Yurtim kengliklarin eslagan nafas,
O‘ksinib so‘zlayman ilhaq yurakka.
Zanjirda yursam ham mayli, boqsam bas
Tog‘laringga tutash shomgi shafaqqa.
O‘xshar shafaq, kirsa lolarang tusga
Yarador takadan sizg‘igan qonga.
Doim shu manzara kiradi tushga,
Olisdan talpinsam ota makonga.
Shoirning yurtiga, hayot yo‘li boshlangan joyga
qaytishini zamonaviy Odisseyga o‘xshatish mumkin.
Zaminga, odamlar boshiga tushgan barcha sinovlarni
ko‘rgan-kechirgan bo‘lsa ham uning yuragi tosh qotma-
di, go‘zallikka bo‘lgan mehriga ozor yetkazmadi.
Itakaga qaytgan Odissey misol,
Men Chegemga qaytdim o‘tib vaqt-fursat.
Yurtim, qancha kezmay suvingday zilol,
Bag‘ringday issiq joy ko‘rmadim faqat.
Odisseyga ochdi Itaka quchoq,
Men ham Chegemimni ko‘rib bo‘ldim shod.
Va lekin yo‘l bo‘yi qiynadi charchoq,
Chunki g‘amli ertak so‘zladi hayot.
Qaytish mo‘jiza! Nega meni, o‘quvchilar tanasini
titroq bosmoqda? Ehtimol, Qaysin qachondir yozgan
quyidagi so‘zlarni yodga olgandirmiz:
“Hozir odamlar
kelajakda ham yerimiz yer, bug‘doyimiz bug‘doy, suvi-
miz suv bo‘lib qolarmikin deya xavotirga tushmoqda”.
O‘tayotgan dam bundan ham vahimali savolni ayt-
moqda:
“Odamlarda odamiylik saqlanib qolarmikin?”
Bu xavotir odamlarda allaqachon dahshatli ko‘rinish
oldi:
“Nimani odam deb atashimiz kerak?”
Shu tariqa
insoniyat dardi keng ko‘lamda she’riyatga ko‘chdi. Bu
muammolarni bir-birimiz bilan maslahatlashgan holda
yengib o‘tishimiz mumkin, ammo hammaning dardini
sezadigan va chora izlaydigan shoir uni ifodalashda
xomxayollarga berilishga haqqi yo‘q.
Shoir ta’kidlaydiki, insonparvarlik tuyg‘usi zamonaviy
idrok qilish va dunyoqarash asosida shakllanadi, bu-
ning uchun ichki muvozanat bo‘lishi zarur, shunda
odam yura gi bilan borliqni yanada teranroq anglaydi.
Menimcha, bu dunyoni bir vaqtda ham bola, ham do-
nishmand ko‘zlari bilan ko‘rish demakdir.
Hayot – abadiy mo‘jiza! Biz keksalarga bu muqad-
das haqiqat ekanligini eslatish shart emas. O‘zimiz ham
buni bilamiz. Ammo... Hozir ham buni his qilayapmizmi?
Holbuki, buni bolalar hech narsani o‘ylamay zavq-
shavqqa to‘lib his qilishadi va ularga har safar dunyo
yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Go‘yo u
yaratilgan birinchi kundagi kabi tonggi shabnamlarda
quyosh nurlaridan jilvalanadi.
Borliqqa mehr ko‘zlari bilan qaralsa, yaratilgan bi-
rinchi kundagiday bir lahza bo‘lsa ham inson tabiatida
beixtiyor aks etadi. Tabiat esa har doim yangilanib tura-
di.
Albatta, Qaysin Quliyev ulug‘ yoshda, u dunyoni
bolalar uxlayotgan, oy to‘lishgan vaqtda kashf qiladi.
O‘sha lahzada
“oy nurlari qoyalarni, daraxtlarni yori-
tadi”
, shoir xayolot dunyosiga cho‘mib
“o‘tmishda birga
yashagan kishilari bilan suhbat quradi”
va bundan orom
oladi.
Oy yarqirar, nurdan yorug‘dir har yon...
Qadrdon tog‘larimga qarayman giryon.
Atrofda sukunat hukmron mutloq,
Bunday jimjitlikni ko‘rmagan so‘qmoq!..
Biroq,
“orom faqat bizning tushlarga kirar”.
Shoir
oromni tushlarida ko‘rsa ham shafqatsiz voqelikdan
bekinmaydi, o‘z-o‘zini asrashga urinmaydi, chunki
she’rlar ba’zan tushlarga ham kiradi. Ularda quvonch-
li lahzalar qanchalar ko‘rinmasin, o‘ngdagi jarohat ja-
rohatligicha qolaveradi. Shunga qaramay shoir shirin
tushlaridan minnatdor bo‘ladi.
O‘ngimda sovuqdan muzlab uvushdim,
Tushimda jazira kunlarni ko‘rdim.
Jang tindi. O‘lmagan hech qaysi do‘stim,
Do'stlaringiz bilan baham: |