Асосий адабиётлар:
Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014. -225 б.
Давронов Қ. Биотехнология:илмий, амалий ва услубий асослари. Тошкент. “Patent-press” 2008.
Иноғомова М., Вахобов А.Н. Микробиология ва вирусология асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. Университет. 2010.
Қўшимча адабиётлар:
Комилов Х.М., Рахимов М.М., Одилбекова Д.Ю. Биотехнология асослари. Тошкент: Extremum press. 2010.
Клунова С.М., Егорова Т.А., Живухина Е.А. Биотехнология. Учебник. Академия. Москва 2010
Коростелева Н.И., Громова Т.В., Жукова И.Г. Биотехнология. Учебное пособие. АГАУ. Барнаул. 2006
Ахборот манбалари:
1.http://www.ziyonet.uz/
2. http://www.google.co.uz/
3. http://www.google.ru/
4. http://www.biotehnolog.ru/
5. https://ru.wikipedia.org/
11-mavzu PROTOPLASTLAR VA ULARNING KULTURASINI OLISH.
Reja :
1.O'simlik hujayrasi haqida ma'lumot
2.O'simlik hujayrasining qobig'i.
3. Kallus hujayralari kulturasini olish.
4.Protoplastlarni ajratib olish usullari.
5.Somatik gibrizatsiya
1.Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin.
Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi.
Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalar.
Ayrim manbalarda Hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik Hujayrada boʻladigan membrana strukturalari mikronay-chalar, mikrofibrillalar Hujayra shaklining; Hujayra kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham Hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan eukariotlarda H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi.
Hujayra tiriklikning eng kichik strukturaviy birligi hisoblanib,u bir qator organoidlardan tashkil topgan. Hujayralarning o`lchami, shakli va funksiyasi har xil bo`ladi, lekin ularning hammasida ham ba`zi umumiy tuzilish belgilari bor. Har qanday hujayraning asosiy qismi sitoplazma va yadrodan iborat. Hujayra yadrosida ipsimon xosilalar bo`lib, ular xromosomalar deyiladi Hujayralar bir necha qavat molekulalardan tashkil topgan va moddalarning tanlanib o`tishini taminlaydigan membrana (parda) bilan o`ralgan. Hujayraning suyuq ichki muxiti bo`lgan sitoplazmada juda mayda organoidlar joylashgan. Endoplazmatik to`r ribosomalar, mitoxondriyalar, lizosomalar, Golji komplekslari, hujayra markaziy membranasi hujayra organoidlaridir. Organoidlar ham xuddi tana organlariga o`xshab ma`lum funksiyalarni bajaradi va hujayraning hayot faoliyatini ta`minlaydi. Masalan: ribosoma deb ataladigan organoidda oqsillar hosil bo`lib, mitoxondriyalarda energiya manbai bo`lib xizmat qilinadigan moddalar ishlanib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |