Laboratoriya ishi mavzusi: Word dasturida jadvallar bilan ishlash
Laboratoriya ishi tavsifi:Word matn muharririni ishga tushiring va 4 ustunli va 5 qatorli jadval tuzing. Jadvalga qo‘shimcha bitta ustun va bitta qator kiriting.
Laboratoriya ishidan kutilayotgan natijalar: Talabalar Word matn muharririda jadval tuzish va varaqga ramka qo‘yishni bilib oladilar.
Laboratoriya ishini bajarganlarida talabalar quyidagi BKMlarga ega bo‘ladilar: Bilim: Word matn muharriri menyusidagi«Таблица» bandining ostki
menyulari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Ko‘nikma: Word dasturida jadvallar tuzish ularga qo‘shimcha ustun va qatorlar qo‘shish, ramka qo‘yish amallarini bajara oladilar.
Malaka: Ro‘yxatlar, dars jadvali va boshqalarni jadvalga tushira oladilar.
Laboratoriya ishining bajarilish tartibi: Asosiy menyuning “Таблица” bandini tanlang, ochilgan menyudan “Вставить-Таблицы” bandlarini tanlang. Bunda ekranga“Вставка таблицы” muloqot oynasi chiqadi. Bu oynada “Число столбцов” (ustunlar soni) va “Число строк” (qatorlar soni) ni kiriting va ОК tugmasini bosing. Tayyor tablitsaga qatorlar qo‘shish uchun kerakli qator yoki ustun belgilanib asosiy menyudan“Таблица”-“Вставить”-“Строки” (yoki Stolbцы) bandlarini tanlash kerak.
Asosiy menyudan“Format”-“Graniцы zalivki”-“Straniцa” bandlarini tanlang. Oynaning pastki qismida joylashgan“Risunok” oynachasining o‘ng tomonidagi uchburchak belgisi bosilsa, ekranga ramka gullarining ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxatdan kerakli ramkani tanlab, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Obrazец(Namuna) oynasida tanlagan ramkangiz ko‘rinadi. Keyin oynaning pastki qismidagi OK tugmasini bosasiz.
Tabliцa-jadvallar bilan ishlashga mo‘ljallangan buyruqlarni mujassamlashtirgan menyu
Narisovat tabliцu – «Tabliцы i graniцы» uskunalar panelini ko‘rsatadi yoki yashiradi va jadval chizish uchun «qalam» tanlaydi.
Vstavit – Tabliцu– yangi jadval qo‘yish, ustunlar soni va satrlar soni ko‘rsatiladi.
Vstavit – Ctolbцы slеva – tanlangan ustun chap tarafiga yangi ustun qo‘shadi.
Vstavit – Stolbцы sprava – tanlangan ustun o‘ng tarafiga yangi ustun qo‘shadi.