«Pedagogik texnologiya» – atamasi pedagogika fanida vujudga keldi.
“Pedagogik texnologiya” –ta’limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik hodisa va jarayonda qo’llaniladigan tushuncha.
“O’qitish texnologiyasi” – bu “o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik va insoniy manbalarni (resurslarni) va ularning o’zaro harakatini hisobga olgan holda ta’lim berish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonlarini aniqlash va qo’llashni yaratuvchi tizimli usuldir” (YUNESKO).
Kasb-hunar maktablarida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik texnologiyalar:
I “INSERT” jadvali
Mustaqil o’qish, ma’ruza tinglash jarayonida olingan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni, bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi; olgan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash,chetga chiqish, kuzatish, yangisi bilan o’zaro bog’lash imkonini beradi. Avvalo’zlastirgan ma’lumotlarni bog’lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. O’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni aloxida o’zlari tizimlashtiradilar – jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq:
“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;
“-“ – men bilgan ma’lumotlarga zid;
“+” – men uchun yangi ma’lumot;
“?” – men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to’dirish talab etiladi.
meni o’ylantirib qo’ydi. Menga bu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar kerak.
Belgilarni yumshoq qalam bilan qo’ying.
Belgilar miqdori cheklanmagan.
Ayniqsa quyidagi belgilar axamiyatli: (-) va (?).
Belgilangan ma’lumotlarni jadvalga kiriting
Insert jadvali
Eslatma: Qisqa yozishni o’rganing, o’z fikringizni aniq bayon eting.
so’z birikmasi yoki 3 so’zdan ko’p bo’lmagan gap ko’rinishida yozing.
“BUM” o’yinining borishi:
Doska oldiga xar bir guruhdan bittadan vakil, ya’ni 4 ta o’quvchi chiqariladi va ketma-ketlikda turib, sanoq sonlarini sanashadi va xar 3 ga bo’linadigan son kelganda son nomini aytmasdan, “BUM” deb murojaat etishlarini ta’kidlaydi. Agarda biror o’quvchi o’yin shartini buzsa, adashsa, o’sha o’quvchi o’yindan chetlashtirilib, mavzu bo’yicha savol beriladi.Shu zaylda o’yin davom etadi va oxirida qolgan o’quvchiga 1 ta “Rag’bat” kartochkasi berilib, agar savol ham tanlashni hohlasa va savolga javob bersa, yana bitta “Rag’bat” kartochkasi beriladi, savolga javob bera olmasa, ham “Jarima” kartochkasi berilmaydi. O’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar esa, o’yin davomida chetlashtirilganda: berilgan savolga javob berishsa, “Rag’bat”-kartochkasi, javob bera olmasa, “Jarima” kartochkasi beriladi.
“Nima uchun” sxemasi
“Nima uchun” sxemasi-muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
‘’Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik gurhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so’rog’ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi.
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmlarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
I sh natijalarining taqdimoti:
KLASTER
(Klaster-tutam, bog’lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li- barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi.
Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |