Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 17,32 Mb.
bet53/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Protoplastda bo‘ladigan modda almashinishi jarayonida hujayrada turli xil organik moddalar hosil bo‘lib, ular o‘simlik hayotining ma’lum davrlarida - urug‘ning unib chiqishida, organlarni vujudga keltirish yoki boshqa turli xil jarayonlarda (nafas olish, oziqlanish, o‘sish va boshqalar) energiya hosil qiluvchi asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Ana shu maqsadlar uchun sarf bo‘ladigan va hujayraning pro-toplastida to‘planadigan moddalar zahira oziq moddalar deyiladi.
Bu moddalar o‘simlikning turli organlarida to‘planadi. Biroq urug‘ va tuganak, piyozbosh, ildiz hamda ildizmevalarda ko‘proq bo‘ladi.
Kimiyoviy tarkibiga ko‘ra ular uchta asosiy guruhga bo‘linadi: uglevodlar, moylar va oqsillar. Shulardan oqsillar azotli organik moddalar bo‘lib hisoblanadi.
Vakuol hujayra shirasi va uning tarkibi. Hujayrada uzluksiz modda almasi joylashadi.
Glikozidlar efirga o‘xshash moddalardir. Ular ko‘pincha hidli, ta’mi achchiq va ba’zan zaharli ham bo‘ladi. Atirguldoshlar oilasi vakillarida amigdalin glikozidi ko‘p. U parchalanganda zaharli sinil kislotasiga aylanishi mumkin. Amigdalin achchiq bodomda, shaftoli, o‘rik, olcha urug‘larida ko‘p bo‘ladi. Sovun o‘ti tarkibida saponin, sitrus o‘simliklarida gesperedin uchraydi. Hujayra shirasida glikozid tariqasida pigmentlar ham mavjud. Ular suv o‘tlarida va yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘p bo‘ladi. Masalan: antotsion pigmenti to‘q-ko‘k, havorang va qizil ranglarda bo‘ladi, gulli o‘simliklarning hamma organlarida uchraydi. Antoxlar pigmenti gultoji barglarida, qisman limon, apelsin mevalarida uchraydi.
Oshlovchi moddalar (tannidlar) ko‘pincha dub daraxtining po‘stlogida (20 % gacha), choy bargida (20 % gacha) yongok mevasida va boshqa ba’zi o‘simliklarning ildizlarida uchraydi. Ulardan terilarni oshlashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Organik kislotalar hujayra shirasini tarkibida uchrab achchiq ta’m beradi. Masalan: shavel kislotasi, olma, vino va limon kislotalari. Shavel kislotasi o‘simlik barglarida, yashil novdalarida, pishmagan mevalarda bo‘ladi. Olma kislotasi, olma mevasida, pishmagan malina, ryabina kabilarning mevalarida uchraydi. Vino kislotasi uzum, tut, pomidor mevasida ko‘p bo‘ladi.
Anarganik moddalar Hujayra shirasi tarkibida ko‘pgina mineral moddalar bo‘lib, ularga nitratlar kiradi. Ular shuradoshlar, dukkakdoshlar oilasi vakillarida ko‘p uchraydi. Кalsiy va kaliy fosfotlar o‘simliklarning barcha qismlarida, xlorid tuzlar sho‘r yerlarda o‘suvchi o‘simliklarda ko‘p uchraydi.
Hujayra shirasi tarkibida kalsiy oksalat kristallari to‘planadi va ular kubik, ninasimon, ba’zan druzlar
deb ataladigan murakkab hosilalar shaklida bo‘ladi. Ninasimon kristallar birikib, rafidlar hosil qiladi.
Hujayra po‘sti. Yuksak o‘simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po‘st bilan
o‘ralgan bo‘ladi. Bu po‘st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy hujayralarda, harakatchan sporalarda va ba’zi tuban o‘simliklarda bunday qattiq po‘st bo‘lmayd.
Hujayra qobig'i

Hujayrani tashqi tarafdan o`rab turuvchi sitoplazma qobig`i biologik membrananing o`zidan iborat bo`lishi mumkin. Lekin, ko`pincha, hujayra murakkab tuzilgan 3 zonadan: tashqi, o`rta za ichki zonalardan tashkil topgan hujayra (sitoplazma) qobig`i bilan o`ralgan . Oʻsimlik Hujayrasi hujayra membranasi sirtidan qattiq qobiq b-n qoplangan (qobiq jinsiy Hujayrada boʻlmay-di). Hujayra qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni Hujayra oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan Hujayra. qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi.



Sitoplazma qobig`ining t a s h q z o n a c i glikokaliks deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil bo`lgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida ko`rinadi. Glikokaliks tashqi qavat bo`lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol o`ynaydi. Glikokaliks zonasining ximiyaviy tarkibi turli hujayralarda farqlanadi. Ba’zi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentlarga boybo`lsa, boshqa xujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoproteidlar immunologik xususiyatga ega. Bu esa shu zonaning immunologik jarayonlarda muhim o`rin tutishini belgilaydi. Ichak epitelial hujayrasining (enterotsit) mikrovorsinkalari ustidagi glikokaliks moddalar parchalanishida, so`rilishida muhim rol o`ynaydi. U hujayra mikrovorsinkalarini apikal qismining mustahkamligini belgilab, ximiyaviy moddalar va ba’zi bir mikroblar ta’siridan enterotsit hujayralarini saqlaydi.


1 – lipid molekulasi; 2 – lipid qavat; 3 – integral oksillar; 4 – periferik oksillar; 5 – yarimintegral oksillar; 6 – glikokaliks; 7 – membrana ostidagi qavat; 8 - aktin mikrofila- mentlari; 9 – mikronaychalar; 10 – oraliq filamentlari; glikoproteid va glikolipidlarni uglevod molekulalarni. 
Urta zonasi hujayra qobig`ining eng muhim va murakkab tuzilgan qismidir. U elementar biologik membrana tuzilishiga ega bo`lib, lipoproteiddan tashkil topgan.
Ichki zona (kortikal qavat) lipoproteid membranaga tegib yotuvchi sitoplazmaning yupqa qismidan iborat. Bu yerda organellalar bo`lmay, sitoplazmadan mikrofilamentlar kelib tugaydi. Mikrofilamentlar qisqaruvchi oqsillar ushlagani uchun ichki zona hujayra membranasining harakatida muhim rol o`ynaydi. Bu harakat psevdopodiyalar hosil qilish va fagotsitoz, pinotsitoz protsesslarida botiqlar hosil qilish bilan belgilanadi.
Elektron mikroskop ostida membrana 6-10 nm qalinlikda bo`lib, uch qavatdan tashkil topgan. Har bir qavatning qalinligi taxminan 2,5 nm. Ikki chetki qavati to`qroq, o`rta qavati oqish ko`rinadi.
Sitoplazmatik qobiqning bunday tuzilishi hayvon hujayrasining evolyutsiyasi davrida paydo bo`lgan. Hujayra qobig`i modda almashinuvida ishtirok etish bilan barobar hujayra harakatini, ularning o`zaro bir-birini tanib olish, informatsiya almashish, bir-biri bilan birlashish, spetsifik ta’sirlarni qabul qilish kabi faoliyatlar majmuasini surunkali bajarib turadi.
H
ar xil turga kiradigan o‘simliklar hujayrasi po‘stining kimiyoviy tarkibi turlicha bo‘lib, organizmlarning yoshiga qarab o‘zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham hujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir.

2.Hujayra po‘sti lignin moddasini singdirsa yog‘ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o‘tkazadi.Protoplast nobud bo‘ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yogochlanish qaytar jarayondir.


Masalan: bexi, nok mevalari. Pishmaganda qatiq bo‘lib, etila borishi bilan yumshaydi.
Po‘kaklanish. Hujayra po‘sti moysimon suberin moddasini singdirsa pukaklanish jarayoni ro‘y beradi. O‘zidan suv va gazlarni o‘tkazish xususiyatini yo‘qotadi. Protoplast nobud bo‘ladi. Masalan: probka (po‘kak).
Кutinlanish. Кo‘pchilik o‘simliklar hujayrasining po‘sti tashqi tomondan suberinga o‘xshash maxsus modda yupqa kutin (plenka) bilan o‘raladi. Bu jarayondan kegin hujayra po‘stining egiluvchanlikk xususiyati saqlansa ham, biroq suv va gazlarni yomon o‘tkazadi. Masalan: ko‘pchilik o‘simliklarni bargining yuzasi.
Shilimshiqlanish. Bunda hujayra po‘stidagi sellyuloza erib shilimshiqsimon uglevodlarga aylanadi.
Shilimshiqlangan po‘st suvda juda bo‘rtib, unayotgan urug‘ni qurib kolishdan saqlaydigan chala suyuq shilimshiq hosil qiladi.
Minerallanish. Bunda hujayra po‘sti kumtuproq, kalsiy yoki magniyli tuzlar shimadi va maxanikaviy jihatdan juda pishiq bo‘ladi. Masalan: qamish barglari.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish