Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Chingiz AYTMATOV,
qirg‘iz yozuvchisi 
SHOIRNING FAZOSI
(Qaysin Quliyev asarlarini qayta o‘qiganda)
va zamondoshlarimizning mehr bilan qilgan mehnatla-
rining samarasi.
U yer yuzini orzular ushalgan, baxtga yo‘g‘rilgan 
holda tasavvur qilardi. Bunga uning yetarlicha asoslari 
bor edi. Dehqon omoch bilan o‘ylab, kelgusi mo‘l ho-
sil uchun yer haydayapti. Bog‘bon bog‘i haqida o‘ylab, 
o‘ziga umuman notanish odamlarni meva bilan ta’min-
lash umidida yashayapti...
O‘z turmush tarzini, o‘z dunyoqarashini shoirona 
tasavvur qila oladigan odamlargina bugungi voqeliklar-
ni yengib o‘tadilar va vazifalarini halol bajaradilar. Mana 
shunday ishlarni go‘yo oddiy turmush tashvishlari bilan 
yashayotgan dehqonlar, bog‘bonlar... qilishyapti.
Go‘yo shunday. Hammasi oddiyday tuyuladi. Odam 
qaysi ishga mehrini bersa, samarasi odamga o‘xshash 
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mehnat – falsafa man-
bayi, donishmandlik xazinasi, uning samarasi odamni 
qo‘llab-quvvatlaydi, ilhomlantiradi.
Mehnat – teran tasavvur qilish. Yengil o‘ylash – 
o‘z-o‘zini aldash. Shuning uchun shoshmasdan mehnat 
qilish kerak, xuddi tabiatday. 
“Ijodkor mehnati samarasi 
mangu yashashini bilishi kerak. Yo‘qsa, yer yuzida ya-
shashiga hojat qolmaydi”
. Shoir umr bo‘yi, yillar o‘tgan 
sayin yanada qat’iyroq shu haqiqatga amal qildi. Buni 
bildirishiga tafakkurining nafi s topilmalarigina emas, 
juda oddiy ko‘ringan narsalar, vaziyatlar, xotiralar sabab 
bo‘ldi.
Namozshom, yaylovdan poda qaytmoqda,
Doimgiday vazmin tashlaydi qadam.
Bu yurishga qarab sano aytmoqda
Zamin, daraxt, osmon, har odam.
Ishonaman, hayot etadi davom,
Toki qaytar ekan poda namozshom.
Chegemim, bolalik yillarim esda,
Onam sigirimiz poylardi kechda.
Ertaknamo ovuldagi hayot charxpalagi o‘tmishdagi 
kabi aylanaveradi. Nahotki hozirgi bolalarga shunday 
tuyilmasa? Keksalar uni hayrat bilan shunday eslashadi. 
Ya’ni bolalik yillarida yuragiga singgan ertak uyg‘ona-
di. Nega ayrim odamlargagina ana shunday baxtli 
lahzalar nasib etadi? Buni qanday izohlaysiz? Onaga 
bo‘lgan mehr (menimcha, shoir nimaiki yaratgan bo‘lsa, 
barchasi onalarga bag‘ishlangan, barchasining maz-
mun-mohiyatida shunday mehr mujassam), bu mehr 
samimiy va cheksizdir. Xotiralar yangilanib turadi, qalb-
ni tozalaydi, bolalikni uyg‘otadi. Mo‘jizaviy lahzalarni, 
(Davomi. Boshi o‘tgan sonda)


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
9
Adabiy taqvim
beg‘ubor tuyg‘ularni qayta-qayta eslamasdan odamzod 
to‘laqonli baxtli bo‘lolmaydi. Baxtli bolalik Qaysinni juda 
erta tark etdi va og‘ir asoratlarini qoldirdi. U otasini es-
lay olmaydi, hatto uni ko‘rmagan, bironta surati ham 
saqlanmagan.
Hayotning mehribonligi va oliy adolati shundaki, 
yetimning boshini she’riyat qo‘llari bilan siladi. Shoir 
o‘tmishini qanday bo‘lishidan qat’i nazar tikladi, chunki 
usiz yashash mumkin emas. U yurtining dastlabki hola-
tini jonlantirdi. Vaholanki, hammamiz shunga o‘xshash 
muhitda voyaga yetganmiz. O‘zgacha holatda odam 
uysiz, hamisha darbadar. Qayerga bormasin keng dun-
yodan o‘ziga muqim boshpana topa olmaydi. Axir, qa-
yoqqa borma, qayerga qaytib kelishingni aniq bilishing 
kerak: o‘sha joy sening uying va yaqinlaring bor, xoh 
ular tirik, xoh ular dunyodan o‘tgan bo‘lsin o‘z o‘g‘liday 
seni intizor kutishadi. Ammo yurting qayer ekanini qan-
day bilasan? Ota makoningni olislarda sog‘inganda, 
tushlaringda alahsiraganda ko‘rasan va yuraging sen-
ga yo‘l ko‘rsatadi.

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish