Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Qo‘chqor SIDDIQOV,
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi O‘qituvchilarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi katta 
o‘qituvchisi
KITOBXONNI YIG‘LATGAN TARJIMON
kabi asarlarni olmon tilidan, “Tulkichaning havodagi sar-
guzashti” asarini rus tilidan, “Tarixi Rashidiy”ni turmush 
o‘rtog‘i Vahob Rahmonov bilan hamkorlikda fors tilidan 
tarjima qilgan mahoratli mutarjim edi.
Kechagina “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
“Yosh Verterning iztiroblari” romanini 5000 nusxada 
chop etdi (balki bu asarning 6–7-nashridir).
Y.Egamova Gyote instituti O‘zbekiston bo‘ylab 
uyush tirgan tarjimonlar yig‘ilishlarida mas’ul ekspert si-
fatida jonbozlik ko‘rsatgan. Bu haqda shogirdlaridan biri 
Behruz Avazov o‘z xotira maqolasida shunday yozadi: 
“Ustoz ilmni haqiqat tarozisida o‘lchaydigan benazir oli-
ma edi, katta-yu kichik munozaralarda shoshilmasdan, 
aniq va lo‘nda fi kr bildirar, bilimdonlarning bahslari ta-
ranglashib boradigan davralarga tarjima jarayonida yuz 
beradigan qiziq gaplari bilan darrov xush kayfi yat olib 
kirardi. 
Yoshi ulg‘aygan bo‘lsa-da, bu insonning keksalik-
dan, toliqishdan noliganini bilmayman. Ustoz Guliston 
va Toshkent oralig‘ida uzluksiz qatnashdan charchama-
gan. Deyarli har haftada ijodiy uchrashuv, seminar va 
konferensiyalarda nutq so‘zlar, yangi tarjimalari, kel-
gusidagi rejalaridan tinglovchi va o‘quvchilarini bo-
xabar etardi. Respublikamiz viloyatlariga tashrif buyu-
rib, talaba-yoshlar bilan uchrashar, bilganlarini tezroq 
hammaga ulashgisi kelardi. O‘zining tarjimalari haqida 
biz yoshlardan ham fi kr so‘rab: “Men sizlardan o‘rga-
nishim kerak”, – deb kamtarlik qilib qo‘yardi. Aslida esa 
bu orqali insoniy fazilatlari, katta hayot tajribasini, ilmda 
so‘rashdan uyalmaslikni biz o‘quvchilarga o‘rgatardi. 
Toshkent viloyatidagi so‘lim oromgohlarning birida 
Nigora Abduqodirova loyihasi asosidagi yosh tarjimon-
lar va havaskorlar uchun mo‘ljallangan bir haftalik yoz-
gi akademiyada qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldim. 
Ne saodatki, ushbu akademiyaga taniqli olim Vahob 
Rahmonov hamda Yanglish Egamova raislik qilayotgan 
edi. Mana shu qisqa fursat mobaynida menga nomlari 
avvaldan darslik va adabiyotlar orqali ma’lum bo‘lgan 
insonlarning ichki dunyosini o‘zim uchun kashf etdim. 
Ular bilan uzoq suhbatlashar, bunday maroqli, adabiy 
saboqlarga boy kechalarning tugashini sira istamas 
edim, zotan ular bilan gurunglashgan har qanday kishi-
ga allaqanday iliqlik hamda samimiyat yuqardi. Bolajon 
ko‘ngilli bu ikkala olim akademiyada har bir savolimizga 
erinmay batafsil javob berishar, adabiyot va badiiy tar-
jimaning mashaqqatli so‘qmoqlaridan sabr bilan ildam-
lashga da’vat etishardi. Keyinchalik nemis tili va shu til 
bilan bog‘liq tarjimalarga bag‘ishlangan turli tadbirlarda 
Yanglish Egamova bilan ko‘p bora ko‘rishdim”. 
Kitobxonlarni jahon adabiyoti durdonalari bilan osh-
no etgan, shogirdlarining mehribon ustozi Yanglish 
Egamova xotirasi o‘quvchi va barcha ziyolilar qalbi-
da mangu qoladi. Zero, xotira-muqaddas, inson qadri 
azizdir.


46
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
M.Qo‘shjonov Turkmanistonning Toshhovuz tumani-
dagi Hallang qishlog‘ida 1918-yilning 5-mayida cho‘pon 
oilasida tug‘ildi. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot olgandan so‘ng 
Chorjo‘ydagi o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurti va qisqa 
muddat pedagogika institutida tahsil oldi. 1942-yilgacha 
Toshhovuzdagi o‘rta maktabda o‘zbek tili va ada biyotidan 
dars berdi. Ikkinchi jahon urushida chapdast snayper sifa-
tida jang qildi. Jasorati uchun orden va medallar bilan mu-
kofotlandi. Urushdan qaytgach, O‘rta Osiyo davlat universi-
tetining fi lologiya fakultetiga kirib, uni imtiyozli diplom bilan 
tugatdi. Mas’ul lavozimlarda ishladi. 1953-yili Moskvadagi 
Ijtimoiy fanlar akademiyasiga o‘qishga tavsiya etiladi. Tahsil 
davomida qobiliyati va fi krlash doirasining kengligi bilan 
safdoshlari orasida ajralib turdi. O‘qishni tugatib qaytgach, 
O‘rta Osiyo universiteti fi lologiya fakultetining o‘zbek adabi-
yoti kafedrasida ishladi. M.Qo‘shjonov ma’ruzalarga shu 
qadar jiddiy tayyorlanardiki, keyinchalik matnlar ning aksari 
to‘liq holda matbuot sahifalarida alohida-alohida maqola 
tarzida bosildi. 1960-yili Alisher Navoiy nomidagi Til va ada-
biyot institutiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi, u yerda 
bo‘lim mudiridan direktorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
M.Qo‘shjonovning adabiy tanqidchilik faoliyati Ijtimoiy 
fanlar akademiyasida tahsil olayotgan paytlarida bosh-
landi. 1956-yili gazetada «Bir tanqidiy-biografi k ocherk 
haqida» nomli birinchi taqrizi e’lon qilindi. Adabiy tanqidchi 
bo‘lishdek qiyin sohaning mas’uliyatini chuqur his etgan 
yosh olimning bu taqrizi uning istiqbolini yorqin ko‘rsatib 
turardi. U asta-sekin nainki o‘zga adibning, balki o‘zining 
ham mahorati haqida o‘ylaydigan, nazariya masalalariga 
alohida e’tibor bilan qarovchi munaqqid bo‘lib yetishdi. 
Olim tadqiqotlarida badiiy mahorat masalasiga ko‘proq 
e’tibor qaratdi. Ularda xulosa chiqarishga nisbatan asarni 
xolisona, izchil tahlil qilish, xulosani o‘quvchi muhokama-
siga havola etish xususiyati ustunlik qiladi. 
Olimning rus va o‘zbek tillaridagi «Ma’no va mezon» 
(1974), «Mohiyat va badiiyat» (1977),«Talant qirralari» 
(1975), «Oybek» (1976), «Mahorat mas’uliyati» (1977) 
nomli kitoblari hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqid-

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish