Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Gen injenerligigining asosiy bosqichlari va metodlari



Download 17,32 Mb.
bet45/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Gen injenerligigining asosiy bosqichlari va metodlari.

V.Iogannsen 1909 yili fanga gen xaqidagi ma'lumotni kiritdi. Kup olimlarning fikricha, gen – bu irsiyat va mutasiya birligi, u DNK moleqo’lasining bir bo‘lagi, gen – bu juda mayda qismlardan – sistron, mo‘tan va rekondan iborat degan fikrlarni bildirishganlar. Shunga qaramasdan genni xar tomonlama o‘rganib, u xaqida aniq ma'lumotlar yaratildi: Har bir gen xromosomaning ma'lum bir joyi (lokus)da joylashadi; gen nukleotidlari ma'lum bir tartibda joylashgan DNK moleqo’lasining bir qismi, gen tarkibiga kiruvchi nukleotidlarning soni xar bir gen uchun xar xildir; 90 struktura va funksional genlar mavjud bo‘lib, struktura genlari ishtirokida ma'lum xossaga ega bo‘lgan sintez qilinsa, funksional genlar ta'sirida esa struktura genlarining ishi boshqarilib turiladi; gen ichidagi nukleotidlarda qayta qurilish bo‘lishi mumkin; bitta gen ikki xil xolatda uchrashi mumkin, bunday genlari allel genlar deyiladi; xar bir gen ma'lum bir belgining rivojlanishini yuzaga chiqaradi, ya'ni DNK(gen)RNKoqsil(ferment)belgi; genlar irsiy belgilarni uzlarida saklaydilar: bo‘linayotgan hujayralarda genlarning soni doimo ikki marta oshadi va xosil bo‘lgan yangi hujayralar barcha genlar bilan ta'minlanadi; gen tarkibidagi DNK moleqo’lasi tashki va ichki omillar ta'sirida o‘zgarishi mumkin, lyokin bu o‘zgarishlar ma'lum fermentlarning ishtirokida yana oldingi xolatiga kaytishi mumkin, ya'ni genda bo‘ladigan o‘zgarishlarning barchasi ham mutasiyaga aylanavermaydi.


Genetik injeneriya – molekular, genetik, biokimyoviy usullarni qo’llab, maqsadda ko’zlangan irsiy xususiyatga bo‘lgan genetik to‘zilishlarni, ya'ni DNK moleqo’lasini, hujayrani yoki organizmni xosil qilish. Yuqorida qursatilgan fanlarning keyingi 10-15 yillarda qo’lga kiritgan yutuklari organizm genotipini, demak genotipik belgilarni ham o‘zgartirish maqsadida genlar bilan turli amallarni bajarishga imkon beruvchi uslublarni ishlab chiqishga olib keldi. Bunday tadkikotlarning asosiy maqsadi, organizmdan olingan genlarni ikkinchi organizm genomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchirib o’tkazish yo’li bilan yangi fenotiplar yaratish, genomning irsiy nuqsonlarini tuzatish, ya'ni irsiy kasalliklarga davo qilishdio.
Gen injeneriyasining dastlabki yutuklari odam uchun foydali maxsuotlari, jumladan, dori moddalarini sintezlab beradigan yangi mikroorganizm formalarini yaratish bilan bog‘liqdir. Gen injeneriyasi yordamida nukleotidlar tarkibi o‘zgargan DNK moleqo’lasi xosil qilinadi va uni ishlab to‘rgan hujayra genomiga o’tkaziladi va shu bilan yangi irsiy belgili hujayralar olinadi. Gen injeneriyasi uchta bosqichda olib boriladi: 1 – kerakli gen ajratish yoki sintez qilish; 2 – kerakli geni bo‘lgan DNKni kuchiruvchi (vektor) DNKsiga ulash; 3 – kerakli gen ulangan vektor DNKsini hujayraga yoki organizmga o’tkazish. 91 Gen injeneriyasi buyicha muljallangan maqsadga erishish kuyidagi asosiy masalalarning kanday yechilishiga bog‘liq: 1 – xar xil organizmlardan olingan DNK moleqo’lasini mayda bo‘laklarga (genlarga) ajratish; 2 – genlar ichidan keraklisini topib, shu geggi tashib yuruvchiga (vektorga) birlashtirish; 3 – DNKsida kerakli gen bo‘lgan vektorni hujayraga kirgizish; 4 – kupgina hujayralar orasidan kuchirib o’tkazilgan genni olgan resipient hujayralarni ajratish. Har bir organizmdan olingan DNK moleqo’lasini mayda bo‘laklarga (genlarga) ajratish – endonukleaza, transferaza va ligaza fermentlari topilgandan keyin xal etildi. Genlar ichidan keraklisini topib, shu genni tashib yuruvchi vektor sifatida plazmidlar DNKsidan foydalanildi. DNKsida kerakli gen bo‘lgan vektorni hujayraga kirgizishda kal'siy tuzlaridan foydalanildi. Kal'siy tuzlari ta'sirida vektorni kabul kiluvchi hujayralar membranasining o’tkazuvchanligi oshar ekan .Kupgina hujayralar orasidan kuchirib o’tkazilgan genni olgan resipient hujayralarini ajratish genetik va biokimyoviy usullardan foydalanib, kerakli gen bo‘lgan hujayralarni (klon) ajratib olish bilan xal etildi. Gen injeneriyasida hujayradan ajratib olingan kerakli gen kuchirib o’tkazuvchi DNKsiga, ya'ni vektor DNKsiga ulanadi. Odatda lyambda bakteriofagi hayvonlarning ayrim onkogen viruslari; bakteriyalarning plazmidasi va episomalari vektor sifatida ishlatiladi. Restriktaza fermentlari yordamida plazmida DNK zanjiri bir-biridan ajratilib, uning yakka DNK ipi mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Restriktaza fermentlarining 50dan ortiq xili bo‘lib, xar birining DNK moleqo’lasida o‘zining ta'sir qursatadigan, ya'ni uzadigan joyi bor. Shular ichida eng kup ishlatidadigani restriktaza EcoRI. Bu restriktazani ishlatishning qo’layligi shundaki, u DNK moleqo’lasining ma'lum bir joyini, ya'ni aniqrogi adenin va timin orasidagi bogni uzadi. Natijada yakka ipli DNKning boshqa DNK bo‘lagi bilan oson birlashadigan mayda bo‘laklar paydo bo‘ladi va bu bo‘laklarda nukleotidlarning joylashishi bittasida fakat adeninli asosdan boshlansa, ikkinchisi fakat timindan boshlanadi. Boshqa DNK bo‘lagini o‘ziga osongina birlashtiradigan DNK bo‘lagi va ajratilgan,ya'ni kerakli genni ligaza fermenti bo‘lgan eritmaga solinadi. Ligaza fermenti kerakli geni shu genni kuchiruvchi plazmida DNKsiga ulaydi. Natijada xar xil DNKli (ximer) plazmida xosil bo‘ladi. Ular endi shunday plazmidalarni o‘ziga kabul kiluvchi hujayralari 92 (resipientlar) bo‘lgan sovuk xoldagi kal'siy xlor eritmasiga tushiriladi. Agar eritmani tezlik bilan kizdirilsa, hujayralar pustining hujayra uchun begona bo‘lgan moddalarni kiritmaslik xususiyati yukoladi. Shuning uchun xar xil DNKsi bo‘lgan plazmida bakteriya hujayrasiga osongina kirib, uning DNKsiga birlashib oladi. Shu bakteriya hujayrasi bo‘lganda undan xosil bo‘lgan yangi hujayralar endi oldingilariga uxshash bulmaydi. Kerakli genlarni olish uchun:
Gen injenerligi 3 ta guruxga bo‘linadi. Rekombinat DNK ga genlarni to‘g‘ri o’tkazish Butun genloar xromosomani yoki genlarning ma'lum qismini o’tkazish - xromosomalar Genetik materialning bir qismini yoki barisini bir hujayradan o’tkazish genomlar Xozirgi zamon gen injeneriyasida 4 ta asosiy etaplar: kerakli genni olish uni genetik elementga (vektor) o’tkazish, replikasiya – kobiliyatli organizm – resipientga vektor tarkibida kirgan genni kiritish A) DNKdan uni ajratish: B) ximiko-fermentativ sintez qilish yo’li: V) Revertazlar RNK-zavisimi yordamida, matrisali RNKni izolyasiya qilish asosida DNK-polimerazani qayta yaratish. A) DNK dan genlarni ajratish. Izolyasiya qilingan DNK fragmentasiyaga uchratiladi. Buning uchun DNK zanjirida aniq ketma-ket joylashgan nukleotidlar (4-7 juft nukleotidlar joylashgan uzunlik) DNK ni parchalanishini tezlashtiruvchi restriksion endonuleoza (restriktizalar) ishlatiladi. Xozirgi vaqtida 400 dan oshik restriktaza ma'lum, ular 85 ta xar xil nukleotidlarning ketma-ketlikni aniqlaydi. Parchalanishi aniqlangan nukleotidlarning urtasidan bo‘lish mumkin, u vaqtda DNKning ikkala zanjiri bir xilda kesiladi. Xosil bo‘lgan fragment (bo‘lak) ikki zanjirli uchi utmas bo‘ladi. Boshqa restriktazalar DNKning zanjirini bir yerdan kesmasdan xar xil joydan kesadi, ya'ni zinapoyalar xosil qilishadi. Bunda bitta zanjirda bir nechta nukleotidlar o‘tadi. Bunda bir zanjirda oxiri yopishkokli xosil bo‘ladi. Agar DNK fragmentining ikkita yopishkokligi (bitta restriktaza yordamida kesilgan bulsa) qo’shilsa, ularda nukleotidlarning osonlik bilan qo’shiladi. Agar zaruriyat bulsa, uchi utkir bulmagan zanjirlarni yepishkok formaga aylantirish mumkin. Buning uchun utkir bulmaganning oxiriga 2 zanjirli ketma-ket (linkerlar) yepishtiriladi. Bunda restriktazalar yerdamida yepishkok xosil qilinadi. B) Genlarni ximiko-fermentativ uslub bilan olish. Bu uslubning muhimligi nativ DNKdan restriktaza fermenti ta'sirida genlarni kesishning al'ternatividir. Ushbu uslubga kiska (8-16 zvenoli) bir zanjirli DNK fragmentlarining (oligonukleotidlar) kimyoviy sintezi, nukleotidlar va tiqilayotgan oligonukleotidlar orasida bosqichma-bosqich efir boglarining xosil bo‘lish xisobiga, ya'ni ikki zanjirli polinukleotidlarning DNK-ligazalar ta'sirida xosil bo‘lishidir. Ximiko-fermentativ sintez aniq, kiska zaruriy nukleotidlarning ketma-ketligini yaratish va DNK fragmentidagi ortiqcha nukleotidlarning ketma-ketligidan kutulish muammolari yechiladi. Genlarning ximiko-fermentativ uslub bilan sintez qilish uchun nukleotidlarning ketma-ketligi xaqidagi informasiya to‘liq bo‘lishi zarur. Bunday informasiyani olish kiyin bo‘lganligi sababli bu uslub chegaralab qo‘yiladi.
Matrisali RNK (mRNK)ni hujayradan ajratib olish asosida genlarni fermentativ sintez qilish. Genlarni sintez qilishda bu uslub juda ham ommalashgan. Qayta transkriptaza (revertaza) mRNKga komplementar xolatda DNK ipining sintezini katalizlashtiradi. Olingan bir zanjirli DNK, DNKga komplementar deb ataladigan DNK-polimerazalar yoki revertazalar qo’llash bilan DNKning ikkinchi ipini sintezlash uchun matrisalar sifatida foydalaniladi [48]. Bu uslubning muhimligi shundan iboratki, olinadigan gendan intronlar va transkribasiya kilmaydigan ketma-ketlik bulmaydi. DNK fragmentlari (bulimlari) aralashmasidan genni ajratib olishdan qura mRNK kerakli turi hujayraga akkumulyasiya qilishiga sharoit yaratish yaxshirokdir. Uslubning asosiy moxiyati DNKning sintezi RNKga bog‘liqdir. Bu uslubda 1979 yilda insonning usishini boshqaruvchi garmoni (somatotropin) geni olingan.



Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish