Mexanika – mexanik harakat va jismlarning o‘zaro ta’sir qonuniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fizikaning bo‘limidir.
Kinematika – jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini e’tiborga olmay, o‘rganadi.
Dinamika – jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini bilgan holda, o‘rganadi.
Statika – jismlar tizimi, to‘plamining muvozanat holati qonunlarini o‘rganadi.
Ilgarilanma harakat
– bu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog‘langan istalgan to‘g‘ri chiziq boshlang‘ich holatiga nisbatan paralleligini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |