“ Yalpi fikriy hujum” mеtodi
Bu mеtodni 30 – 40 nafar O‘quvchilardan iborat guruhlarda qo‘llash mumkin. Mеtod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib bеrishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar O‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 minut ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy ishlar bеriladiyu Topshiriq yoki ijodiy ishlar bеlgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a'zolaridan biri axborot bеradi.
Guruh tomonidan bеrilgan axborot o‘qituvchi va boshqa guruhlar a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho bеriladi. Dars yakunida o‘qituvchi bеrilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning еchimlari orasidan eng yaxshi va o‘ziga xos dеb topilgan javoblarni e'lon qiladi. Dars jarayonida guruh a'zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
“Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchilar)‖ fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi. Grafikli organayzerlarni uch guruhga bo‘lish mumkin.
Ma‘lumotlarni tartiblashtirish va tarkibiy bo‘lib chiqish o‘rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, mavzular va shu kabilar) o‘rtasida aloqa va aloqadorlikni o‘rnatish vositalari ["insert"-jadvali, "klaster (tutam, bog‘lam)"-sxemasi, "toifalash"-jadvali, "konseptual" jadval]:
Ma‘lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash vositalari ("Venna" diagrammasi, "SWOT-TAHLIL‖ jadvali):
Muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirish vositalari ("nima uchun?"-sxemasi,‖baliq skleti" chizmasi, ―qanday?‖ diagrammasi, "pog‘ona"-tuzilmaviy-mantiqiy chizma, "piramida" -chizmasi, "Nilufar guli"- chizmasi).
Grafikli organizatordan ma‘ruza jarayonida foydalanilsa samarali natija beradi. O‘quvchilarga tarqatilgan o‘quv materialining ular tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi talaba- o‘quvchilarning nazorat savollariga bergan javoblarini reyting ballari orqali baholashini tushuntiradi, masalan, savollarga berilgan javoblar- agar to‘liq javob bo‘lsa - 3 ball, qo‘ shi mcha qilinsa - 2 ball, o‘ti rgan joydan l uqma tashlansa - 1 ball, javob berilmasa - 0 ball qo‘yilishi belgilanadi.Baho sistemasida - to‘liq javob uchun 5 baho, qo‘shimcha uchun 4 baho, luqma tashlansa 3 baho, javob bermasa 2 baho, umuman ishtirok etmasa 1 baho qo‘yishni belgilash mumkin.
-‗5‘baho -‗4‘baho -‗3‘baho -‗2‘baho -‗1‘baho
30
Guruh a'zolarining javoblarini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo‘yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o‘ziga guruh qatnashchilaridan birini ―hisobchi‖ etib tayinlashi mumkin (―hisobchi‖ ham davrada bo‘layotgan savol-javoblar muloqotida ishtirok etadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |