Elektr toki kuchi birligi – ампер 1 metrli o‘tkazgichning har bir qismida 2.10 -7 Nyuton ta’sir kuchi hosil qiladigan, vakuumda 1 metr oraliqda joylashgan, hisobga olmaydigan darajada kichik ko‘ndalang kesim yuzasiga ega bo‘lgan, cheksiz uzunlikdagi to‘g‘ri chiziqli parallel joylashgan o‘tkazgichlardan o‘tayotgan tok kuchiga aytiladi. Termodinamik temperatura – Kelvin suvning uchlik nuqtasi terodinamik temperaturasining 1/273,16 qismiga teng bo‘lgan temperatura birligiga aytiladi. Modda miqdori – mol, 0.012 kilogramm massali 12 – uglerod atomidagi strukturali elementlar soniga teng bo‘lgan tizimning modda miqdoriga aytiladi. Strukturali elementlar atomlar, ionlar, elektronlar va boshqa zarrachalardan iborat bo‘lishi mumkin. Yorug‘lik kuchi – Kandela manba’ning berilgan yo‘nalishida, 540.10 12 Gs chastotali, 1/683 Vt/steradian yorug‘lik ning energetik kuchiga ega bo‘lgan monoxromatik nurlanish chiqaradigan yorug‘lik kuchiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |