gan, unga bog`liq sonlar “legion” – 10
12
, “leodr” 
– 10
24
, “voron” – 10
48
, “koloda” – 10
96
deb atalgan. Bu sondan katta son mavjud 
emas ded hisoblangan.


11 
Antik davrda Arximed (er.avv. III asr) “qum donalarini sanash” misolida 
8х10
16
sonigacha keltirgan bo`lsa, Zenon Eleyskiy (er.avv. IV asr) o`zining 
paradokslarida son cheksiz davom etishini aytgan.
Umuman olganda, son – matematikaning asosiy tushunchalaridan biri 
bo`lib, kishilarning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan deyish mumkin. Bu yerda 
natural sonlar ushbu ehtiyojlarning dastlabkisi deyishga haqlimiz. Natural son 
buyum va turli narsalarni sanash ehtiyoji tufayli vujudga kelgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish