Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 17,32 Mb.
bet49/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Hujayra pardasi. Barcha hujayralar sirtdan sitoplazmatik membrana bilan o'ralgan, shu membrana ularning ichidagi suyuqlikni atrofdagi muhitdan ajratib turadi. Elektron mikroskopik, rentgenotuzilish, tekshirishlari va boshqa zamonaviy tekshirish metodlari hujayra pardasining molekulyar tuzilishini bir qadar aniqlab olishga imkon berdi.
Dastlabki, ammo hali ham keng tarqalgan farazlardan biriga (D a -niyelli-Devson-Robertson faraziga) qaraganda, hujayra par-dasi uch qatlamdan iborat. Tashqi monomolekulyar qatlami murakkab uglevodlar, mukopolisaxaridlar va glikoproteidlardan tuzil­gan. Ichki qatlami oqsil molekulalari qavatidan iborat. O'rta qatlami bimolekulyar fosfolipidlar qavatidan tuzilgan, bularning qutbli guruhlari tashqi va ichki qatlamlariga qarab turadi. Mana shu qutbli guruhlar tufayli fosfolipidlarning molekulalari oqsil molekulalari yaqinida elektrostatik kuchlar yordamida tartib bilan ushlanib turadi. Bu pardaning qalinligi 75 nm atrofida.
Lipid qatlami borligi tufayli yog'da eriydigan moddalar hujayra pardasi orqali oson o'tadi. Lipid qatlamida ichi oqsil molekulalari bilan qoplangan teshiklar, kanallar bo'ladi, deb taxmin qilinadi. Mana shu teshiklar yog'larda erimaydigan moddalarning parda orqali o'tishini ta'minlab beradi. Pardaning moddalarni tanlab-tanlab o'tkazishini teshiklarining diametri va ichki devorining zaryadi idora etib boradi.
Hujayra pardasigina emas, balki hujayra ichidagi tuzilmalar (orga-nellalar) ning membranalari, va umuman, tirik organizmdagi boshqa membranalar ham xuddi yuqorida aytilgandek tuzilgan deb taxmin qilinar edi. Shuning uchun bu tipdagi tuzilish «universal membrana» deb ataldi. Keyinchalik hujayra pardasining xossalari to'g'risida bir qancha yangi ma'lumotlar to'planib qoldiki, bularni shu xildagi ancha oddiy tuzilish bilan tushuntirib bo'lmas edi. Hozirgi vaqtda molekulalaming membranaga joylashuvining boshqa usullari ham bo'ladi, deb faraz qilinadi. Chunonchi, fosfolipidlarning qutbli guruhlari («boshchalari») hujayra pardasining sirtida bo'lishi va suvga taqalib turishi, «dumlari» esa oqsil iplari bo'ylab joy olishi mumkin deb hisoblanadi («gilam» tipida joylashuv). Joylashuvning yana bir tipi — «mozaik» tipi ham bo'lishi mumkin, bunda oqsillar bilan ayrim lipidlar emas, balki lipid mitsellalari o'zaro ta'sir qilib turadi. Bunday membrana birikkan oqsil sharlari (globulalari) dan iborat bo'ladi, ularning o'rtasidagi bo'sh kamgak lipid molekulalari bilan to'lib turadi.
Mana shu modellarning har biri membranalarni o'rganish mahalida kuzatiladigan dalillarni tushunib olish va izohlab berish uchun taklif etilgan. Biroq, mavjud konsepsiyalarning birontasi, jumladan murakkab qadama modeli deb ataladigan xili ham, hujayra pardalarining xossalari to'g'risida to'plagan barcha dalillarni hozirgacha tushuntirib bera olmaydi. Shunday bo'lsada, hujayraning funksional xossalari, jumladan, membranasining yarim o'tkazuvchanligi hujayra pardasining molekulyar tuzilishiga bog'liq ekanligi mutlaqo ravshan.
Hujayra pardasi hujayra suyuqligi bilan atrofdagi muhit o'rtasida bo'ladigan moddalar almashinuvini idora etib boradi. Atrofdagi muhitdan hujayraga moddalar o'tishi va, aksincha, hujayradan atrofdagi muhitga moddalar chiqishi moddalar diffuziyasiga, qanday bo'lmasin birikmalarning hujayraning ichi va tashqarisida har xil konsentratsiyada bo'lishiga; moddalarning energiya sarflab turib, konsentrasiya gradiyentiga qarshi faol tashilishiga; fagotsitoz va pinotsitoz hodisalariga bog'liqdir.
Fagotsitoz Mechnikov tomonidan kashf etilgan bo'lib, hujayraning qattiq zarralarni yutib olishidan iborat hodisa, pinotsitoz hujayralarga suyuq zarralarning yutilishidir. Fagotsitoz va pinotsitoz jarayonida hujayra pardasi xaltumlar hosil qiladi, shu xaltumlari atrofdagi muhitda turgan zarralarni o'rab oladi. So'ngra shu zarralar o'zini o'rab turgan hujayra pardasi bilan birgalikda rnembrananing ichga tortilishi natijasida sitoplazma ichiga botib kiradi. Ichga kirgan ana shunday tortilmalar pardaning qolgan qismidan ajraladi va sitoplazmada erkin holda yotib qoiadida, shu yerda yana o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar yutilgan zarralarni hazm qilish yoki parchalashga aloqador bo'ladi.
Dori preparatlarning ta'sir mexanizmlarini o'rganishda biologik mem-branalarning roli juda katta, chunki preparatlarning terapevtik ta'siri biologik membranalardan qanchalik o'ta olishiga ko'p jihatdan bog'liq. Bundan tashqari, dori agentlarining ta'siri ko'pincha membrana jarayonlariga qaratilgan bo'ladi, chunki mazkur moddalarning talaygina biologik «retseptorlari» membranalarda joylashgandir.
Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi Hujayralari ayniqsa juda pishiq devoriga ega boʻlib, Hujayra halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik Hujayrasining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi.
Oʻsimlik Hujayralari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor Barcha eukariotlar Hujayrasi bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular prokariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega.
Barcha Hujayra. membranasining funksiyasi ham oʻxshash. Hujayra. tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi Hujayra. oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi Hujayra.ning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻliq.
Bir hujayralilar Hujayrasining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi.
Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin Hujayra mitoxon-driyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot Hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish