Modellashtirish – fizikaviy modellarni fikran tuzish usulidir. Tajribada izlanilayotgan tizim echiladigan masalaning muhim ahamiyatga va eng zarur xususiyatlarga ega bo‘lgan modellar orqali almashtirilib, soddalashtiriladi. Masalan: absolyut qattiq jism, moddiy nuqta, ideal gaz va boshqalar.
Absolyut qattiq jism – har qanday sharoitda deformasiyalanmaydigan jismdir.
Moddiy nuqta deb, ma’lum massaga ega bo‘lgan, o‘lchami o‘rganiladigan masofalarga nisbatan juda kichik bo‘lgan jismga aytiladi.
Oyning geometrik o‘lchamlari Ergacha bo‘lgan masofaga nisbatan kichik bo‘lgani uchun Oyni Erga nisbatan moddiy nuqta deb hisoblash mumkin.
Quyosh atrofida aylanayotgan Erni Erdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa yoki Erning aylanis traektoriyasiga nisbatan moddiy nuqta deb hisoblash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |