Klassik mexanika, tezligi yorug‘likning vakuumdagi tezligidan (с 3·108 m/s) sezilarli ravishda kichik tezlikka ega bo‘lgan (v << с) makroskopik jismlarning harakati qonunlarini o‘rganadi. Yorug‘lik tezligiga yaqin yoki teng tezliklarga ega bo‘lgan mikroskopik jismlar harakati qnunlarini maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslangan relyativistik mexanika o‘rganadi. Bu mexanika A.Eynshteynning 1905-1914 yillarda yaratgan nisbiylik nazariyasiga asoslangan. Kvant mezanikasi mikroskopik jismlarning (molekulalar, alohida atomlar, elementar zarrachalar) harakatlarini, atom va molekulalar tuzilishi va xususiyatlarini ifodalaydi. 1900 yilda, M.Plank issiqlik nurlanishi energiyasi to‘g‘risida ma’ruza qilganidan so‘ng, kvant mexanikasiga asoslangan kvant fizikasi tashkil topgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |