veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
47
Fanimiz fi doyilari
korlikdagi jozib nuqtalarni topish, xususan, «sir saqlash»
san’atini birinchilardan bo‘lib M.Qo‘shjonov ko‘ra oldi.
Voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon
ruhiy olamini ochishda asosiy omil bo‘lib
xizmat qildi, de-
gan xulosaga keladi munaqqid. A.Qodiriy badiiy mahorati-
ning qirralarini olim (sir saqlash, perepitiya, ichki va tashqi
kolliziyalar birligi, antiteza) asardagi
nainki asosiy obrazlar
– Otabek va Kumush xarakteri orqali ochish, balki bu ikki
qahramonga kelib tutashuvchi va ularga aloqador bo‘lgan,
beistisno, barcha katta-kichik obrazlarni ham tahlil etish
orqali ko‘rsatishga intiladi. Lekin munaqqid asosiy e’ti-
borini Otabek va Kumushga qaratadi, albatta.
Otabek va
Kumush xarakteri asardagi barcha hujayralarni bir-biriga
bog‘lovchi, harakatlanti ruvchi asosiy kuch.
«Romanning
bosh g‘oyasi asosan yetakchi obrazlarda ifodalangani
uchun bu obrazlarning yaratilishi to‘g‘risida ko‘proq
to‘xtash foydalidir. Chunki bu masala yozuvchi san’atini
belgilovchi asosiy omillardandir»
2
,
– deb yozadi olim.
«O‘tkan kunlar»dagi xarakterlarni tahlil qilish jara-
yonida M.Qo‘shjonov o‘z qalbida tug‘ilgan his-hayajonlar-
ni kitobxonda ham uyg‘otishga intiladi: «Ota-ona orzusi»!
O‘zbekchilikning bu odati qancha-qancha sof insoniy his va
muhabbatni, insoniy go‘zalliklarni o‘z olovida kuydirib yubor-
madi. Ota-ona orzusi deb qan chadan-qancha gul g‘uncha-
lari ochilmay so‘ndi. Bu mudhish o‘tmish sarqiti hozir ham
ozod, baxtiyor yoshlarimiz oldida ba’zan g‘ov bo‘lib turmay-
dimi?»
– deya achinish bilan yozadi tanqidchi Otabekning
ota-ona orzusi yo‘lida ikkinchi marta uylanishga majbur
bo‘layotganidagi ruhiy holatini tahlil etarkan. Tanqidchi qal-
bidagi bu iztirob tezda kitobxonga ham «yuqadi».
«Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati» kitobini muallif
mustaqillik yillarida qaytadan nazardan o‘tkazib,
ixcham-
lashtirib va boyitib, «O‘zbekning o‘zligi» nomi bilan nashr
ettirdi. Tarixiylik tamoyillariga qat’iy amal qilgan tanqidchi
bu kitobda o‘zining qator yangi qarashlarini istiqlol mafku-
rasiga asoslangan holda bayon etadi. Bu asar mustaqil-
lik ruhi bilan sug‘orilganligi, A.Qodiriy
ijodining bugungi
zamonamiz uchun ahamiyatli jihatla riga e’tibor berilishi
bilan diqqatga sazovordir.
M.Qo‘shjonov buyuk adib Abdulla Qodiriy asarlarini
katta e’tibor bilan o‘rgandi, u haqda jiddiy monografi k tad-
qiqotlar yaratdi. «Mohiyat va badiiyat» kitobining «Ustozlar
sabog‘i» deb nomlangan katta bo‘limi A.Qodiriy, Oybek,
Sh.Rashidov va Gulxaniy ijodining tahliliga bag‘ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: