4- Mavzu: Sharq va G’arb falsafasida inson masalasi
Reja:
1. Falsafa tarixida insonning kelib chiqishi haqidagi ta`limotlar.
2. Sharq faylasyflarining inson haqidagi qarashlari.
3. G`arb falsafasida inson muammosi.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik sifatida inson, shahs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma`nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos.
Inson boshqa mavjudotlardan sosial hususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste`mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va ta`qiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psihik hususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi.
Inson shu hususiyatlari orqali yahlit bir tizimni tashkil etadi. U yahlit mavjudot sifatida o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta`minlaydi. Insonga hos bo’lgan biologik hususiyatlarni ijtimoiy hususiyatlardan ustun qo’yish yoki psihologik hususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
Falsafa tarixida inson tug’risidagi ta`limotlarda biologizm, sosiologizm, psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik hususiyatlariga, sosiologizm insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, ma`naviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.
Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.
Inson ta`lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar ta`sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak mas`uliyatni his etish, G’oya uchun kurashish, mustahkam e`tiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning maqsad, G’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va mafkura bilan uzviy bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo’lida hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.
Shaxs mustahkam iymon-e`tiqod, G’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, Vatan, millat tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr hususiyatlarini ifoda etadigan insondir.
Jamiyat o’z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shahsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o’zgargan tarixiy sharoitda shahs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shahslar timsoli aks ettirilmoqda.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida fozil va barkamol inson shahsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’z oldiga ana shunday shahsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi.
Inson tarihning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta`minlaydi. U o’z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o’z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi, o’z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo’lib hizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta`minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ`ib etishi kabi hususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi.
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo’lishi va rivojlanishini ruh bilan bog`laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga hos bo’lgan biror-bir hususiyatga alohida urg`u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi ahloqiy jihatlarga ko’proq e`tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta`riflagan. Vladimir Solov’ev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig`inish kabi hususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig`inish insongagina hos.
Inson tabiati — G’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma`naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi.
Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma`naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma`naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir.
Insonning ma`naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini tug’ri tushunishga halaqit berishi mumkin.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma`naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, sahiy va olihimmat bo’lishga undaydi.
Antropologiya insonning ma`naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan G’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta`rifiga ko’ra, ma`naviyat (ruh) insonni ahloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shahslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga hos bo’lgan barcha hususiyatlar shahs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.
Shahsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, G’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi. Unga hos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir:
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi;
- mehnatga yangicha munosabatni rag`batlantirishga yordam beruvchi omillar;
- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;
- shahs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi;
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;
- shahs erki va huquqlarining kengayganligi;
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;
- demokratik qadriyatlar rivoji;
- ma`naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.
Ular shahsning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro’yobga chiqishini ta`minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shahs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e`zozlanadi.
Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi:
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish;
- inson uchun bahtli hayot sharoitlarini yaratish;
- insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta`minlashi, kelgusi avlodlarga yahshi hotiralar qoldirishi va iymon-e`tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga halaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga qadar inson tug’risidagi falsafiy ta`limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy hususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq e`tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig`ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi.
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta`kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, halq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me`yorlarni poymol etib, ko’proq g`arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ihtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka rahna soladi, ma`naviy-ahloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga etkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraho’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun nohush odamlardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e`tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta`minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e`tibor beradi.
Shahs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo’lida paydo bo’lgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shahsni o’z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak G’oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim hususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaho’rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg`unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g`amho’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir.
Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga hos hususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, ta`lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg`unligini ta`minlashga erishish butun ta`lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shahs jamiyat a`zosi deb ataladi.
Qadimgi SHarq va G’arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma’naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o’ziga xosligi va betakrorligidan qat’iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Falsafa tarixi haqida fikr yuritishdan avval falsafa fanining bilish nazariyasi, qonun va kategoriyalari, tamoyillari, inson falsafasi, jamiyatni falsafiy anglash, uni ilmiy bilish va ilmiy boshqarish muammolari, insoniyatning istiqboli falsafa bilan mafkura o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, o’zaro ta’siri kabi masalalar haqida talabalarga ma’lumot berish lozim.
Falsafa tarixi fani bo’yicha talabalarga ma’lumot berishda, falsafiy dunyoqarash, inson faoliyatining asl maqsadi, mazmuni va mohiyati, moddiy borliq va ijtimoiy hayot o’rtasidagi o’zaro qonuniyatlar, aloqadorlik to’g’risida ma’lumot berishi darkor.
Falsafa tarixining shakllanishi va rivojlanishi, tarkibiy tuzilishining tarixiy bosqichlari, sinfiylik, xukm surgan davrda insonlarni xaqqoniylik, xalollik yo’lidan chalg’itib, g’ayri ilmiy fikrlar ya’ni “Evropotsentrizm”, “Osiyosentrizm” g’oyalarni ilgari surganliklari, G’arbni SHarqdan ustun turishi haqidagi fikrlari ilmiy asosga ega bo’lmaganligi sababli bu g’oya chok-chokidan so’kilganligi to’g’risida, hozirgi davrning ilmiy, falsafiy, diniy manzarasi, falsafa tarixining asosiy yo’nalishlari, oqimlari va maktablari, dunyoning globallashuvi, insoniyatning ekologik va boshqa global muammolari haqida tasavvurga ega bo’lishi lozimligi.
Falsafa tarixi fanini o’rganishda talaba dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mifologik dunyoqarash va uning xususiyatlari. Diniy dunyoqarash, uning xususiyatlari va ularning jamiyat hayotidagi o’rni. Falsafiy dunyoqarash – olam haqidagi yaxlit va sistemalashtirilgan bilimlar majmuasi. Falsafiy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari. Nazariya bilan amaliyotning birligi – falsafiy dunyoqarash tamoyili ekanligi. Qadimgi Misr va Bobilda diniy - falsafiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida aniq fanlar – astronomiya, matematika, tabiatshunoslikning rivoji va ularning xalq hayoti bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ilmiy fikrlarning o’ziga xos yo’nalishda, amaliy xarakterda, xukmron mifologik tasavvurlar an’analariga bog’liq holda rivojlanganligi. Xukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo’lganligi. Fikrimizning tasdiqi sifatida “Xo’jayinning o’z quli bilan suhbati”, “Arfis qo’shig’i”, “O’z ruhi bilan suhbat”, kabilarni olish mumkin.
O’tmish falsafiy ta’limotlar tarixini bosib o’tilgan bosqich sifatida o’rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etishini yodda tutmoq darkor. Bizning fikrimizcha falsafa bu ilmning shunday bir qismiki u na faqat yangi fanlarni tarixiy sharoitlarni, tabiiy ilmiy kashfiyotlarni tadqiq etish bilan taraqqiy etib qolmay balki o’zining falsafa tarixini anglash va yana qayta anglash yo’li bilan rivojlanadi. Falsafa tarixi bu ham falsafiy, ham tarixiy fandir. Falsafiy tarixshunoslik tushunchasidir. Falsafa tarixi falsafaning turli tamoyillari to’g’risidagi fandir. Falsafa tarixi predmetni o’rganishda falsafa bilan falsafa tarixining o’rtasidagi munosabatni ko’rish kerak. Falsafa tarixining turli tamoyillari to’g’risida, Gegel va uning ilmiy falsafa tarixining yuzaga kelishdagi roli haqida so’z yuritish lozim.
Talaba, shuningdek falsafa tarixida milliylik va baynalminalikning dialektik birligi to’g’risida muhim dasturul amalligini tushuntirish lozim.
Dastavval ilmiy falsafiy fikrlar eramizdan avval 2 ming yil avval shakllana boshlangan. Ilmiy-falsafiy fikrlar diniy-mifologik tushunchalar bilan o’ralgan edi. Qadimgi SHarq davlatlarida madaniyat, ilm va g’oyalarning shakllanishida kohinlarning roli katta bo’lgan.
Qadimgi Mirs va Bobilda ilmiy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi.
Dastavval ilmiy-falsafiy fikrlar eramizdan avval ikki ming yil avval shakllana boshlagan ilmiy falsafiy fikrlar diniy-mifologik tushunchalar bilan o’ralgan edi. Qadimgi sharq davlatlarida madaniyat, ilm va g’oyalarning shakllanishida qohinlarning roli katta bo’lgan. Ma’lumki, dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida Misr va Bobilda aniq fanlar- astronomiya, matematika, tibbiyotlarning rivoji va ularning xalq hayoti hamda ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o’ziga xos yo’nalishda, amaliy xarakterda, hukmron mifologik tasavvurlar an’analrga bog’liq holda rivojlangan. Hukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo’lgan.
Mirs va Bobilda falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ta’riflab, qadimgi Hindiston hamda Xitoy davlatlarida dastlabki sodda materilistik ta’limotlarning yuzaga kelishi to’g’risida fikr yuritmoq maqsadga muvofiq bo’lur edi.
Qadimgi Hindistonda diniy-mifologik ideologiyasi. “Vedalar” braxmanizm ideologiyasining asosiy manbai.
Qadimgi Hindistonda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Sinfiy kurashning keskinlashuvchi va asosiy falsafiy maktablarning yuzaga kelishi.
Qadimgi Hindistonda idealistik ta’limotlarning rivojlanishda din va mifologiyaning ta’siri.
Birinchidan, Qadimgi Hindistonda jamiyat a’zolari tabaqalarga (kastalarga) bo’lingan edi. Braxmanlar (ruhoniylar davlatni idora qiliuvchilar). 2. Kshtariylar (xarbiy aristokratiya). 3. Vayshialar (erkin jamoa a’zolari, ya’ni noz-ne’mat bunyodkorlari.) 4. SHudralar ( past guruhlar bo’lib, ular jamiyat a’zolariga kirmas adilar). Jamiyatning oliy tabaqasi braxmanizm diniy ideologiyasini yartdi va rivojlantirgan. Bu oqim o’z mohiyatiga ko’ra reaksion edi. Vedalar esa braxmanizm ideologiyaining asosiy manbai hisoblangan. U to’rt qismdan iborat edi. 1. Rigveda. 2. Samaveda, 3. YAdjurveda, 4. Atxarvaveda.
Ikkinchidan, “Vedalar” garchand diniy mifologik ruhdagi asar bo’lishiga qarmay, unda olam qanday paydo bo’lgan uningboshi va oxiri bormi. Xudolarning vazifalari nimadan iborat deyilgan olam haqidagi dastlabki sodda qarashlarni qarashlarni uchratish mumkin. Vedalarning yakuni hisoblangan Upanishadlar (Mahfiy ta’limot) da falsafiy fikrlar bayon etilgan. Eramizdan oldingi VII asrdan –II asrgacha Qadimgi Hindistonda bir qator falsafiy maktablar, jumladan CHorvaka-Lokayata, Sankxiya, Vedanta, Vaysheshika, Yoga, Nyaya, Mimansa kabi maktablarning ta’limotlari asosiy o’rin egallagan. Bu maktablarda borliq, xarakat, olmani bilish masalalari o’ziga xos ravishda talqin qilingan.
Hindiston bilan bir qatorda qadimgi Xitoyda ham ilm-fan diniy mifologik va falsafiy fikrlar juda erta shakllanib borgan.
Qadimgi Xitoyda falsafiy ta’limotlarning yuzaga kelishi. Bu mavzuni quyidagi reja asosida o’rgansa bo’ladi.
Qadimgi Xitoyda quldorlik jamiyatning yuzaga kelishi hamda hamda “Osiyocha ishlab chiqarish usuli” ning o’ziga xos xususiyatlari.
Qadimgi Xitoy diniy-mifologik ideologiya haqida.
Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari haqida (Konfutsiy, Lao szi YAn CHju falsafiy maktablari).
Qadimgi Xitoyda sinfiy qarama-qarshiliklar tobora keskinlashuvi tufayli hukmron sinf o’z manfaatlarini himoya qilish uchun jonlariga oro kiradigan g’oyaviy qurol – dinga suyana boshladilar. Din va iohiy kuchlar to’g’risidagi mistik tasavvurlar qadimgi Xitoyda eramizdan taxminan XX—XV asr ilgari paydo bhlgan. Qadimgi Xitoy yozma manba’lari hisoblangan (“Go—YUy”), (“Qadimgi davr haqida so’z”), “SHitsain” (“Qo’shiqlar kitobi”), “Iqzin” (“O’zgarishlar to’g’risidagi asar”) va “In’fitszin” (“Zulmatning garmoniyasi to’g’risidagi asar”) nomli kitoblardir. Qul egalari diniy ideologiya yordamida podsholar ilohiylashtirilgan, ular xudoning erdagi vakillari deb e’lon qilingan, mehnatkash ommani ezishda dindan qurol sifatida foydalanishar, shu bilan birga falsafiy fikrlarning shakllanib borish jarayoni ham ifodalangan.
Qadimgi Xitoy madaniy merosining yozma yodgorliklarida mifologik tasavvurlar ifodalanishi bilan birga ayrim ateistik fikrlar, olamning moddiyligi va manguligini ta’kidlovchi fikrlarni ham uchratish mumkin.
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha, xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi Yunon antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa, o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson erki hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha, inson yaxshilikni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning eng oliy kuch-qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va noaniq narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi5 . O‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik falsafa ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha munosabatlarni ham belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan o‘zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi, uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiyning ham diqqat markazida bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy muammolari haqida bosh qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat doirasida o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish uchun yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning teng bo‘lishiga mutlaqo qarshi edi. Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan ezgulikning asosini tashkil etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a suriladi.
TAYYORLADI:SALIMMURODOVA DILAFRUZ
Do'stlaringiz bilan baham: |