Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Tozalanmagan kompleks ferment preparatlarining olinishi



Download 17,32 Mb.
bet57/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Tozalanmagan kompleks ferment preparatlarining olinishi
Tozalanmagan ferment preparati — mikroorganizm kulturasini mo'tadil sharoitda namligi 8—12% ga olib kclingan va butun oziqa muhiti qoldiqlari bilan birgaiikdagi massasidir.
Tozalanmagan ferment preparati kulturani qattiq yoki suyuq oziqa muhitida o'stirish yoii bilan olinishi mumkin. Suyuq mu-hitda o'sgan kultura quritishdan oldin biomassasi va oziqa muhiti qol-diqlaridan qisman tozalangan yoki shundayligicha quritilgan bo'ladi.
Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan mikroorganizm kulturasi, odatda, 35% dan 58% gacha namlikka ega bo'ladi. Bunday mahsulot chidamsiz bo'lganligi sababli, uni tezda ishlab chiqarishga joriy qilish yoki namlik darajasi 10—12% gacha bo'gan holgacha quritib olish kerak. Quritish jarayonidan oldin o'stirish xonasidan olingan mikroorganizm maydalanadi va keyin quritiladi.
Mikroorganizm kulturalarini quritish uchun tasmali, tonnelli, shaxtali, barabanli, javonli (shkafli) va tebranuvchan quritgich-lardan foydalanish mumkin. Ishlab chiqarishda, yuqorida qayd qilinganlarga nisbatan ko'proq, to'g'ri yo'naltirilgan baraban tipidagi quritgichlar ishlatiladi. Bunda ho'l kultura issiqUk beruvchi qurilma bhan birgalikda 80—85°C da quritgichga tushadi. Bunday yuqori haroratda quritiluvchi ho'l mikroorganizmlarning mayda bo'lakla-ridagi namning bug'lanishi hisobiga qattiq qizib ketish holati kuza-tilmaydi va undagi fermentlarning faoUigi deyarli to'Uq saqlanadi. Ko'pchilik barabanli quritgichlarning ichki tomonida parraksimon kurakchalar mavjud bo'lib, baraban 6—8 min-1 tezlikda aylanishi hisobiga quritilayotgan materialning bir tekisda tarqalishini va quri-tihshini ta'minlaydi. Shuning uchun bunday tipdagi quritgichda quritilgan mahsulot butun massasi bo'ylab bir xil namlikka ega bo'ladi. Ushbu quritgichda mikroorganizm bo'lakchalari 3—7 min davomida quritiladi, berilayotgan issiqlik tezligi 2—3 m/s, kirishdagi harorat 80—85°C, chiqishdagi esa 60—65^0 va quritilayotgan material harorati 40°C ga teng bo'ladi. Quritish jarayonida atigi 3—10% gacha ferment faolligi yo'qotilishi mumkin.
Mikroorganizmlarni quritishda ishlatiladigan quritgichlarning yana bir turi — germetik berk bo'lgan lentah bug' konveyerli qu-ritgichdir. Bunday qurilmalarda fermentning faolhgi ko'p yo'qo-tiladi, lekin ular ixcham va yuqori samaradorlikka ega.
Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan mikroorganizmlarni quritish uchun turli konstruksiyali quritgichlardan foydalanish mumkin, qaysiki mahsulotning faolligini minimumgacha tushirishni, uning quritgichda 5~8 min davomida bo'lishi va chiqishida harorat 40— 42°C dan past bo'lishini ta'minlaydi.
Tayyor quruq mikroorganizmlar maxsus qoplash mashinalarida 25—40 kg qilib qoplanadi va tayyor mahsulotlar omboriga yuboriladi.
Ko'pchilik produtsentlar sintez qilgan fermentlarning asosiy qismini suyuq oziqa muhitiga chiqaradilar va to'playdilar. Toza ferment preparatlarini produtsentning biomassasi bilan birgalikda filtrlarda, sentrifugalarda yoki separatorlarda ajratiladi.
Mikrpbiologiya sanoatida asosan tashqi tomoni bilan filtrlovchi yacheykali-barabanli to'xtovsiz ishlovchi vakuum filtrlar ishlatiladi. Bu filtrlar yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan bo'lib, har xil suspenziyalarni bir xil tezlikda filtrlash imkonini beradi. Bara-banning sirti to'rsimon bo'lib, bo'z yoki filtrlovchi sun'iy gazlama bilan o'ralgan va u filtrlanuvchi suyuqlikka cho'ktirilgan bo'ladi. Filtrlovchi sirtda to'plangan turh erimagan komponent va biomassa maxsus pichoq yordamida tozalanadi.
Baraban filtrlar biomassani ajratish uchun juda qulay, lekin ular past samaradorligi, qo'polligi va aseptika sharoitlarini ta'minlay olmasligi bilan ajralib turadi.
Ferment sanoatida ko'pincha ramali filtr-press ham ishlatiladi. Mahsulot qo'l ishiga asoslangan holda olinadi. Ramali filtr-press-laming filtrlovchi hajmi kichik bo'lganligi sababli barabanli vakuum filtrga nisbatan ham kam samaralidir. Ramali filtrda filtrlash jara-yoni 0,6—0,4 Mpa bosim ostida olib boriladi. Odatda, filtratning birinchi qismi tiniq bo'lmaydi va u qayta filtrlanadi.
Filtr-pressning kamchiliklari gorizontal kamerali tipdagi FPAKM da birmuncha bartaraf etilgan. U ustma-ust joylashgan filtrlovchi plitalar va filtrlovchi gazlamadan iborat. Ushbu usku-naning ishi avtomatlashtirilgan va ish yuzasi 2,5 dan 50 m2 hajmga ega. Nisbiy samaradorligi boshqalariga nisbatan 6—8 marta yuqori va ferment faolligi 4—5% atrofida yo'qofiladi. Ularni ishlab chi-qarishga joriy qilish juda istiqbolli va bakteriyalar kultural suyuq-ligini filtrlashda juda qo'l keladi.
Ferment sanoatida 8CM tipidagi separatorlar ham keng qo'l-laniladi. Ular ichiga baraban o'rnatilgan idish ko'rinishida bo'Jadi. Barabanlarning ichida silindrik to'siqlar o'rnatilgan bo'lib, yuqori tezlikdagi markazdan qochma kuch hisobiga uning tagida cho'kma holida biomassa va boshqa komponentlar cho'kadi. Separatoming samaradorligi yuqori bo'Ub, 2000—5000 1/s gacha yetadi. Ko'proq АСЭ-3, АСИ, АСЭ-Б tipidagi separatorlar hamda «Alfa-Laval» (Shvetsiya) fimasining soploli separatorlaridan foydalaniladi.
Biomassani filtrlash samarasi ishlatilayotgan uskuna turiga, oziqa muhit tarkibiga, ajratilayotgan bo'lakchalarning katta-kichik-Ugiga, erimagan fraksiyalar miqdoriga, filtrlovchi materialning fizik-kimyoviy xususiyatlariga, harorat rejimiga va boshqa omillarga uzviy bog'liqdir. Filtrlashjarayoniniyaxshtlashmaqsadida kultural muhit kimyoviy qayta ishlanadi, ya'ni ishqoriyligi pH 8—8,5 ga keltirilib, 0,1 %li CaCl2 eritmasi va turli kizelgurlar (diatomit, radiolit, mikrozil, klargel va h.k.) qo'shiladj. Bu to'ldiruvchilar filtrlash samarasini oshiradi, lekin ba'zi ferment faoiligiga salbiy ta'sir qiladi. Olingan biomassa (bioshrot) sterilizatsiya qilinadi va quritilib, chorva moUariga yem sifatida ishlatiladi. Kultural suyuqlik filtrati esa toza ferment preparati olish uchun qayta ishlashga yuboriladi.
Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan mikroorganizmlardan fer-mentlarni ekstraksiya qilish. Barcha fermentlar asosan suvda cruv-chandir. Shuning uchun eng yaxshi ekstragent boiib suv hisob-lanadi. Mikroorganizmlardan fermentlarni ajratib olish uchun ular mayda qilinib, hujayra devorlari mexanik yoki avtomatik holatda buzilib, ekstraksiya jarayoniga jalb etiladi. Bu usulda ham ho'l holatdagi, ham quruq holatdagi mikroorganizmdan ferment erit-masini olish mumkin. Biomassadan ferment ekstraksiyasini to'liq amalga oshirish uchun harorat, pH, jarayonning davomiyhgi, ekstraksiya uskunasining konstaiktiv xususiyatlari, ajratilayotgan fermentning tabiati va boshqa bir qancha omillarning ta'siri batafsil o'rganib chiqiladi. Bu omillar har bir produtsent misolida alohida tadqiqotlar yordamida aniqlanadi va tavsiya etiladi. Masalan, harorat .ekstraksiya jarayoniga katta ta'sir ko'rsatadi, ya'ni juda ko'p fermentlar termoiabil bo'lib, hattoki 35—40°C da inaktivatsiya-ga uchraydi. Shuning uchun zavod sharoitida iloji boricha suvning harorati 22—25°C da ushlab turiladi va har xil begona mikroflora o'smasligi uchun antisepliklardan (formalin, benzol, toluol, xloro-form va h.lcdan) foydalaniladi. Ko'pchilik holatlarda fermentlarni pH 5-7 ko'rsatkichida to'liq ajratib olish mumkin.
Bioshrotdan ajratib olinadigan fermentlarning isrofgarchiligini kamaytirish maqsadida va quyuqlashtirilgan ferment ekstraktlarini olish uchun maxsus ekstraksii'a uskunalaridan foydalanish tavsiya etilgan bo'lsada, bunday qurilmada ekstraksiya qilinayotgan mikro-organizm fermenti nisbatan ko'proq faolligini yo'qotishi hamda bu usul ko'proq qo'l ishiga asoslanganligi uchun hozirgi vaqtda undan kamroq foydalanilmoqda. Vakuum-bug'lantirish uskunalarida ferment eritmalarini quyuqlashtirish. Qattiq va suyuq oziqa muhitlarida o'stirilgan mik-roorganizmlaraing ekstraktlari saqlash uchun chidamsizdir. Bu csa tayyor texnik preparat formalarini (П2х va Г2х) olishni va ularni tezda quyuqlashtirishni talab qiladi. Quruq texnik yoki toza ferment prepapatlarini olishda vakuum-bug'lantirish usulidan foydalanish ham ferment ishlab chiqarish texnologiyasining bir bosqichi hisoblanadi. Odatda, fermentlarbug'lantirish haroratigajudata'sirchan bo'-ladi. Shuning uchun quyuqlashtirishning asosiy sharti past haro-ratda qaynatish va jarayonni qisqa muddatda olib borish bilan birga, bug'lantiriiayotgan suyuqlikning qizib ketishini va ferment-larni inaktivatsiyaga uchrashining oldini olishdir. Agarda quyuq-lashtirilayotgan eritma qanchalik toza bo'lsa, shunchalik kam miq-dorda turli moddalarni kam tutadi va undagi ferment yuqori haro-ratga juda ham ta'sirchan bo'ladi. Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan organizm ekstraktida juda ko'p miqdorda himoyalovchi birikmalar bo'ladi va ular quyuqlashtirish jarayonida ferment inaktivatsiyasi-ning oldini oladi, lekin kultural suyuqlikni quyuqlashtirishda buning aksini kuzatish murnkin, ya'ni ferment ko'p miqdorda faolligini yo'qotadi. Quyuqlashtirish jarayonida ferment eritma-laridagi moddalaming miqdori va mineral tarkibi birmuncha o'zga-radi, quruq modda hisobiga esa 11—20%ga kamayadi va quyuq-lashgan ekstraktning pH ko'rsatkichi ham o'zgaradi. Produtsent-ning turiga qarab ularning kultural suyuqliklari ham har xil kimyo-viy tarkibga va fermentlar kompleksiga ega bo'lganligi uchun vakuum-bug'lantirishning harorat rcjimlari tadqiqot yo'U bilan aniqlanadi.
Ferment faolligini quyuqlashtirish jarayonida yo'qotilishi na-faqat uni olib borilish rejimiga, balki uskuna yoki qurilmaning konstruksiyasiga ham bog'liqdir. Keyingi yillarda vakuum-bug'lan¬tirish uskunalari ancha takomillashtirilmoqda. Ushbu uskunalar trubka shaklida (gorizontal, vertikal va qiya) bo'Ub, jarayonning o'tish muddatini 10 marotabaga yaqin qisqartirdi va fermentning faolligini yo'qolishini birmuncha kamaytirdi. Bular jumlasiga «Alfa-Laval» (Shvetsiya), «Edinstvo» (sobiq Yugoslaviya), «Lyuva» (Shveysariya), «APV» (Fransiya) va boshqa bir qancha firma-larning uskunalarini kiritish murnkin va ularning samaradorligi 2001/s dan 200001/s ni tashkil qihshini hamda fermentning faolligi atigi 10% atrofida yo'qolishini ta'kidlab o'tish zarur. Ferment eritmalarini membranalar yordamida quyuqlashtirish va tozalash. Membranali tozalash usuUga dializ va elektrodializ, baromembranali usulga esa qaytariluvchi osmos, ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya va nozik filtratsiya kabilar kiradi.
Eritmadagi moddalarni dializ usulida ajratish membrananing modda massasiga qarab tanlab, o'tkazuvchanlikxususiyatiga asos-langan. -Bu jarayon uchun yarimo'tkazgich membrananing har ikki tomonida eritmalar konsentratsiyasining farqi vujudga kelishi kerak. Dializ jarayonini ushbu tenglik bilan ifodalash mumkin: Q = DdSAC

bunda: Q — ma'lum vaqt ichida membranadan o'tgan modda miqdori; Dd - dializ koeffitsiyenti; S- membrana sirtining yuzasi; Л С - membrananing har ikki tomonidagi moddalar konsen-tratsiyasining farqi.


Dializ usulidan ferment preparatlarini kichik molekulali mod-dalardan tozalash maqsadida foydalaniladi. Masalan, ferment eritmalarini shakar, aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqalardan 60-100% gacha bo'lgan miqdorda tozalashga erishish murnkin.
Ayniqsa, fermcntlar yuqori konsentratsiyali tuzlar bilan cho'k-tirilganda dializdan va elektrodializdan unumli foydalanish kerak. Lekin to'rtlamchi strukturaga ega bo'lgan fermentlarni va metallo-fermentlarni ajratishda elektrodializdan foydalanish mumkin emas, ya'ni ferment ushbu jarayonda o'z faolligini yo'qotadi.
Dializjarayonijuda sekin o'tuvchi jarayondir hamda eritmaning miqdori ko'p bo'lganda juda ko'p miqdorda membrana sarflanadi. Dializda quyidagi har xil ko'rinishdagi yarimo'tkazgich membra-nalar ishlatiladi: pergament, sellofanning har xil turlari, ultrafil-tratsiyada ishlatiladigan membranalar va boshqalar. Dializ usuli bir qancha kamchiliklarga ega bo'lganligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Ba'zan ilmiy laboratoriyalarda fermentlarni yuqori tozalikda olish uchun ishlatilishi mumkin.
Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta-kichikligiga qarab sinflanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos («3X10-4 mkm); gelfiltratsiya (15x10,5 mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10 mkm)dir.
Quyuqlashtirish va tozalashning qaytariluvchan osmos va ultra-filtrasiya usullari kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, far-matsevtika va ferment sanoatlarida juda keng tarqalgan. Eng aso-siysi, jarayonning juda ham kam xarajatlar va energiya evaziga oUb borilishidir. Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni harorat ta'siridagi inaktivatsiyasi umuman bartaraf qilingan bo'lib, bir vaqtning o'zida eritma bir qancha ballast birikmalardan xona haroratida tozalanadi. Ushbu jarayon yuqori bosim ostida o'tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu usulning ham asosiy ele-menti bo'Ub membranalar hisoblanadi. Hozirgi^kunda seUofandan, kauchukdan, polietilendan, polisteroldan, sellulozadan va boshqa birnechaxil materiallardan tayyorlangan membranalar ishlatilmoqda.



Membranalar xususiyatiga ko'ra, 0,05—0,2 mkm li bir qavatli — izotrop va ikki qavatli — anizotrop turlarga bo'linadi. Cho'ktirish usullari va uning nazariyasi. Sanoat uchun zarur bo'lgan ko'pchilik fermentlar suvda eruvchan oqsillar hisoblanadi. Ferment eritmalari ulaming olinish manbalariga qarab, mikroorga-nizmlar lizatlari, ekstraktlari, kultural suyuqlik filtratlari, o'simlik yoki hayvon to'qimalarining gomogenatlari bo'lishi mumkin. Fer¬ment eritmalarining tarkibi juda murakkab tizimdir. Unda fer-mentlardan lashqari, kolloid tabiatga ega bo'lgan turli birikma va moddalar ham uchraydi. Bunday murakkab tizimlardan ferment-larni ajratib olish mushkul vazifadir. Oqsilning har xil erituvchilarda erish darajasi molekula sirtida joylashgan gidrofob va gidrofil qoldiqiarning tarqalishi bilan belgi-lanadi. Oqsillarning asosiy erituvchisi bo'lgan suvning ba'zi xusu-siyatlarini (harorat, pH, ion kuchi, neytral tuzlar, organik eri-tuvchilarni yoki inert birikmalarni qo'shish yo'li bilan) o'zgartirish hisobi^a oqsil molckulasining gidrat yoki solvat qatlamiga ta'sir qilib agregatsiyaga uchratish va cho'kmaga tushirish mumkin. Sanoalda asosan fermentlarni organik erituvchilar yoki tuzlar bilan cho'ktirish usullaridan foydalaniladi. Bu usullar bir-biridan cho'k¬tirish mexanizmi bilan farqlanadi.


marker sifatida plastidalar yoki xloraplaslar ishtrok etadi.



Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish