Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 17,32 Mb.
bet47/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

TRANSFORMASIYA – erkin va, shu jumladan, plazmidning DNK ni resipient hujayraga o’tkazib, hujayradagi belgilarning o‘zgartirilishi. Bunday xolatda resipient xromosomadagi bir ipli DNK fragmentiga rekombinasiya sodir bo‘ladi yoki xromosomadan tashkaridagi genetik birliklarda rekombinasiya bo‘ladi. Transformasiya DNK bakteriyalarda sodir bo‘lishini 1926 yilda Griffit pnevmakokklarda ko’zatdi. Genetik material hujayraga utgandan keyin, hujayra ichkarisidagi nuklazalar bilan xujum qilinadi. Kon'yugasiya yo’li bilan ayrim plazmidalar o’tkaziladi. Bunday xolatda informasiya bakteriyaning bir hujayrasidan (erkakdan, donordan) boshqasiga (ayolga, resipientga) jinsiy vorsinkalar orqali (oqsilli trubkalar orqali) o’tkaziladi. Genlarni klonlash istiqbollari. Hozirgi kunda dunyo farm kompaniyalar dori oqsil tabiatli dori preparatlarni genlarni klonlash orqali olishmoqda va sarmoyaga ega bo‘lishmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda mazqur sohaga ko‘plab mablag‘ ajratishmoqda.


O‘zR FA ilmiy tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar.


Gen va hujayra injeneriyasi doirasida O‘zR FA qarashli bir qancha ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. O‘zRFA Bioorganik kimyo instituti Genomika laboratoriyasi va Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida biologiya fanlari doktori, professorlari Sh.U. Turdiqo’lova, R.S. Muxamedov va uning shogirdlari tomonidan molekular gen injeneriyasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Odamdagi irsiy kasalliklarning gen va xromosom mutasiyalarining tashxisi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, Ko‘krak bezi saratonida BRCA genlari mutasiyasi aniqlangan va klinikalarga metodik qo‘llanma sifatida taqdim qilindi. Qandli diabet, fenilketanuriya, Bronxial astma, gipertoniya genetik tahlil qilish bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Bronxit, giperurekemiya, Oshqozon saratoniga moyilliklarini va H.pylori bakteriyasining patogenligiga sabab bo‘luvchi genlari bo‘yicha genotiplandi va ushbu bakteriyani antibiotikka chidamliligi o‘rganilmoqda. Jinsiy va autosom xromosomalarni o‘ziga xos uchastkalariga (lokuslari) qarab xromosomalarni va jinsni erta aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Adrenagenital sindromiga sabab bo‘luvchi CYP21A2 genining mutasiyalari aniqlanmoqda. Bundan tashqari farmokogenetika, kardiologiya, gestroenterologiya, dermatologiya ilmiy tekshirish institulari bilan hamkorlik olib borilmoqda. Olingan natijalar tashxis qo‘yishda qo‘l kelmoqda. Respublikamizda ishlab chiqarilgan va chetdan kirib kelayotgan oziq ovqatlarni tarkibida geni modifikasiyalangan organizmlar (GMO) bor yoki yo‘qligini aniqlanmoqda . 96 O‘zR FA, Paxtachilik va Qishloq ho‘jaligi vazirligiga qarashli Genomika va bioinformatika markazida asosan sho‘rga, kasalliklarga, erta pishadigan, bargini o‘zi to‘kadigan g‘o‘za navlarini olish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bug‘doy va kartoshka navlarini yaratish bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Gen nakaud, gen nakdaun texnologiyalari asosida ―Porloq 1, 2, 3, 4‖ navlari yetishtirilib sinov tajribalariga taqdim qilindi. Akademik I.Yu. Abduraxmonov va uning shogirdlari tomonidan mazqur paxta navi uzoq turlarni chatishtirib olingan tetraploid navni fotosistemaga javob beruvchi genlar to‘plamining bir qismini o‘chirib qo‘yish evaziga g‘o‘zani erta gullashi va meva berishiga erishilgan. Shreyder nomli ilmiy tekshirish instituti qoshida hujayra injineriyasi asosida yoqolib borayotgan va intraduksiya qilingan o‘simliklarni meristema hujayralarida ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda. O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti hujayra qo’lturasi laboratoriyasida Perudan keltirilgan kasallikka chidamli kartoshka bilan madaniy kartoshkani meristema hujayralaridan yangi kasallikka chidamli kartoshka navlari yaratilmoqda. O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti oqsillar va peptidlar strukturaviy funksional o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Birinchi marta O‘rta Osiyoda yashaydigan hayvonlar - Latrodectus tredecumguttatus va Segestria florentina qoraqurt o‘rgamchaklari, Vespa va Vespa germanica arilari, hamda Bufo viridis yashil qurbaqasi zaharlari komponentlarining strukturasi va funksiyasi o‘rganilgan. G‘o‘za tarkibidagi 100dan ortiq birikmalar o‘rganilgan. Gossipol asosida 200 dan ortiq hosilalar sintezlangan bo‘lib, ulardan dori preparatlari olingan. G‘o‘za zararkunandalaridan tunlam kapalagiga qarshi feramonlar sintezlab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari ko‘pgina o‘simliklardan dori preparatlarini olish texnologiyasi yo‘lga qo‘yilgan.



Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish