Tezlik moduli vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmas qolsa, bu harakat tekis harakat deb ataladi. TEZLIK KO‘CHISH Istalgan teng vaqt oraliklarida jism har xil masofaga ko‘chsa, bu harakat notekis harakat deb ataladi. Notekis harakatda nuqtaning t1 - t2 vaqt oraligida bosib o‘tgan yo‘li S o‘ngdagi integral bilan ifodalanadi Agarda vaqt o‘tishi bilan tezlik moduli oshib borsa, u holda harakat tezlanuvchan harakat deb ataladi, tezlik moduli kamaygan holda - sekinlanuvchan deb ataladi. Tekis tezlanuvchan harakatda jismning tezligi istalgan teng vaqt oraliklarida bir xil o‘zgaradi. Xalqaro birliklar tizimida tezlanish 1m/s2 bilan o‘lchanadi. Harakatning kinematik tenglamasi moddiy nuqta harakati qonunini va koordinatalar yoki r radius vektorning t vaqtga bog‘liq funksional bog‘lanishini ifodalaydi.
yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |