Adabiy portretnavis mahorati
O‘zbek
tanqidida
I.Sulton,
O.Sharafi ddinov,
S.Mamajonov, N.Karimov, U.Normatov, A.Rasulov sin-
gari munaqqidlar adabiy portret ustalari sifatida mash-
hurdirlar. M.Qo‘shjonov ular safi dagi peshqadamlardan
biri sifatida adabiy portretlarida badiiy mahorat masa-
lasini tadqiq markaziga qo‘yishi bilan ajralib turadi. U
muayyan asardagi badiiy mahoratni tekshirish orqali ayrim
muhim nazariy xulosalar chiqaradi. Munaqqid ijodida ad-
abiy portret janri yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U
har bir asar tahlilida yozuvchidan teran
hayotiylik, yuk-
sak badiiylikni talab qiladi. Adabiy portretda ham asosiy
masalaga shu nuqtayi nazardan yondoshadi. Shu jihat-
dan M.Qo‘shjonovning I.Sulton, Q.Hikmat, O.Yoqubov,
P.Qodirov, Sh.Xolmirzayevga bag‘ishlangan kichik-kichik
adabiy portretlari, A.Oripovning «Armon» to‘plamiga
yozgan so‘zboshisi hamda S.Meliyev bilan hamkorlikda
yozgan «Abdulla Oripov» nomli kitobi xarakterlidir.
Sho‘ro yillarida yaratilgan adabiy portretlarda yozuv-
chining
faqat ijodi markazda tutilib, uning insoniy fazilat-
lari, hayotidagi dramatizm, oila, muhit kabi masalalarga
kam e’tibor berildi. Holbuki, Sent-Byov alohida ta’kidlagan-
idek, yozuvchi ijodi va siymosi markazda turar ekan,
uning
kundalik hayoti va odatlariga ham ahamiyat berish lozim:
«Meni hamisha maktublar, suhbatlar, fi krlar, xarakterlar-
ning turli holatlari, ruhiyati, bir so‘z bilan aytganda, mash-
hur yozuvchilar tarjimayi holini o‘rganish rom etib keldi»
4
,
– deb yozgan edi Sent-B’yov.
Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy, Oybek ijodiga oid por-
tretlarni ko‘zdan
kechirar ekanmiz, tanqidchining boshqa
janrdagi tadqiqotlarida yetakchi bo‘lgan obraz larni adabi-
yotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratish usuliga duch
kelamiz.
«Nafosat shaydosi» portreti Oybek qiyofasini yara-
tish yo‘lidagi izlanishlardan biridir. Oybek hayoti va ijodiga
bag‘ishlab monografi ya, ilmiy-biografi k ocherk, portret kabi
janrlarda ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. M.Qo‘shjonov asa-
rining
ulardan farqli jihati shundaki, u Oybek ijodi haqida
umumlashtiruvchi xarakterdagi ada biy portretni yaratdi.
Unda ham yozuvchining ijodiy qiyofasi namoyon bo‘ladi,
ham asarlaridagi qahramonlar oddiy kitobxon sezmagan,
payqamagan fazilatlari bilan butun to‘liqlikda gavdalanadi.
M.Qo‘shjonov yozuvchi ijodining o‘ziga xosliklari, asar-
larining badiiyati orqali ochiluvchi muxtasar ijodiy portretlar
yaratdi. Har bir ijodkorning ko‘pchilikka noma’lum mahorat
sirlarini kashf etdi. Tanqidchi portretlari ko‘pincha, o‘quv-
chi diqqatini tezda o‘ziga jalb etadigan qiziqarli usulda
boshlanadi. Kitobxon birinchi jumladagi sirli tezis (kod)ga
ergashib, adabiy portretni o‘qib qo‘yganini sezmay qola-
di. Masalan, H.Olimjon haqidagi portretda shoirning o‘z
so‘zlari sarlavhaga olib chiqilgan: «Men o‘zbek xalqi no-
midan so‘zlayman!», Qudrat Hikmat haqidagi adabiy por-
tret ham «Eshiting, she’r o‘qiyman» degan shoirning o‘z
iborasi bilan boshlanadi. Ya’ni
sarlavhadanoq tanqidchi
fi kr yuritayotgan ijodkor asarlarining bosh konsepsiyasi
yarq etib ko‘zga tashlanadi. Munaqqid har bir adabiy por-
treti muqaddimasida biror chiroyli tafsilot, hayotiy voqea
yoki ibratli lavha kel tiradi. Ular shunchaki o‘quvchi diqqati-
ni
jalb etish uchun keltirilmay, ko‘p o‘rinlarda adabiy portret
uchun
«o‘q ildiz, maqsadni birlashtiruvchi, ichdan umum-
lashtirib», ruhan yorituvchi nurli tomir»
(B.Nazarov) xizma-
tini bajaradi. Adabiy portretni o‘qib chiqqandagina, tanqid-
chi bu lirik chekinishni bekorga, shunchaki jimjimadorlik
uchun keltirmaganligiga ishonch hosil qilamiz.
Sh.Xolmirzaev, O.Muxtorov
ijodiga oid portretlar ham
jonli xotiralar asosida yozilgani bilan e’tiborga lo yiq.
M.Qo‘shjonov bolalar adabiyotini o‘rganishga ham mu-
nosib hissa qo‘shdi. Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, H.Po‘lat
ijodiga bag‘ishlangan adabiy portretlarda bolalar adabiyoti
muammolarini o‘rgandi.
M.Qo‘shjonov Sayyorning «Hulkar» romaniga yozil-
gan «Xayol boshqa, hayot boshqa» taqrizi hamda un-
dagi ayovsiz tanqidiy fi krlari bilan o‘zbek tanqidchiligida-
gi talabchanlik va prinsipiallikning ajoyib namunasini
ko‘rsatdi. Ibrohim Rahimning «General Rahimov», Yusuf
Shomansurning «Qora marvarid» romanlariga yozilgan
taqrizlar ham shunday xarakterga ega.
Keyingi asar jiddiy
qayta ishlanishi munosabati bilan tanqidchi u haqda qator
ijobiy fi krlar ham aytdi.
Keyingi 60 yillik o‘zbek adabiy tanqidini M.Qo‘shjonov
ijodisiz to‘la tasavvur etish mumkin emas. Uning xiz-
matlari, avvalambor, ulkan san’atkorlar mahoratini te ran
tahlil qilishida namoyon bo‘ladi.
1
M.Qo‘shjonov. Qalb va qiyofa. T.: 1979. 62-bet.
2
M.Qo‘shjonov. O‘zbekning o‘zligi. T.: 1994. 8-bet.
3
O‘.O‘tayev. Tahlil mahorati. // O‘TA, 1978, 3-son. 74-bet.
4
Сент-Бьёв Шарль. Литературные портреты. Критические очерки. Мoсква, Худож. лит, 1970. – С. 313.