10
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Adabiy taqvim
yaratdik va yangi olam sari qadam tashladik, yulduzlar
yoniga ko‘tarilib o‘zimizni, hozirgi kunimizni va kela-
jagimizni har tomondan ko‘rdik. Biz bu yangi nuqtayi
nazarni yo‘qolib ketish uchun yaratmaganmiz.
Yangi nuqtayi nazar – yangi so‘z! Bu so‘zlar xoti-
radagi dardlarning, chorasiz odamlarning dod-faryod-
lari va iltijolari ifodasi, qaysiki,
biz ularni hech qachon
unutishga haqqimiz yo‘q.
...Ular allaqachon bo‘lishgan tutun,
Qancha yillar o‘tdi o‘shandan buyon.
Ularni eslayman hamon jigar xun,
O‘sha o‘tda yonar mendagi vijdon.
Qalbda olov yonar oshkora-pinhon,
Ulardan qolmadi yer yuzida qon.
Tosh ustida maysa unmoqda qat-qat,
Dilim og‘rir, menga tuyular uyat
Nafas olmoq, yurmoq, yozmoq she’r-doston.
Shoirning baxti va baxtsizligi shundaki, aytadigan
so‘zini aytish mumkin bo‘lmagan vaqtda ham aytishi
kerak. Bu uning qo‘lidan keladi. Chunki bu so‘z o‘zgalar-
ga taskin beradi. Bir tanqidchining fi kricha, Qaysin
Quliyev asr fojiasiga daxldor, u buni sharafl i burchday
qabul qildi va boshidan kechirdi. Mana uning Muso Jalil
bevasiga yozgan she’riy maktubi:
Sizga bosh egaman, ko‘ksimda qo‘lim,
Barcha odam kabi men sizdan qarzdor.
Fojiyangiz eslab og‘riydi dilim,
Kechiring, mening ham bunda aybim bor.
Hech qaysi misrasida
“tinchlik”
so‘zi yozilmagan,
lekin mening nazarimda, tinchlik mavzusiga bag‘ish-
langan she’rlar orasida unga teng keladigani kam.
Axir, odamni faqat o‘qlar yarador qilmaydi. Urush
azob-uqubatlari chegara bilmaydi,
“shoir uchun esa be-
gona g‘am yo‘q”.
Qaysin boshqa shoirlardan o‘ziga xos donishmand-
ligi, mubolag‘asi va so‘zga talabchanligi bilan ajralib
turadi. Bunday talabchanlik dastlabki so‘z misolida
odam genlariga joylangan. Shoirning ta’kidlashicha,
so‘z aytish – buyuk hodisa! So‘z tufayli odam zimis-
ton, betartiblikdan chiqadi. Axir, u sukut saqlasa ko‘zga
tashlanmaydi. So‘z sharofati bilan odam tarixga kiradi,
tabiatning, jamiyatning bir qismi ekanini anglaydi.
Hamma narsa qorning ostida qoldi,
Tek qotgan daraxtlar turar darg‘azab.
Sukunat ko‘nglimga xavotir soldi,
Nojoiz tin olmoq, nojoiz so‘z-gap...
“Nojoiz tin olmoq...”
Menimcha, bu – hayratlanarli
darajadagi haqiqat. Unda yangicha sezimning badiiy
nafosati mujassam. Zero, bunday sezmoq uchun tabi-
atni yurak bilan his qilmoq kerak. O‘shanda so‘z kela-
di. Shubhasiz, shoir buni to‘laqonli ifodalagan: “nojoiz
so‘z-gap”. Nahotki biz shoir badiiy vosita va hodisalar
orqali tabiatning qadimiy tasvirini chizgan manzarani
ko‘rmaganmiz, go‘yo u tayyorgarlik ko‘ryapti, hozir-ho-
zir ko‘z o‘ngimizda qiyofasini o‘zgartiradi, qadimiy va
bizga tanish tilda so‘zlab yuboradi. Ha, hali kech emas.
Sukunatni buzmaylik. Balki bizning fi krlashimiz ham
unga xalal berar. Har holda, u odamdan minnatdor
bo‘lib yuz ochmoqqa tayyorlanyapti. Demak,
tabiatning
sehrli mo‘jizasi ro‘y beradi.
Sukunat. Daraxtlar shoxlarida qor,
Oydinlashib borar soniya sayin.
Yo‘q, ular qor emas, qo‘lyozma biror,
Qiynalaman uni o‘qiy olmayin...
Vaqt o‘tib bormoqda. U chopag‘on: bu har soat, har
daqiqadagina emas, har soniyada yaqqol ko‘rinmoqda.
Odam sirli belgilarni tushuna boshladi. Ma’lum bo‘lishi-
cha, odam ularni qachondir o‘qiy olgan.
Qalbda xotiralar jonlandi bexos,
Ko‘ryapman kattakon daraxt ortida,
Qaygadir otliqlar chopmoqda bevosh,
Biri qulab qotdi qorning ustida
Va qaydadir bulut g‘amgin to‘kdi yosh...
Nega odamzod boshiga shunday savdo tushadi?
Uning nigohi kimni izlayapti? Axir, bizgacha yashagan-
lar mehr bilan taskin berishimizga muhtoj bo‘lganday,
bizdan keyin keladigan avlodlar ham bunga muhtoj
bo‘ladi. Shoir zamonlarni bog‘lab turgan rishtaga man-
gu tirik xotiralarni mahkam bog‘laydi.
Atrofda mo‘jiza ko‘tarmoqda bosh,
Bu ro‘y bermayapti tasavvurimda.
Axir, nima ko‘rgan bo‘lsam umrimda,
Eslab qolgan ekan daraxt, tog‘-u tosh...
Nahotki, bu she’r tinchlik haqida emas? Hayotiy
tasvirlarda nafaqat
“rohat-farog‘at”,
balki
“tush”
dagi
go‘zallik va voqelikdagi tashvish ham jonlanadi. Bu
tashvish insoniy va tabiatdagi muvozanat buzilishidan
kelib chiqqan. Albatta, muvozanatni urush buzgan.
Faqat ugina emas. Muvozanat buzilishiga odamlar ning
loqayd ligi, beparvoligi,
“balandparvoz”
gaplari ham
ta’sir qilgan, bu o‘lim bilan necha bor yuzma-yuz kelib
SO‘Z qadrini anglagan, o‘sha vaqtda ham
“urushdan
qattiqroq ovozda baqirishga urinmagan”
(A.Surkov)
davrda ham she’r yozgan Qaysin Quliyevga azob be-
radi.
So‘z qadri qimmat! Shoir so‘zda o‘zligini,
hayotiy
shiorini ifoda etadi. Qaysinni balandparvoz bayonot va
murojaatlar qiladigan odamlar qatorida bo‘lganini tasav-
vur ham eta olmaymiz. Menimcha, bunday qilish – ix-
tiyoriy yoki noixtiyoriy holda o‘ziga bino qo‘yish, dan-
gal aytganda, surbetlik, o‘ziga e’tiborni qaratish uchun
haqiqatdan balandroq baqirishga behuda urinish.
Inson qadri qimmat! Menimcha, bu – ozodlik na-
fasidan qanot yozgan tafakkur.
Qaysin shunday inson
edi. Uni shunday bilamiz.
“Quliyev erkin shoir,
– deb
yozgandi V.Zvyaginseva. –
Uning she’rlari uslubbozlik,
bezakbozlik va g‘oyabozlikdan xoli, soxtakorlik haqida
gapirmasak ham bo‘ladi. Aytish mumkinki, u shamolday
erkin, agar shamol fi krlay olsa”.
Qaysin Quliyevning hayoti va ijodi chambarchasdir.
Bizga qoldirgan hayot kitobi vafodor. Ishonchim komil,
unga shoirning eski va yangi do‘stlari qayta-qayta mu-
rojaat etishadi, mehr-u muhabbat bilan o‘zlariga taskin
izlashadi. Undan mardlik, oliyhimmatlik va shon-sharaf
saboqlarini olishadi.
Asror MO‘MIN tarjimasi