QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“FIZIKA-MATEMATIKA”
fakulteti
“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi”
yo`nalishi
303-guruh talabasi
Rasulova Muhayyoning
“Fizika o’qitish metodikasi”
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: ”Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati” mavzusini o’qitishda interfaol usullardan foydalanib loyixalashtirish.
Ilmiy rahbar:
Mavzu: ”Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati” mavzusini o’qitishda interfaol usullardan foydalanib loyixalashtirish.
Kirish.
Asosiy qism
1.1. Maktablarda fizika fanidan meyoriy hujjatlarning nazariy tahlili.
1.2 Fizika o’qitishda pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion usullar
1.3. Interfaol metolar va ulardan ta‘lim jarayonida foydalanish tajribalari
1.4. Interfaol metodlar va ularning turlari
1.5. Maktablarda ”Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati“ mavzusidagi amaliy mashg’ulotni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish metodikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy qism.
Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim jarayoni umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchi va o’qituvchilarining mustaqil ishlash faolligini oshirish, ularning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishda ilg’or innovatsion texnologiya, pedagogik va axborot texnologiyalaridan jumladan, yangi kompyuter dasturlaaridan foydalanishni talab etadi. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim jarayoniga axborot va komunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi bilim uzatilishining yangi shakllari va vositalarini ishlab chiqishini taqazo etadi.
Hozirgi kunda dunyodagi barcha sohalarda axborotlar rivojlanib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda. Shuning uchun barcha sohalarda kompyuter va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish dolzarb muammo bo’lib kelmoqda. Axborot texnologiyalaridan fizika fanini o’qitishda foydalanish – darsliklarning elektron versiyalari, xodisa va jarayonlarning virtual modellar, demostrasiya jixozlarining virtual stendlarini va xakozo bosqichlaridan iborat bolib, yoshlarning fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, hodisa va qonuniyatlarni chuqurroq anglab ta’savvur etishda muhim ahamiyatga egadir.
Maktablarda “Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati” mavzusini o’qitishda interfaol usullardan foydalanish, kompyuterda animasion model orqali amalga oshirish jarayoni va o’quvchilarga ko’rgazmalilikni oshirish, kuzatib borish va mulohaza yuritish, o’zaro fikr almashishdek foydali imkoniyatlar yaratishdan iboratdir.
Aylana bo’ylab tekis harakat, aylanish davri va chastotasi kabi tushunchalarni turli axborot dasturlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tayyorlangan virtual stendlar yordamida tashkil qilish, mazkur tushunchalarning qo’llanilish jarayoni va fizik qonuniyatlarini o’quvchilar tomonidan to’la o’zlashtirishiga yordam beradi va bu usul ta’lim samaradorligini oshiradi deb hisoblayman.
Elektron darsliklar vositasida o’qitishda axborot va o’rgatuvchi texnalogiyalarni qo’llash uchun imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, o’qitish jarayonini kompyuter dasturlari vositasida tashkil etilishi fizik qonuniyatlarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishida yaxshi samara beradi. Ya’na shuni takidlab o’tish joizki, agar o’qitish jarayoni yaxshi tashkil etilmasa, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari ham yetarlicha samara bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |