Oybek ijodi tanqidchi nigohida
M.Qo‘shjonovning tanqidchilikka kirib kelishidagi
dastlabki e’tiborli maqolalaridan biri A.Muxtorning «Opa-
singillar» romaniga bag‘ishlandi. Lekin munaqqid nomini
kitobxonga tanitgan, ya’ni darhol tilga tushgan ishlaridan
biri «Qutlug‘ qon» to‘g‘risidagi oddiy o‘zbek yigiti Yo‘lchi
xarakterining shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilingan
katta maqola bo‘ldi. Shu maqoladan boshlab M.Qo‘shjonov
Oybek ijodini, uning mahorat sirlarini o‘rganish borasida
ko‘p mehnat qildi.
I.Sultonov o‘tgan asr 60-yillari arafasidayoq tanqid-
chilarni M.Qo‘shjonovdan o‘rnak olishga da’vat etishi bejiz
emas edi. Olimning «Oybek romanlarida xarakterlarni tas-
virlash mahorati» mavzusida rus tilida yozilgan nomzodlik
dissertatsiyasining asosiy natijalari kitob holida 1959-yil-
da bosilib chiqdi.
«Xo‘sh, M.Qo‘shjonov Oybek haqidagi
avvalgi tadqiqotlardan so‘ng oybekshunoslikda nimalarni
kashf etdi? Aslida adabiyotshunos H.Yoqubov kitoblaridan
keyin bu borada hammaga manzur bo‘ladigan ish qilish
nihoyatda ulkan mas’uliyat talab qilardi. Bu ishni amalga
oshirish uchun faqat tanqidchi talantining o‘zi kifoya qil-
masdi. Talantga qo‘shimcha tinimsiz mehnat, yuksak did,
puxta nazariy bilim kerak edi. Uzoq izlanishlar, bir necha yil
Moskvaning jahonga mashhur olimlari davrasida bo‘lish,
klassiklar asarlarini sinchiklab o‘rganish yosh olimni bu ja-
soratga undadi»
3
.
Kitobning fazilati yozuvchilik san’atining asosiy va
muhim tomoni sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining
tekshirilishida ko‘rindi. Asar Z.Kedrina, G.Lomidze kabi
taniqli olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotshunosligining
jiddiy yutug‘i deb yuksak baholandi.
M.Qo‘shjonov Oybek asarlari haqidagi kuzatishlarini
davom ettirib, yuksak mahorat namunasi bo‘lgan «Oybek
mahorati» asarini yaratdi va unda, asosan, adibning nasriy
ijodini tadqiq etdi. Bu asar «adabiy hodi saga faqat nazari-
yotchi olim ko‘zi bilangina emas, balki san’atkor ko‘zi bi-
lan ham qarashning, ilmiy tafakkurni badiiy tafakkur bilan
dialektik aloqada olib borish»ning go‘zal namunasi bo‘ldi.
«Oybek mahorati» monografi yasi oybekshunoslikni yangi
bosqichga olib chiqdi.
Bu kitobda ham tahlil markazida xarakter masalasi
turadi. «Oybek mahorati»ning adib haqidagi boshqa tad-
qiqotlardan farqlanuvchi jihati shunda. Bu tadqiqot qahra-
mon xarakteriga bog‘liq holda konfl ikt, sujet, kompozitsiya
muammolari ham uzviy birlikda o‘rganilgan o‘zbek adabi-
yotshunosligi erishgan salmoqli yutuq bo‘ldi. M.Qo‘shjonov
Oybek she’riyatiga ko‘p muro jaat etmaydi. Uning poe-
malariga, asosan, prozaga o‘tishdagi muhim sifatlarning
shakllanishini belgilash nuqtayi nazaridan yondashadi.
Shu ma’noda mu naqqidni Oybek she’riyatida epik xususi-
yatlar jalb etadi. M.Qo‘shjonov ularni tahlil etar ekan, shoir
she’riyatda ham yirik polotnolar, keskin ziddiyatlar, katta
sujet yaratish ustasi ekanligini ochib beradi. Bu Oybekning
katta ijod maydoniga kirib kelishi uchun zamin bo‘ldi, deb
xulosa chiqaradi.
M.Qo‘shjonovning Oybek ijodi haqidagi izlanishlari
izchillikka ega. Uning «Talant jilolari», «Mahorat darsi»,
«Ijod saboqlari» kitoblarida ham Oybek mahorati xusu-
sidagi nozik kuzatishlarga duch kelamiz. Olim Oybek asar-
laridagi ayrim qahramonlarni yozuvchi shaxsi, tarjimayi
holi bilan bog‘lanishda yoritishga harakat qiladi. «Qutlug‘
qon»dagi Yo‘lchi, «Ulug‘ yo‘l»dagi Zumrad, Umarali obraz-
laridagi o‘z-o‘zini anglash, ruhiy-ma’naviy uyg‘onishlar,
so‘zsiz, «yosh Oybekning o‘z boshidan o‘tgan» degan xulo-
sa asar strukturasidagi o‘ziga xosliklarni ochishdan tashqari
u haqdagi ilmiy ishning ham jonliligi va hayotiyligini oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |