Fizika-matematika



Download 2,38 Mb.
bet13/13
Sana26.02.2022
Hajmi2,38 Mb.
#465569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi Rasulova

“Sinkveyn”metodi


Metodning maqsadi:―Sinkveyn‖ so‘zi frantsuzcha so‘zdan olingan bo‘lib,
―besh misradan iborat shehr‖tarjimasini beradi. Amaliyotda ―Sinkveyn‖: murakkab axborotlarni sintezlash quroli va tushunchalar zahirasini baholash vositasi; ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir. ―Sinkveyn‖ tayanch kasbiy tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor vosita hisoblanadi.
Sinkveyn” tuzish qoidasi quyidagicha:

  • birinchi qatorda bir o‘z lan mavzu yoziladi -odatda ot turkumidagi oid so‘z bilan;

  • ikkinchi qatorda avzu ikki so‘z bilan tahsvirlanadi -sifat turkumiga oid ikki so‘z bilan;

  • uchinchi qatorda ushbu mavzu bo‘yicha xatti-harakatlar uch so‘z bilan tahsvirlanadi;

  • to‘rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko‘rsatuvchi to‘rtta o‘zdan iborat gap yoziladi;

  • beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir o‘zdan iborat sinonim shakllantiriladi.


Namuna: Kompyuter so‘ziga tuzilgan ―Sinkveyn Kompyuter Sifatli, tezkor
To‘playdi, saqlaydi, uzatadi
Zamonaviy axborot texnologiya vositasi Intellekt

Mavzu: Aylanma harakat dinamikasi


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: B1
Harakat turlarini farqlay oladi. Aylanma harakatni uzatish, gorizontal otilgan jism harakati, Galileyning nisbiylik prinsipi, inersial va noinersial sanoq sistemalari, jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati,jismlarning elastik va noelastik to‘qnashuvi, jismlarning muvozanat shartlarini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi. B1+
Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog‘liqligini tushunadi va tahlil qila oladi. Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi: B1
Gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakatini, momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar,qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar chiqaradi. B1+
Mavzuga doir tajribalarni o‘tkazish yo‘li bilan kattaliklarni aniqlay oladi va tahlil qila oladi.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olishkompetensiyasi:B1
O‘quvchi jismlarning vertikal harakati, aylana bo‘ylab notekis harakat, gorizontal otilgan jismning harakati, dinamika va saqlanish qonunlarini hisoblashga doir masalalar yecha oladi, o‘quv-laboratoriya elektron tarozisi, spiral prujinalar, bloklar, qiya tekislik, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.
Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,fizika “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, fizika“ darsligi. .
Namoyish tajribalari:
1. Vakuumda elektr toki.
2. Metall o‘tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligi.
3.Yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanilishi.
4. Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:
Tok manbai. Milliampermetr, mikroampermetr. Voltmetr. Qarshiliklar to‘plami. Vakumli diod. Diod. Triod. Tranzistor. Neon gazi bilan to‘ldirilgan lampa. Turli kuchlanishli tok manbalari. O‘tkazgichlar. Izolyatorlar. Termometr. Tok o‘tkazgichli moddalar. Kalit. Ulashsimlari.
2. Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
S iz ko‘pgina jangari fil mlarni tomosha qilganingizda, haydovchi avtomobil rulini keskin yon tomonga burganida mashina ag‘darilib ketganligini ko‘rgansiz. Sirkda motosiklchining devor bo‘ylab yurganligini ham ko‘rganlar bor.Shunday tajriba o‘tkazib ko‘raylik. Chelak ichiga ozgina suv solib, uni vertikal tekislikda aylantiraylik. Chelak aylanish davomida yuqori nuqtadan o‘tayotganda chelakdagi suv to‘kilmasdan o‘tadi.

Yuqorida keltirilgan misollardan mashinani ag‘daruvchi, motosiklchini devorga siqib turuvchi va chelakdagi suv og‘irligini muvozanatlovchi kuch mavjudligi kelib chiqadi.


Markazdan qochma kuchni aylanuvchi jismlarda hamda jism harakati davomida burilishi zarur bo‘lgan hollarda hisobga olinadi. Xuddi shunday yo‘lning burulish qismlarida markazga intilma kuch ta’sirida vertikal holatdan og‘ish kuzatiladi

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.


Xulosa
Fizika ta’limida yangi innovatsion texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi: Fizika fani yuqori sinflarga o’tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi innovatsion texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlandi.
Fizika ta’limida yangi innovatsion texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.
Fizika bo’limlarining muayyan mavzulari uchun yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi va bu loyihalarni dars jarayonida sinab ko’rildi. Har bir yangi pedagogik texnologiya, interfaol metodlarni qo’llashda ikkita guruh namuna sifatida tanlab olindi. Bu guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an’anaviy usulda, ikkinchisida esa yangi loyiha asosida o’tkazildi. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan dars jarayonida o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi yaxshilanganligi aniqlandi.
Tajriba fizikadan ma’ruza darslarini o’tishda “Tushunchalar tahlili”, Bilts so’rov”, “Kichik guruhlarda ishlash” kabi interfaol metodlarni qo’llash yaxshi natija berishini ko’rsatdi. Fizikadan muayyan bo’lim yoki mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi” strategiyasi va shu kabi usullardan foydalanilganda, o’quvchilarning fizika fanini o’rganishdagi qiyinchiliklari bartaraf etilishi kuzatildi. Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan fizika dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi innovatsion texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.O‘zbekiston Respublikasining ta'lim to‘g‘risidagi qonuni Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori, T.:Sharq. 1997.-62 b
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 oktyabr Ta'lim tarbiya va--1997 y. Farmoni kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to‘g‘risida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. T.:SHarq. 1997.
3.Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1997.
4.O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining Axborotnomasi. Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti №4 maxsus soni SHarq . 1999y. 54-108 b.
Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish